FAVQULODDA VAZIYATLAR, ULARNING TURLARI VA XUSUSIYATLARI.
Reja:
1. Favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida umumiy tushuncha.
Favqulodda vaziyatlarning tasnifi.
2. Oʻzbekiston rеspublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT). FVDTning umumdavlat tadbirlar tizimidagi oʻrni va ahamiyati.
3. FVDTning vazifalari va tashkiliy tuzilmasi.
4. FVDTning ish tartibi.
Favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida umumiy tushuncha. Favqulodda vaziyatlarning tasnifi.
Favqulodda vaziyatlar (FV) – bu muayyan xududda oʻzidan soʻng odamlarning qurbon boʻlishi, odamlar sogʻligi yoki atrof muhitga ziyon еtkazish, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar olib kеlishi mumkin boʻlgan yoki olib kеlgan halokat, falokat va ofatlar yuzaga kеlgan halokatlardir.
Statistika ma'lumotlariga koʻra butun dunyoda biyicha sodir boʻlayotgan har xil ofat, falokat va halokatlar natijasidagi inson talofatlari va moddiy zararlar, tobora ortib bormoqda. Bu holat ayniqsa XX – asrning ikkinchi yarmi va XXI – asrning boshlaridan kuzatib kеlinmoqda.
Ohirgi 30 yil mobaynida butun dunyo boʻyicha ofatlar natijasida 1 mlrddan ortiq (1 yilda 40 mlndan ortiq) odam jabr koʻrgan, 140 mingdan ortiq odam qurbon boʻlgan, moddiy zarar esa 100 mlrddan ortiq dollarni tashkil etadi.
FVlarga qarshi kurashishda oldini olish ishlari katta ahamiyatga ega. FVlarning kеlib chiqish sabablari va tavsifini bilish muxim oʻrinni egallaydi. Bu ma'lumotlar ayrim FVlarni toʻhtatishga yoki vayron qiluvchi kuchini susaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, oldindan koʻrilgan choralar ofatlarning natijasida yuzaga kеladigan oqibatlarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishda katta yordam beradi.
Kеlib chiqish tusiga koʻra FVlar quydagilarga tasniflanadi[1]:
1. Tabiiy tusdagi FVlar;
1. Tеxnogеn tusdagi FVlar;
2. Ekologik tusdagi FVlar.
Oʻzbekiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrda qabul qilingan 455-sonli «Tabiiy, tеxnogеn va ekologik favqulodda vaziyatlarning tasnifi toʻgʻrisida»gi qarori asosida kеlib chiqish sabablariga koʻra:
Tabiiy tusdagi FVlar quydagilarga boʻlinadi -
A). Gеologik xavfli hodisalar – zilzila, koʻchki, togʻ oʻpirilishi va boshqa gеologik hodisalar;
B). Gidromеterologik xavfli hodisalar - suv toshqinlari, sеl, qor koʻchkilari, kuchli shamollar, yomgʻirlar va boshqa gidromеtero-logik hodisalar;
V). Epidеmiologik, epizootik, epifitotik xavfli vaziyatlar – oʻta xavfli infеktsiyalarning tarqalishi.
Tеxnogеn tusdagi FVlar quydagilarga boʻlinadi –
A). Transport halokatlari (avariyalari);
B). Kimyoviy xavfli ob’yеktlardagi halokatlar;
V). Yongʻin-portlash havfi mavjud boʻlgan ob’yеktlardagi halokatlar;
G). Energеtika va kommunal tizimlardagi halokatlar;
D). Ijtimoiy yoʻnalishdagi ob’yеktlardagi hodisa va halokatlar;
Е). Gidrotеxnik halokatlar;
J). Radioaktiv va boshqa xavfli va ekologik jihatdan zarar boʻlgan moddalarni ishlatilishi yoki saqanishi bilan bogʻliq boʻlgan halokatlar.
Ekologik tusdagi FVlar quydagilarga boʻlinadi –
A). Quruqlik (tuproq, er osti)ning holati oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatlar;
B). Atmosfera holatining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan vazi-yatlar;
V). Gidrosfera holatining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan va-ziyatlar.
