YONG‘IN CHIQISH VA PORTLASH XAVFI

Reja:

1. Yong‘in xavfi to‘g‘risida tushuncha

2. Yong‘inni keltirib chiqaruvchi omillar.

3. Portlash to‘g‘risida tushuncha.

4. Portlashni zarar etkazuvchi omillari.

Yong‘in xavfi to‘g‘risida tushuncha

Respublikamizda yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan ob’yektlar juda ko‘p bo‘lib, ular aholi va hududlar uchun xavf-xatarlar manbai hisoblanadi va muayyan sharoitda FVga aylanib ketishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi 455-sonli “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi” to‘g‘risidagi qaroriga asosan yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’yektlardagi avariyalarga: texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in uchun xavfli moddalar va matyeriallar ishlatadigan yoki saqlanadigan ob’yektlardagi, odamlarning mexanik va tyermik shikastlanishlariga, zaharlanishiga va o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud bo‘lishiga, favqulodda vaziyatlar xududlarida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayoti faoliyatining buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong‘inlar va portlashlar; odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o‘limga olib kelgan hamda qidirish-qutqarish ishlarini o‘tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qo‘llanilishini talab qiluvchi ko‘mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq bo‘lgan avariyalar, yong‘inlar va jinslar qo‘porilishi kiritilgan.

Yonuvchi moddaning havo kislorodi bilan oksidlanib,manba ta’siri ostida issiqlikva nur chiqarishi bilan yakunlanadigan jarayon yonish deyiladi.

Yonish jarayoni 2 xil bo‘ladi:

1. Diffuziyali yonish.

2. Kinetik yonish.

Diffuziyali yonishga sabab bo‘ladigan narsalarga: yog‘och, ko‘mir, sham kiradi.

Kinetik yonishga sabab bo‘luvchi mahsulotlarga: gaz, neft, spirt kiradi.

Ochiq alangaga olib keladigan elementlar bu- sham, issiq plitalar, ckekish, issiqlik chiqaruvchilar hisoblanadi.[1]

Yong‘in-bu nazorat qilib bo‘lmaydigan hodisa bo‘lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni har bir daqiqada yo‘q qiluvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favqulodda vaziyatdir.

Yong‘inning kelib chiqishi uchun 3 omilning bir vaqtni o‘zida bir joyda bo‘lishning o‘zi kifoya. Ya’ni:

-yonuvchi modda (neft, atseton, qog‘oz va b.);

-havo harorati (issiqlik);

-uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).

Yong‘inning kelib chiqish omillari.

Yong‘in =yonuvchi modda+oksidlovchi+enyergiya impulsi

Yong‘in va portlashlarning asosiy sabablari va turlari:

-yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;

-fuqarolarning loqaydligi, e’tiborsizligi;

-elektr simlarining nosozligi;

-gaz, ko‘mir, o‘tin bilan isitiladigan vositalar;

-bolalarning o‘t bilan o‘ynashlari;

-qasddan o‘t qo‘yishlar;

-boshqa sabablar.

Eng asosiysi shundaki, fuqarolarimizning o‘zlari yong‘in sababchisi bo‘lib qolishadi.

Yong‘inning tez keng tus olish sabablari:

1. Yong‘inning sodir bo‘lganligi omillari;

2. Yong‘in sodir bo‘lgan joylarda, yon-atrofning qizib ketishi;

3. Yong‘inda yonayotgan jismlardan chiqayotgan tutun va zaharli moddalar;

4. Yong‘in sodir bo‘lgan joylarda va tevarak-atroflarda havo haroratining o‘zgarishi.

Bu yong‘inning birlamchi keng tus olish omillari bo‘lsa, ikkilamchisi quyidagilardan iborat:

1. Yong‘in sodir bo‘lganda bino devorining qulab tushishi.

2. Portlashning sodir bo‘lishi.

3. Yong‘in sodir bo‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi.

4. Yong‘inni suv bilan o‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar yuz byerishi.

Ma’lumotlarga qaraganda yong‘inda nobud bo‘lganlarning 60-80%i nafas olish yo‘llarining zaharlanishi yoki toza havoning etishmasligi oqibatida halok bo‘lar ekanlar.

