YONG‘INGA QARSH KURASHISH XIZMATI. YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI
Reja:
Yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘g‘inlari to‘g‘risida tushuncha.
Yong‘in xavfsizligi xizmati vazifalari
Yong‘in xavfsizligi qoidalari .
Yong‘inni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar
Yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘g‘inlari to‘g‘risida tushuncha.
Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi (keyinchalik – Bosh boshqarma) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi tizimiga kiradi hamda aholi yashash punktlari, madaniy-maishiy, ishlab chiqarish va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ob’yektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlaydigan hududiy yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi.
Bosh boshqarma faoliyati negizini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va ko‘rsatmalari, Vazirlar Mahkamasining qarori, me’yoriy hujjatlari tashkil etadi.
Bosh boshqarma faoliyati qonunchilik, adolat, ishni tashkil etish tizimini bir boshidan va umumlashgan holda aholi yashash punktlari, madaniy-maishiy ishlab chiqarish ob’yektlarida yong‘in xavfsizligini tashkil etishga asoslangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi o‘zining hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan muhrga Bosh boshqarma nomiga to‘liq ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholi yashash joylari, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ob’yektlar, ijtimoiy-madaniy, sanoat va boshqa ob’yekt va kommunikatsiyalarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
-yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan samarali profilaktik ishlarni tashkil etish, avvalo murakkab va uzoq davom etuvchi, mamlakat xavfsizligiga va iqtisodiyotiga katta zarar keltiradigan yong‘inlarga sabab bo‘ladigan holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, ishlab chiqarish va boshqa ob’yektlarda yong‘inga qarshi tekshirishlarni sifatli o‘tkazish;
-yong‘inlarni, avvalo strategik muhim ob’yektlardagi, shu jumladan qo‘poruvchilik-tyerroristik aktlar va boshqa jinoiy tajovuzlar, tabiiy ofatlar yoki texnogen xaraktyerdagi favkulotda vaziyatlar oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘z vaqtida oldini olish va bartaraf etish;
-yong‘in xavfsizligini ta’minlashda jinoyat qidiruv va tyerrorizmga qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘linmalari hamda Davlat boshqaruv idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, Favqulotda vaziyatlar vazirligining avariya-qutqaruv xizmatlari, maxalliy o‘z-o‘zini boshqaruv idoralari va fuqarolarning “Maxalla posboni” jamoatchilik uyushmalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish;
-yong‘in xavfsizligini ta’minlashning samarali me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish, yuqori malakali yong‘in-texnik ekspyertizasini tashkil etish, ushbu sohada litsenziyalashtirish va syertifikatsiyalashtirishning muqobil ishlash tizimini yaratish;
-o‘z vaqtida yong‘inlarni oldini olishda, sodir bo‘lgan yong‘inlarni yoyilib ketishiga yo‘l ko‘ymaslikda va bartaraf etishdagi tashkiliy, ma’muriy-huquqiy, profilaktik va tartibotning amaldagi tizimi samaradorligini tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish asosida uni takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqish;
-zamonaviy kompyutyer vositalari va texnologiyalarini qo‘llash orqali, yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini boshqarishning ular xizmat qilayotgan hududlarda samarali dispetchyerlik xizmati va axborot-kompyutyer tizimini yaratish;
-yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari shaxsiy tarkibining yuqori jangovar tayyorgarligini va ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashni ta’minlash;
-yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, kadrlarni tanlash, joy-joyiga quyish va tarbiyalash tartibini takomillashtirish.
Yong‘inlarda insonlarni tan jaroxati olish va xalok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, yong‘inlarning sonini kamaytirish, boshlang‘ich jarayonida o‘z vaqtida kurshab olish va bartaraf etish, insonlarni qutqarish va moddiy boyliklarni saqlab olish borasida choralar belgilanadi.