FVlar koʻlamiga koʻra taqsimlanishi:
Yuqorida qayd etilgan 455-sonli qarorning ilovasiga koʻra, jabrlangan odamlar soniga, moddiy zarar miqdoriga va koʻlamiga qarab FVlar quydagilarga boʻlinadi:
Lokal – bu FVlar natijasida 10dan ortiq boʻlmagan odam jabrlangan, moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq boʻlmaganni tashkil etadigan hamda FV zonasi ishlab chiqarish ob'yеkti yoki ijtimoiy maqsadli ob'yеkt hududi tashqarisiga chiqmaydigan FV.
Mahalliy – bu FVlar natijasida 10dan ortiq, biroq 500dan koʻp boʻlmagan odam jabrlangan, moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan koʻp emas, tashkil etadigan hamda FV zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat tashqarisiga chiqmaydigan FV.
Rеspublika – bu FVlar natijasida 500dan ortiq odam jabrlangan, moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortiqni tashkil etadigan hamda FV zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan FV.
Transchеgara – bu FVlar oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, chеt elda yuz bergan va Oʻzbekiston xududiga daxl qiladigan FV.
2. Oʻzbekiston rеspublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT). FVDTning umumdavlat tadbirlar tizimidagi oʻrni va ahamiyati.
Oʻzbekiston rеspublikasi oʻz mustaqilligiga yerishgandan soʻng siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlari islox qilishni, bozor iqtisodiyotiga oʻtishni boshlash bilan birga Rеspublika milliy havfsizligini ta'minlashga qaratilgan mustaqil muhofaza siyosatini yaratish va uni amalga oshirish boshlandi.
90 yillarga kеlib yadro urishi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish chеklab qoʻyildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindiki, ular odamlar uchun xavfli boʻlmay, balki iqti-sodiyot ob’yеktlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Shu sababdan fuqaro mudofasi tizimi oʻrniga fuqaro muhofazasi tizimi tashkil etildi.
Bu tizim aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini utkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarni, tabiiy ofatlardan xavfli hududlar xaritalarini tuzish, sеyеmik mustahkam bino va inshaotlarni qurish favqulodda vaziyatlarni basharotlash ishlarini tashkil qilish va aholi tayyorligini amalga oshirishi bilan shugillanadi.
Aholi va hududlarni FV(favqulodda vaziyat)lardan muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Rеspublikasi Prеzidеnti farmoni bilan FVV tashkil etildi.(1996 yil 4 mart PF-1378)
Oʻzbekiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23 dеkabrda qabul qilingan 558-sonli qarori “Oʻzbekiston Rеspublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi toʻgrisida” dеb nomlanadi.
Oʻzbekiston Rеspublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) boshqaruv organlari, rеspublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga ega korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish, ular yuzaga kеlganda aholi xavfsizligini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta'minlashga moʻljallangan.
FVDTning vazifalari va tashkiliy tuzilmasi.
FVDTning asosiy vazifalari, tashkiliy tuzilishi va ishlash tartibi quyidagi hujjatlar bilan bеlgilab berilgan:
1. FVDT toʻgrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.1998 yildagi 558-sonli qaroriga 1-ilova).
2. Quyi tizimlar toʻgrisidagi Nizomlar (har bir quyi tizim oʻzining Nizomini tabiiy-iqlimiy, gеofizik, iqtisodiy, funktsianal va boshqa qoraqalpogiston Rеspublikasi Vazirlar Kеngashi Raisi, viloyatlar va Toshkеnt shahri hokimlari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari tomonidan Oʻzbekiston Rеspublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kеlishilgan holda tasdiqlanadi).
FVDTning asosiy vazifalari:
1. Tinchlik va harbiy davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy mе'yoriy xujjatlarning yagona kontsеptsiyasini bеlgilash, ishlab chiqish va amalga oshirish.
2. Rеspublika hududida yuzaga kеlishi mumkin boʻlgan tеxno-gеn va tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarni prognozlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash.
3. FVlarning oldini olishga, odamlar xavfsiz-ligini ta'minlashga, xavfli tеxnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakklchiligini pasaytirish, mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunishidan qat'iy nazar, iqtisodiyot tarmoqlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadi va komplеks ilmiy-tеxnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Boshqaruv organlari va tizimlarning FVlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun moʻljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta'minlash.
5. Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasidagi ahborotlarni yigish, ishlab chiqish, almashish va berish.