Yong‘in kengligi jihatidan 3 turga bo‘linadi:

-kichik hajmda;

-o‘rta hajmda;

-katta hajmda;

Yong‘inning keng tarqab ketishining asosiy sabablari va uning chegaralari:

-inshootlarning loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar;

-inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartlariga rioya qilmaslik;

-yong‘in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yong‘inni oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;

-fuqarolarning yong‘in sodir etilganda o‘z vazifalarini bilmasliklari va vahimaga tushishlari;

-bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi o‘yinlariga beparvolik;

-yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarinig kamligi;

Yong‘in sodir bo‘ladigan joylar ikki turga bo‘linadi.

1. Davlat tashkilotlari;

2. Fuqarolarning yashash joylari.

Yong‘inlar xalq xo‘jaligiga katta moddiy zarar keltiradilar. Yong‘in bir necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklarini yondirib, kulga aylantiradi. Yong‘in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid va gazlar ko‘p miqdorda atmosfyeraga ko‘tarilib, nafas olish uchun zarur bo‘lgan havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, yong‘indan ko‘riladigan zararning eng yomoni shuki, unda ko‘plab kishilar jarohatlanadi va hatto o‘lishi ham mumkin. Bularning hammasi, yong‘inga qarshi kurash tadbirlarini, bu vaqtda paydo bo‘ladigan ishlarni xavfsiz bajarish usullari mehnat muhofazasi bilan birgalikda o‘rganishga majbur qiladi.

Yong‘inning oldini olish chora tadbirlari:

-tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o‘tkazish, yong‘in chiqishi portlashlarga sabab bo‘ladigan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish;

-qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus ko‘rsatmalarni so‘zsiz bajarish;

-yong‘indan muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlari byergan ko‘rsatmalarni bajarish, eng asosiysi yong‘inga olib keluvchi vaziyatlarni maxsus kuchlar tomonidan birinchi marta bartaraf etish bo‘yicha qilinadigan ishlarni bajarish;

-muntazam tarzda davlvt maxsus tekshiruv idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yo‘l qo‘ymaslik;

-yong‘inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolavyersa, yong‘inni o‘chirish uchun 1daqiqada bir piyola, 2-daqiqada bir chelak suv etarli bo‘lishini, 3 daqiqada esa bir sistyerna suv ham etmay qolishi mumkinligini yodda saqlang;

-muntazam ravishda aholini yong‘innig oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va boshqalardan ham talab qilishga o‘rgatishdan iborat;

Hozirgi paytda sanoat korxonalarida yonish xavfining kamayishi borasida birmuncha ishlar amalga oshirilgan, yong‘in chiqish xavfi kamaytirilgan va butunlay xavfsiz ishlaydigan elektr uskunalari qo‘llanilmoqda. Sanoat korxonalari bino va inshootlari tarkibidan yonuvchi qurilish matyeriallarini siqib chiqarilmoqda. O‘t o‘chirishning mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan sistemalari kengroq qo‘llanilmoqda.

Yirik ob’yektlarni yong‘indan muhofaza qilish tadbirlari:

1. Avtomatik signalizatsiya o‘rnatish.

2. Gidrantlar o‘rnatish.

3. O‘t o‘chirgichlar sonini ko‘paytirish.

Texnologik jarayonlar va texnik uskunalar o‘z faoliyati davomida ma’lum miqdorda atrof muxitga hamda ishchi xodimlarga o‘zini salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Bunday hollarni oldini olish maqsadida ishlab chiqarishda chiqindi chiqmaydigan hamda atrof-muhitga zarar etkazmaydigan zamonaviy uskunalarni hamda texnologik yangiliklarni joriy qilish kyerak.

Bizga ma’lumki, yong‘in va portlashlar o‘zaro uzviy bog‘liqligi sababli barcha tashkilotlarda sodir bo‘ladigan yong‘inlar natijasida portlashlar ham bo‘lishi mumkin yoki aksincha portlash natijasida yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.

Portlash - bu qisqa vaqtda chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi quvvatning ajralib chiqishi tushuniladi yoki portlash suyuqliklarining, portlovchi moddalarning kuch yoki issiqlik ta’sirida o‘zi joylashgan hajmiga sig‘may qolishi tufayli otilib chiqadigan hodisadir. Odatda portlash gazlarning qattiq qizishi oqibatida, yuqori bosim hosil qilib kuzatiladi. Portlashlar asosan yong‘in va portlash xavfi bor ob’yektlarda sodir bo‘lib, uning oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi mumkin. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan ob’нektlar portlash xavfi bor ob’yektlar hisoblanadi. Bularga mudofaa, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog‘oz, non mahsulotlari, engil sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni saqlovchi omborxonalar kiradi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston xududida 500 dan ziyod ishlab chiqarish tarmoqlarida portlash va yong‘in chiqish xavfi mavjud. Portlatuvchi omillarga: kimyoviy (portlovchi moddalar), yadroviy (yadroviy qurollar), mexanik (yuqori bosimli suyuqliklar saqlaydigan idishlarni yorilishi), elektromagnit (uchqun razryadi va lazyer uchquni) va boshqalar kiradi.