Yong‘inlarni kelib chiqishini asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
a) chekish paytida yong‘ingarchilikka ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish, yonuvchan moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritish va boshqalar. Bunday yong‘in umumiy yong‘inning 26 foizini tashkil qiladi;
b) bolalarning o‘t bilan o‘ynashi - 14 %;
v) elektr jihozlarini boshqarish qoidalarini buzish natijasida - 13,5 %;
g) pechka va tutun quvurlarining noto‘g‘ri o‘rnatilishi oqibatida - 8,5 %;
d) isitkich jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanishda - 8,3 %;
e) elektr moslamalarini montaj qilish qoidalarining buzilishi - 5 %;
j) payvandlash ishlarini bajarishda yong‘in xavfsizlik qoidalarining buzilishi - 2,3 %;
z) texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarining buzilishi - 1,2 % ni tashkil etadi.
Demak, yong‘inning birlamchi sabablari kichik yong‘in manbalari turtkilari bo‘lishi mumkin - bular sigaret qoldiqlari, uchqunlar va o‘chirilmagan gugurt
qoldiqlari; yuqori haroratli issiqlik manbalari - alanga, pechka va tutun chiqadigan quvurlarning qizigan konstruktsiyalari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Yong‘in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bo‘ladi: ochiq alanga va uchqunlar; havo va predmetlardagi yuqori harorat; yong‘indan paydo bo‘lgan o‘tkir zararli mahsulotlar; tutun; kislorod miqdorining pasayishi, bino va inshoatlarning emirilishi va buzilishi; portlashlar sodir bo‘lishi; yong‘in bo‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi, yong‘inni suv bilan o‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar yuz byerishi va boshqalar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan nobud bo‘lganlarning 60 - 80 %i nafas olish yo‘llarining zaharlanishi yoki toza havoning etishmasligi oqibatida halok bo‘lar ekan.
Yong‘inga qarshi usullar va o‘chirish vositalari
Sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda yong‘inga qarshi kurash tadbirlari ko‘riladi. Hamma qurilish konstruksiyalari xalqaro standartlarga asosan yonishi bo‘yicha 3 guruhga bo‘linadi:
1.Yonmaydigan konstruksiyalar-katta issiqlik harorati yoki alanga ta’sirida yonib kul yoki ko‘mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari;
2.Qiyin yonadigan konstruksiyalar-issiqlik harorati yoki kuchli alanga doimiy ta’sir etgan taqdirda tutab yonadigan, alanga ta’siri yo‘qolishi bilan o‘chadigan sanoat konstruksiyalari;
3.Yonadigan konstruksiyalar-alanga yoki yuqori harorat ta’sir etganda alangalanib yonadigan sanoat konstruksiyalari.
Hamma ob’yektlar portlash, yonuvchi portlovchi va yong‘in xavfiga ko‘ra 6 ta toifaga bo‘linadi, shundan A, B, V toifaga tegishli ob’yektlar o‘ta xavfli hisoblanadi.
A toifa-neftni qayta ishlovchi zavodlar, kimyoviy korxonalar, neft mahsulotlari omborlari.
B toifa-temir kukuni, shakar kukuni, tegirmon ayrim qismlari.
V toifa-o‘rmon kesuvchi, daraxtlarni qayta ishlovchi, mebel ishlab chiqaruvchi korxonalar.
Bino qurilishida ishlatiladigan qurilish konstruksiyalarining yong‘inga chidamliligi ularning qanday matyerialdan tayyorlanganligiga bog‘liq. Yong‘in bo‘lgan vaqtda alanga bir binodan ikkinchi binoga o‘tib ketmasligini ta’minlash maqsadida yong‘inga qarshi oraliqlar tashkil qilinadi. Bunday oraliqlar belgilanayotganda, asosan, yonma-yon joylashishi mumkin bo‘lgan binolarning yong‘inga xavflilik darajasi, konstruksiyalarining o‘tga chidamliligi, alangalanish maydoni, yong‘inga qarshi to‘siqlarning mavjudligi, binoning tuzilishi, ob-havo sharoitlari va boshqalar hisobga olinadi. Har qanday yong‘inni o‘chirganda uning kuchayishiga olib kelayotgan omillarni va sharoitni aniqlash muhimdir. Yonishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar changsimon moddalar, bug‘ va gazdan iborat bo‘ladi. Yuqori harorat ta’sirida qizigan tutun yonish mahsulotlarining tarqalishiga yordam byeradi, natijada xona tutunga to‘lib, yong‘inni o‘chirishga noqulay sharoit yuzaga keladi. Yong‘in vaqtida ajralib chiqadigan inyert gaz va tutunlar zaharli bo‘lib, ularning ta’siri yonayotgan matyeriallarning turi va kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Bu vaziyatlarda o‘tni o‘chirish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:
1.Yonayotgan joyni ko‘p miqdorda issiqlik yutuvchi matyeriallar yordamida sovutish.