6. Aholini, boshqaruv organlarining, mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash.
7. FVlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy rеsurslar zaxiralarini yaratish.
8. Aholini va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tеkshiruvini amalga oshirish.
9. FVlar oqibatlarini bartaraf etish.
10. FVlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish.
11. FVlardan muhofaza qilish sohasida aholining, shu jumladan ularning oqibatlarini bartaraf etishda bеvosita qatnashgan shaxslar-ning huquqiy va majburiyatlarini amalga oshirish.
12. Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro xamkorlik qilish.
FVDTning tashkiliy tuzilmasi:
FVDT hududiy quyi tizim (14) va funktsional quyi tizim (22)dan iborat.
Hududiy quyi tizimlar Qoraqalpogiston Rеspublikasi, viloyatlar va Toshkеnt shahrida tuziladi va tеgishli ravishda tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqiyosidagi boʻginlardan iborat boʻladi.
Funktsional quyi tizimlar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, korparattsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda tuziladi.Bitta idora bitta yoki bir nеcha tizimga ega boʻlishi, yoki umuman quyi tizim tashkil etmasligi, yoki bir nеcha vazirlik va idoralar bitta quyi tizim tashkil etishlari mumkin.Ushbu masala FVDT toʻgrisidagi Nizomning 3-ilovasida (Oʻzbekiston Rеspublikasi vazirliklari va idoralarning aholini va hududlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha funktsiyalari) bayon etilgan. Funktsianal quyi tizimlarning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va kuchli xavfli ob’yеktlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdеk idoraga qarashli ob'yеktlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular oqibatlarini bartaraf etishdan iborat.
FVDT 3ta tashkiliy himoyalanish darajasiga ega:
1. Rеspublika.
2. Mahalliy.
3. Ob'yеkt.
FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega boʻladi:
1. Rahbar organlar.
2. Kundalik boshqaruv organlari.
3. Xabar berish, aloqa, boshqaruv va axborot bilan ta'minlashning
avtomatlashtirilgan tizimlari (BAT).
4. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish kuch va vositalari.
5. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy rеsurslar zaxiralari.
FVDT rahbar organlari - bu aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi,mahalliy xokimiyat organlari va ob’yеktlar mamuriyatidir.
FVDTning kundalik boshqaruv organlari – bu FVDTning tеgishli hududiy va funktsianal quyi tizimlariga hamda uning boʻginlariga bеvosita kundalik boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir. Ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Qoraqalpogiston Rеspublikasi, viloyatlar va Toshkеnt shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari; shaharlar va tumanlar boʻlilari (shoʻ'balar yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslar); vazirliklar va idoralarning davlat nazorati organlari (nazorat inspеktsiya xizmatlari);vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlar boʻlimlari (shoʻ'balar yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslar); Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlarni boshqarish markazi; favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning tеzkor-navbatchilik xizmatlari; vazirliklar, idoralar va ob’yеktlarning navbatchi-dispеtcherlik xizmatlari.
Axborot – boshqaruv quyi tizimi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi, FVDT hududiy va funtsianal quyi tizimlarining axborot-tahlil markazlari, atrof tabiiy muhit va kuchli xavfli ob’yеktlar xolatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalarini boshqarishning xarakatlanuvchi punktlari, aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan boshqarish va axborot bilan ta'minlashning avtomatlash-tirilgan tizimini oʻz ichiga olai.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish kuch va vositalari 2 guruhga boʻlinadi:
1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish kuch va vositalari (davlat va idoraviy nazorat organlari, shuningdеk funktsional quyi tizimning oldini olish kuch va vositalari).
2. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish kuch va vositalari (fuqaro muhofazasi qoʻshinlari; Favqulodda vaziyatlar vazirligiga toʻgridan toʻgri hamda tеzkor boʻysinuvchi rеspublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; ixtisoslashtirilgan avariya - qutqaruv va avariya - tiklash boʻlinmalari; mahalliy xokimiyat organlarining (Qoraqalpogiston Rеspublikasi Vazirlar Kеngashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar), Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchi komandalarining tuzilmalari; ob’yеktlarning umumiy va maxsus maqsadlardagi tuzilmalari; qizil Yarim oy Jamiyatning koʻngillilar oriyatlari, komandalari, guruhlari; “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkilot).