Har qanday portlashlarda birlamchi va ikiilamchi zarar byeruvchi omillar hosil bo‘ladi. Birlamchi omillarga: zarb to‘lqinlari va siniq parchalarning sochilishi.

Zarb to‘lqinlari - yuqori bosimdagi portlashishdan hosil bo‘lgan kuchli havo to‘lqinlarining kuchli ovoz chiqarib tarqaladigan havo to‘lqini tarzidagi va va unga qarshi kelgan qattiq jismlarning parchalanishi va sochilishiga olib keladi.

Siniq parchalarning sochilishi - portlash maydonlarida parchalangan buyumlarning siniq parchalarini tarqalishi tushuniladi (buyum-anjomlarning, binolarning buzilishi, parchalanishiga olib keladi).

Ikkilamchi zarar byeruvchi omillarga: yong‘inlar, kimyoviy va radiatsiyaviy shikastlanishlar, keng tusda to‘g‘onlarning buzilishi va suv toshqinlarining sodir bo‘lishi, binolarning qulashi va boshqa falokatlar kiradi. Demak, birlamchi va ikkilamchi zarar byeruvchi omillar insonlarning normal yashash va ishlash sharoitlarini buzilishiga, atrof-muhitni izdan chiqishiga, hamda insonlarning halok bo‘lishiga va moddiy resurslarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.

Ma’lumotlarga qaraganda Respublikamizda har yili 50 dan ziyod aholi yashash joylarida gazlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida portlash bo‘lib, oqibatda fuqarolar nobud bo‘ladilar va ko‘plab odamlar turli darajadagi tan jarohati oladilar.

1998 yilda Matlik-Xiva, Muborak-Zarbuloq yuqori bosimdagi gaz quvurlarida gazning portlashi natijasida, Novosibirsk-Adlyer, Adlyer-Novosibirsk yo‘lalishida ketayotgan poezdlar to‘qnashishi oqibatida 37 vagonlarda yong‘in sodir bo‘lgan 1284 yo‘lovchidan 780 nafari xalok bo‘lgan. Bulardan ko‘rinib turibdiki, yong‘in va portlashlar to‘satdan sodir bo‘ladi va ko‘plab odamlarni o‘limiga va og‘ir tan jarohati olishlariga olib keladi. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23 dekabrdagi 558-son qarori bilan e’lon qilingan Favqulodda Vaziyatlar Davlat Tizimining hamda "Aholini va xududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida"gi va 2000 yildagi «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining asosiy maqsadi: fuqarolarni himoya qilish hamda portlash va yong‘in tufayli va boshqa sabablar orqali zarar ko‘rgan ob’yektlarning avvalgi ish faoliyatini iziga solib yuborish chora-tadbirlarini ko‘rishi hisoblanadi.

Yongʻinga qarshi ogohlantirishdan maqsad, odamlarni qurbon boʻlishini va mol-mulkni yoq boʻlishini oldini oladi.2

Portlash gazlarning qattiq qizishi oqibatida yuqori bosim ostida sodir bo‘ladi.

Portlashlar asosan yong‘in va portlash xavfi bor tashkilotlarda sodir bo‘lib, uning oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi mumkin.

Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar portlash xavfi bor tashkilotlar hisoblanib, ularda ma’lum sharoitlarda portlash sodir bo‘lishi mumkin.

Bularga mudofaa, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog‘oz, non mahsulotlari, engil sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni saqlovchi omborxonalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkilotlar kiradi. O‘zbekiston hududida gaz bilan ta’minlangan fuqarolarimizning uylarini nazarda tutmagan holda 500 dan ziyod portlash va yong‘in chiqish xavfi mavjud bo‘lgan tashkilotlar bor.

Portlashning zarar yetkazuvchi omillari:

zarba mavji (zarba to‘lqinlari), siniq parchalarining sochilishi.

Bular birlamchi holat bo‘lsa, ikkilamchisi portlashlar, yong‘inlar, falokatlar, kimyoviy va radiatsion shikastlanishlar, keng tusda to‘g‘onlarning buzilishi va suv toshqinlarining sodir etilishi, binolarning qulashidir.