2.Yonayotgan matyerialni atmosfyera havosidan ajratib qo‘yish.
3.Yonayotgan joyga kirayotgan havo tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish.
4.Maxsus kimyoviy vositalarni qo‘llash.
Yong‘inni o‘chiradigan birlamchi va statsionar vositalar mavjud.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga chelak, suvli bochka, belkurak, qumli yashik, yonmaydigan namat matyeriali va boshqalar misol bo‘ladi.
Statsionar o‘t o‘chirish vositalariga ko‘pik genyeratorlari, o‘t o‘chirish mashinalari, gidrantlar, suv bug‘lari, kimyoviy va mexanik ko‘piklar, inyert va yonmaydigan gazlar, qattiq yoki kukunsimon matyeriallar, maxsus kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi.
Suv o‘t o‘chirish xususiyatiga ko‘ra eng kuchli, keng tarqalgan o‘t o‘chirish vositasi bo‘lib, u bilan har qanday katta va kichik hajmdagi yong‘inlarni o‘chirish mumkin. Suvning asosiy o‘t o‘chirish xususiyati uning ko‘p miqdorda issiqlik yutishiga asoslangan, yonayotgan joy haroratini keskin kamaytirib, yonmaydigan holatga olib keladi. Ammo ba’zi suv bilan reaksiyaga kirishuvchi moddalar-kaliy, natriy unsurlarini suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. SHuningdek, suv bilan kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarini ham o‘chirib bo‘lmaydi, chunki elektr qurilmalari 100S dan past haroratda ham suv bilan reaksiyaga kirishib suv tarkibidan vodorodni siqib chiqaradi, natijada uning havo bilan aralashmasi portlashga xavfli aralashma hosil qiladi. Suvning elektr tokini yaxshi o‘tkazishi o‘t o‘chiruvchilar uchun xavfli vaziyatni vujudga keltiradi.
Yong‘inni suv bilan o‘chirish. O‘t o‘chirish uchun ishlatiladigan suv katta bosim ostida kuchli oqim sifatida alangalanayotgan joyga yo‘naltiriladi. Buning uchun etarli bo‘lgan bosimni shahar sharoitida umumiy shahar suv tarmoqlari orqali ta’minlanadi yoki ba’zi bir yerlarda maxsus tayyorlangan hovuzlardan foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ko‘pincha yong‘inni o‘chirish uchun suv quvurlari tizimlarini shahar sharoitida alohida o‘tkazish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun ichimlik suvi quvurlaridan sanoat va o‘t o‘chirish maqsadlarida foydalanish qabul qilingan. Agar suv quvurlari tizimidan yong‘inni o‘chirish uchun suv olish texnik tomonidan mumkin bo‘lmasa, unda sanoat korxonalarida suv havzalari quriladi. Ular yong‘in vaqtida olinadigan suvning eng ko‘p miqdori 3 soatga etadigan hajmda bo‘lishi kyerak. Sanoat korxonalaridagi yong‘inga qarshi qurilgan suv quvurlari tizimi aylanma tartibda bo‘lib, ikki truboprovod bilan umumiy tizimga ulangan bo‘lishi shart. Yong‘inga qarshi gidrantlar sanoat korxonasi maydonida biri-biridan 100 m dan ortiq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi, ular bino devoriga va ko‘chalar kesishgan joylarga 5m dan yaqin bo‘lmasligi kyerak.