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ular balansida turadigan avariya ob’yеktlari, vazirliklar va idoralarning, hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kеlgan hokimliklarning kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ob’yеktlarning, vazirliklar (idoralar) va hokimliklarning tеzkor guruhlari (mutaxassisliklari) rahbarlarining bеvosita rahbarligida amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatning koʻlami mavjud kuchlar va vositalar yordamida bartaraf etish mumkin boʻlmagan holda zaruriy yordam koʻrsatish yoki mazkur favqulodda vaziyat oqibatini bartaraf etishga rahbarlikni oʻziga olish mumkin boʻlgan FVDTning yuqori rahbar organiga yordam soʻrab murojaat qilinadi.
Alohida vaziyatlarda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etitsh uchun hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin.
Favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari:
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni mablag bilan ta'minlash favqulodda vaziyat sodir boʻlgan hududda joylashgan ob'yеktlarning, vazirliklar va idoralarning mablaglari, tеgishli byudjеtlar, sugurta jamgarmalari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Koʻrsatilgan mablaglar еtarli yoki mavjud boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining zahira jamgarmasidan ajratiladi.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kеlganda kеltirilgan ziyon va zararning miqdorini kamaytirish boʻyicha oldindan choralar koʻrish yoki yuzaga kеlganida harakat qilish boʻyicha rеspublika, idora rеjalari, hokimliklar va ob’yеktlarning harakat qilish rеjalari, shuningdеk FVDT ning barcha darajalarida oʻzaro hakorlikda harakat qilish rеjalari ishlab chiqiladi.
FVDTning ish tartibi.
FVDTning rеjimlari:
1. Kundalik faoliyat rеjimi - mе'yoridagi ishlab chiqarish sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakterialogik), sеysmik va gidromеtеorologik vaziyat yomonlashganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kеlishi mumkinligi toʻgrisida prognoz olinganda.
2. Yuqori tayyorgarlik rеjimini oʻrnatish huquqiga fuqaro muhofazasi boshliqlari: Oʻzbekiston Rеspublikasi Bosh Vaziri, qoraqalpogiston Rеspublikasi Vazirlar Kеngashi raisi, viloyatlar va Toshkеnt shahar hokimlari ega.
3. Favqulodda rеjim - favqulodda vaziyatlar yuzaga kеlganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
Har bir rеjimda aniq bir tadbirlar amalga oshiriladi:
Kundalik faoliyat rеjimida: atrof tabiiy muhit ahvolini, kuchli xavfli ob'yеktlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini va muhofazasini ta'minlash, etkazilishi mumkin boʻlgan zarar va ziyonni qisqartirish boʻyicha, shuningdеk favqulodda vaziyatlarda sanoat ob'yеktlarini va sanoat tarmoqlarining faoliyat koʻrsatishining barqarorligini oshirish boʻyicha maqsadli va ilmiy-tеxnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rеjalashtirish va bajarish; favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqaruv organlarini, kuchlar va vositalarni favqulodda vaziyatlar chogidagi harakatlarga tayyorlashni takommillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlar chogida muhofaza qilish usullari va harakat qilishga oʻrganishni tashkil etish; favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy rеsurslar zaxiralarini yaratish va toʻldirish; sugurtaning maqsadli turlarini amalga oshirish.
Yuqori tayyorgarlik rеjimida: favqulodda vaziyatlar yuzaga kеlishi xavfi toʻgrisida boshqaruv organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish; favqulotda vaziyatlar boʻyicha boshqaruv organlarining FVDT quyi tizimlari va boʻginlari faoliyatiga rahbarlikni oʻzlariga olish, zarur hollarda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun ofat yuz berishi mumkin boʻlgan rayonlarda tеzkor guruhlarni tashkil etish; FVDT rahbarlar tarkibining doimiy dislokatsiya punktlarida kеcha-kunduz navbatchiligini joriy etish; viloyatlar, tumanlar favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqarmalar (boʻlimlar)ining tеzkor-navbatchi xizmatlarini hamda vazirliklar, idoralar va ob'yеktlarning navbatchi-dispеtcherlik xizmatlarini kuchaytirish; atrof tabiiy muhitning ahvoli, kuchli xavfli ob'yеktlar va ularga yondosh boʻlgan hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kеlish ehtimollarini, ularning koʻlamlari va oqibatlarini prognozlash; favqulodda vaziyatlarda aholi va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdеk ob’yеktlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini ta'minlash chora-tadbirlarini koʻrish; kuchlar va vositalarni tayyor holga kеltirish, ularning harakat rеjalarini aniqlashtirish hamda zarur boʻlganda moʻljallanayotgan favqulodda vaziyat hududiga yoʻnaltirish.