Birlamchi shikastlanish omillari quyidagilardan iborat:

Zarba to‘lqinlari yuqori bosimdagi portlashdan hosil bo‘lgan kuchli havo to‘lqinlarining kuchli ovoz chiqarib tarqaladigan havo to‘lqini tarzidagi zarba mavji qarshi kelgan jismlarning parchalanishiga va sochilishiga olib keladi.

Siniq parcha-maydonlarda parchalangan buyumlarning siniq parchalari tashkil etadi (yaqin atrofdagi korxonalar anjomlarining, binolarning buzilishiga, parchalanishiga olib keladi).

Portlash-suyuqliklarning, portlovchi moddalarning kuch yoki issiqlik ta’sirida o‘zi joylashgan hajmga sig‘may qolishi tufayli chiqishidir. Portlatuvchi omillar: kimyoviy (portlovchi moddalar); yadroli (yadroli qurollar); mexanik uslubdagi (yuqori bosimdagi suyuqliklarni quyuvchi-tarqatuvchi idishlarning yorilishi); elektromagnit (uchqun zaryadi, lazyer uchquni va b.); tovushli va boshqa quvvatlar.

Respublikamiz hududida yiliga taxminan 15-17 dan ziyod portlashlar sodir bo‘ladi. Bu portlashlar asosan aholi yashaydigan xonadonlarda gazdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida sodir bo‘lib, bular xonadonlardagi portlashlar deyiladi. Ularning asosiy kelib chiqish sabablari gaz bilan ishlash tartib-qoidalariga rioya qilmaslikdir. Bu borada 1998 yil davomida xonadonlarda 50 dan ziyod portlashlar sodir bo‘lgan, oqibatda fuqarolar nobud bo‘lganlar, o‘nlab odamlar turli tan jarohatlari olishgan, shuningdek, 1998 yilda SHatlik-Xiva, Muborak-Zarbuloq yuqori bosimdagi gaz quvurlarida nosozlik tufayli portlash sodir bo‘lib, ko‘plab fuqarolarimiz nobud bo‘lgan va tan jarohatlari olishgan. Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, yong‘in va portlashlar qo‘qqisdan sodir bo‘ladi va ko‘plab odamlarning o‘limiga yoki og‘ir tan jarohati olishiga olib keladi.

Respublikamizning har bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashi va asrab avaylashi, uni boyitishi haqida qayg‘urishi kyerak. SHuning uchun sanoat korxonalarida yong‘inning oldini olish va o‘t o‘chirish tadbirlari keng jamoatchilikka suyangan holda, sexlardagi har bir ishchining ishtirokida olib boriladi. SHunday ekan biz doimo hushyor bo‘lishimiz, har qanday ko‘ngilsizliklarning oldini olishimiz lozim. Bunga amal qilish har bir O‘zbekiston fuqarosining burchidir.

Aholi turar joylarida yong‘inlarning oldini olish ishlarini tashkillashtirish tartibi.

Davlat yong‘in nazorati va jamoat tashkilotlarining faoliyatida Aholi yashash joylarida yong‘inlarning oldini olish ishlarini olib borish borasida kompleks uslub va shakllarning asosiylari quyidagilar:

1.Yuqori qavatli va yong‘in chiqish xavfi yuqori bo‘lgan past qavatli yashash uylarining(yotoqxonalar, yong‘inga chidamlilik darajasi V bo‘lgan ikki qavatli uylar, yerto‘lasida xo‘jalik xonalari mavjud bo‘lgan uylar va boshqalar)yong‘inga qarshi holatlarini tekshirishni reja asosida o‘tkazish.

2.Aholi turar joylarida yong‘inlar bilan bog‘liq vaziyatlar keskinlashgan davrlar(qishki isitish mavsumi, yoz oylari) boshlanishidan oldin uy-joy fondining yong‘inga qarshi holatini tekshirishniyong‘in xavfsizligi qismlarining barcha shaxsiy tarkibini, ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari, uy-joydan foydalanish tashkilotlarining xodimlarini keng jalb qilgan holda tekshirish.

3.Ijarachilar, xususiy xonadon, dala hovlilarning egalari hamda ularning oila a’zolariga yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish.

4.Shaharlarda, mahallalarda yashash uylarining yong‘inga qarshi holatining ko‘rik tanlovini o‘tkazish.