Yong‘inni ko‘pik bilan o‘chirish. Ko‘pik mayda zarracha bo‘lib, uni hosil qilish uchun gaz zarralarini suv qobig‘i bilan o‘raladi, ya’ni havo zarralarini suvga singdiriladi. Ishqorning kislota aralashmasi bilan kimyoviy reaksiyasi yoki ko‘pik hosil quluvchi modda va havo aralashmasini mexanik aralashtirish asosida ko‘pik hosil qilinadi.
Kimyoviy ko‘pik 80% karbonat angidrid gazi, 19% suv va 0,3% ko‘pik hosil qiluvchi modda, mexanik ko‘piklar esa 90% havo, 9,6% suv va 0,4% ko‘pik hosil qiluvchi moddadan iborat bo‘ladi. Qattiq moddalar va engil alangalanuvchi suyuqliklar yonganda ko‘pik bilan o‘chirish yaxshi natija byeradi. Engil alangalanuvchi suyuqliklarning solishtirma og‘irligi suvnikidan engil bo‘lib, ular suv bilan aralashmaydi va yerimaydi. SHuning uchun ularni suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Ko‘pik engil alangalanuvchi suyuqlik yuzasini yoki qattiq jism yuzasini yupqa qavat bilan qoplashi natijasida yonayotgan modda bilan havodagi kislorod o‘rtasida to‘siq hosil qiladi.
Kimyoviy ko‘piklar asosan, qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlarda qo‘llaniladi. Mexanik ko‘piklar 4-6% ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar yoki aralashmalarni suv va havo bilan aralashish hisobiga genyeratorlari orqali ko‘pik hosil qilish dastaklarida ko‘pikka aylantirib byeriladi.
Sanoat korxonalarida o‘t o‘chirish tizimlarining asosiy qismini suv va ko‘piksimon moddalar tashkil qiladi. Biroq suvli ko‘pik bilan turli yong‘inlarni o‘chirish mumkin emas. Chunki ba’zi holatlarda kimyoviy moddalarning suv bilan aralashib reaksiyalanishi yong‘in jarayonining kuchayib ketishiga olib keladi. Ko‘piksimon o‘t o‘chirgichlar mustahkam bir joyga o‘rnatilgan yoki bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib ishlatiladigan engil idishlarga o‘rnatilagan bo‘lishi ham mumkin.
Barcha binolarni yongʻindan himoya gilish uchun zamonaviy signalizasiyalarni oʻrnatilishi zarur.[1]
Avtomatik o‘t o‘chirish vositalari. Avtomatik o‘t o‘chirish tizimiga sprinklyer qurilmalari kiradi. Ular asosan, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarida o‘rnatiladi. Sprinklyer qurilmalari joylashtirilgan xonalarga bosim ostida suv o‘tkazuvchi quvurlar va bu quvurlarga sprinkler qalpog‘i o‘rnatiladi. Yong‘in sodir bo‘lsa, issiqlik ta’sirida sprinklyer ishga tushadi, ya’ni suv chiqish tirqishi ochilib suv sepa boshlaydi. Suv chiqarish teshigidan ma’lum masofaga o‘rnatilgan doira shaklidagi to‘siq suvning keng ko‘lamda sachrashini ta’minlaydi. Har bir sprinkler boshchasi 6-12m.kv. maydonga suv sachratib, o‘t o‘chirishni ta’minlaydi. Bunday qurilmalar o‘rnatilgan korxonalarda sodir bo‘lgan yong‘inlarning 90% o‘t o‘chirish komandalari kelgunga qadar o‘chirilishi mumkin.
Sprinklyer qurilmalari bilan bir qatorda drenchyer qurilmalari ham mavjud. Bu qurilmalarning sprinklyer qurilmalaridan farqi-unda engil yeruvchan qulfli qurilma joylashtirilmaydi. Ularni ishlatish, asosan, suv o‘tkazish kranlarini ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
[1] «FIRE SAFETY MANUAL» Environmental Health and Safety Florida Atlantic University 2013 51bet