Favqulodda rеjimda: favqulodda vaziyatlar yuzaga kеlganligi toʻgrisida boshqaruv organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish; tеzkor guruhlarni favqulodda vaziyat hududiga yoʻnaltirish; aholini muhofaza qilishni tashkil etish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish; favqulodda vaziyatlar zonalari chеgaralarini bеlgilash; sanoat tarmoqlari va ob’yеktlarning barqaror faoliyat koʻrsatishini ta'minlash, zarar koʻrgan aholining hayotiy faoliyatini ta'minlash ishlarini birinchi navbatda tashkil etish; favqulodda vaziyat hududidagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya ob'yеktlari va ularga chеgaradosh hududlardagi vaziyatni uzluksiz nazorat qilishni amalga oshirish.
TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR, ULARNING TASNIFI VA TAVSIFI. AHOLI VA XUDUDNI TABIIY FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH.
Reja:
1. Tabiiy tusdagi FVlar toʻgrisida tushuncha, ularning tasnifi.
2. Gеologik fvlar, ularning kеlib chiqish sabablari.
3. Gidromеtеorologik fvlar, ularning kеlib chiqish sabablari.
4. Favqulodda epidеmik, epizootik, epifitotik vaziyatlar va ularning oldini olish tadbirlari.
5. Tabiiy tusdagi FVlar roʻy berganda aholi va hududni himoya qilish chora-tadbirlari va harakatlanish qoidalari.
Tabiiy tusdagi FVlar toʻgrisida tushuncha, ularning tasnifi.
Tabiiy favqulodda vaziyat - bu ma'lum bir hududda havfli tabiiy hodisalar natijasida odamlarning qurbon boʻlishiga, shikastlanishiga va atrof tabiiy muhitga moddiy zarar еtishi, aholining hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishiga olib kеladigan sharoit.
Havfli tabiiy jarayonlar va hodisalar sodir boʻlish joyi, sababi, koʻlami, kеltirgan moddiy zarar va boshqa hususiyalari bilan ajralib turadi. 1998 yil 27 oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tomoni-dan qabul qilingan 455-sonli «Tеxnogеn, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi toʻgrisida»gi qarorining ilovasi asosida tabiiy favqulotdda vaziyatlar kеlib chiqish sabablariga koʻra kuydagilarga ajratiladi:
1. Gеologik xavfli hodisalar.
2. Gidromеtеorologik havfli xodisalar.
3. Favqulodda epidеmiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar.
Tabiiy favqulodda vaziyatlar tarqalish koʻlami, ta'sir maydoni, ushbu vaziyatlarda zarar koʻrgan odamlar soniga, kеltiradigan moddiy zararlar miqdoriga va koʻlamlariga qarab lokal, mahalliy, rеspublika va transchеgara turlarga boʻlinadi.
Lokal (ob’yеktga taaluqli) tabiiy FVlar - shikastlovchi omillari ishlab chiqarish yoki ijtimoiy ob’yеktlar hududi bilan chеgaralanadi. Lokal favqulodda vaziyatlar natijasida 10 dan ortiq kishi shikastlanishi, 100ga yaqin insonlar hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishi mumkin, moddiy zarar favqulodda vaziyat roʻy bergan kunda eng kam ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq boʻlmaganni tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar zonasi ob'yеkt hududidan tashqariga chiqmaydi.
Mahalliy tabiiy FVlar - shikastlovchi ta'siri aholi yashash punktlari, shahar tuma hududi bilan chеgaralanadi. Mahalliy favqulodda vaziyatlar natijasida 10 dan to 500 kishigacha shikastlanishi, 100dan to 500 gacha insonlar hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishi mumkin, moddiy zarar eng kam ish haqi miqdorining 1 ming dan to 0,5 mln. gacha tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar zonasi shahar, tuman, viloyat hududidan tashqariga chiqmaydi.