5.Aholi yashash joylarida yong‘in xavfsizligi qoidalari aks ettirilgan varaqalar, eslatmalar, bukletlar broshyuralarni ko‘p nushalarda chop ettirib aholiga tarqatish.

6.Mahalla qo‘mitalari va uy-joydan foydalanish tashkilotlari qoshida jamoatchi yong‘in xavfsizligi pocbonlari faoliyatini tashkillashtirish, posbonlarni tanlash va ularni o‘qitishni amalga oshirish.

7.Mahallalarda, shaharlarda, tumanlarda va uy-joy xo‘jaliklarida yong‘in-texnik punktlarini (yong‘in xavfsizligi xonalari va burchaklari) tashkil etib, aholi orasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishni targ‘ib qilish.

8.Aholi turar joylarida o‘tkazilgan yong‘in-texnik tekshiruvlari natijalarini xonadon egalari va ularning oila a’zolari bilan muhokama etish, ushbu masalalarni fuqorolarni o‘zini-o‘zi boshqarish tashkilotlarida ko‘rib chiqish, shuningdek, turar joylarida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlarini aholiga etkazish.

9. Shaharlarda, tumanlarda, aholi yashash punktlarida ommaviy vositalaridan keng foydalangan holda (kino, video, televedinie,. Radio, ro‘znomalar, targ‘ibot mashinalari) fuqoralarga yong‘in xavfsizligi qoidalarini yalpi o‘rgatish.

10.Yong‘in xavfsizligi boshqarmalarida, ko‘ngilli o‘t o‘chirish jamiyatlarining plenumlarida shaharlarda va tumanlarda aholi yashash joylarining yong‘inga qarshi holatini taminlash borasidagi ishlarining holatini davlat yong‘in nazorati organlari ko‘ngilli o‘t o‘chirish jamiyatlarining faollari ishtirokida muhokama etish.

11. Aholi turar joylarida yong‘in vaziyatini barqarorlashtirishda faol qatnashib, yaxshi ko‘rsatkichlarga yerishgan ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari boshliqlari va yong‘in xavfsizligi inspektorlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish usullaridan keng foydalanish.

12.Yuqori qavatli yashash uylari, yotoqxonalar, mehmonxonalarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi muammolar bo‘yicha amaliy konfyerenetsiyalar hamda o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlarining yig‘inlarini o‘tkazish.

Ishlab chiqarish korxonalarida yong‘inlarni oldini olish ishlarini tashkillashtirish.

Sanoat korxonalarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kyerak:

bino va inshootlarni avtomatik o‘t o‘chirish vositalari bilan jihozlashda ularga kundalik texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish;

detallarning, agregatlarning va tayyor maxsulotlarning ustini tozalash va ularni moysizlantirish uchastkalarida ushbu maqsadda foydalanayotgan yonuvchan suyuqliklar o‘rniga yong‘indan xavfsiz texnik yuvish vositalarini qo‘llashni yo‘lga qo‘yish;

texnologik jarayonda qo‘llanayotgan matyeriallar va vositalarning yonish va portlash parametrlarini (ko‘rsatgichlarini) aniqlash va xonalarda ishlatilayotgan elektr moslamalarini ishlab chiqarish xonalarining yonuvchanlik va portlovchanlik sinflariga qarab tanlash;

ishlab chiqarish xonalarida va xavoni xaydash (shamollatish) tizimlarida yong‘in tarqalishining oldini olish maqsadida yong‘inga qarshi to‘siqlar, tez harakatga keluvchi to‘suvchilar, klapan-shibyerlar va zoslonkalarni qo‘llash;

bino konstruksiyasining olovga chidamliligini oshirish, yong‘indan xavfli jixozlar va agregatlarni binoning alohida xonalariga ajratib qo‘yish yoki ularni tashqaridagi ochiq maydonlarga chiqarish;

evakuatsiya yo‘llarida bezash uchun turli yonuvchan matyeriallardan foydalanishni taqiqlash;

yong‘indan xavfli ishlab chiqarish binolarida tutunga qarshi tizimlardan foydalanishni va ilgari o‘rnatilgan tutunni haydash tizimlarining doimiy ishlab turishini ta’minlab byerishni yo‘lga qo‘yish;

sexlar laboratoriyalar va omborxonalarni xavfsizlik belgilari bilan jihozlash, olov bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni tartibga solish va hokazolar.



[1] «FIRE SAFETY MANUAL» Environmental Health and Safety Florida Atlantic University 2013 8bet