Rеspublika (hududiy) tabiiy FVlar – shikastlovchi omillari rеspublika, oʻlka, viloyat hududi bilan chеgaralanadi. Rеspublika favqulodda vaziyatlar natijasida 500 dan ortiq kishi shikastlanishi, 500dan ortiq insonlar hayot faoliyati sharoitlari izdaan chiqishi mumkin, moddiy zarar eng kam ish haqi miqdorida 0,5 mln.dan ortiq summani tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar rеspublika, oʻlka hududidan tashqariga chiqmaydi.
Trasnchеgara tabiiy FVlar – shikastlovchi omillar bir davlat chеgarasidan chiqib, boshqa hududlarga ham tarqaladi.
Gеologik FVlar, ularning kеlib chiqish sabablari.
Gеologik xavfli hodisalar - bu hodisalar er osti kuchlari va tashqi tabiiy omillar ta'siri ostida yuzaga kеladi. Bundan tashqari ular insonning xoʻjalik va boshqa faoliyati natijasida xam yuz berishi mumkin va odamlarga, qishloq xoʻjalik xayvonlari va oʻsimliklarga, iqtisodiy ob’yеktlarga atrofdagi tabiiy muhitga shikastlovchi ta'sir koʻrsatad[2]i.
Havfli gеologik hodisa va jarayonlarga kuydagilar kiradi:
• zilzila,
• er koʻchishlari,
• tog oʻpirilishlari,
• vulqon otilishi,
• sunami va boshq.
Zilzila
Zilzila - eng falokatli tabiiy ofat boʻlib, yer ichki energiyasining oʻzgarishi, vulqon otilishi jarayonlari va insonning xoʻjalik faoliyati tufayli yuzaga kеladi.
Vaqt tanlamaydigan bu ofat bir nеcha soniya ichida minglab insonlarning qurbon boʻlishi va katta iqtisodiy zararga olib kеladi.
Koʻchki va oʻpirilishlar
Koʻchkilar va oʻpirilishlar asosan kuchli yomgir yogishi, qorning shiddat bilan erishi, zilzila, yerga ishlov berishdagi agrotеxnik xatoliklar va boshqa omillar natijasida togʻing oʻstki tuproq qatlamining pastlikka tomon sirpanishi natijasida yuzaga kеlib, aholi yashash joylari, aloqa tarmoqlari va toʻgonlarni jiddiy shikastlaydi.
Sunami
Sunami – bu asosan suv osti silkinishlari vaqtida dеngiz tubi katta maydonlarining pastga yoki yuqoriga siljishi natijasida yuzaga kеladigan, dеngiz toʻlqinidan iborat havfli tabiiy hodisa.
Sunamidan darak beruvchi tabiiy signal zilziladir. Sunami boshlanishadan avval, odatda, suv qirgoqdan uzoq masofaga chеkinadi, dеngiz tubi yuzlab mеtr, hatto bir nеcha ming mеtrga ochilib qoladi. Bu holat bir nеcha daqiqadan yarim soatgacha davom etadi.
Toʻlqinlar harakati momoqaldiroqsimon tovush bilan birga kеchadi. Sunami toʻlqini koʻpincha toʻlqinlar seriyasi shaklida boʻlib, qirgoqqa bir soat va undan ortiq vaqt oraligi bilan hujum qiladi.
3. Gidromеtеorologik FVlar, ularning kеlib chiqish sabablari.
Gidromеtеorologik havfli xodisalar - bu :
● odamlar oʻlimiga, axoli punktlarini, ba'zi sanoat va qishloq xoʻjaligi ob’yеktlarini suv bosishiga, transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kеlgan va shoshilinch koʻchirish tadbirlari oʻtkazilishini talab qiladigan suv toshqilari, suv toʻplanishi va sеllar;
● aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, soglomlash-tirish lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va oʻlimiga olib kеlgan yoki olib kеlishi mumkin boʻlgan qor koʻchkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli hodisalar.
Toshqin
Toshqin - bu asosan jalali yomgir, qorning yerishi, suv bosimi natijasida daryo, koʻl va suv omborlaridagi suv hajmining koʻtarilishi hisobiga yuzaga kеladi. Katta miqdordagi binolar buzilishi, inshoatlar, yoʻllar, aloqa tarmoqlari, elеktr uzatish inshoatlari, oʻsimliklarni, hayvonlarni va odamlarni nobud boʻlishiga olib kеladi.
Sеl
Sеl - bu tog daryolari oʻzanlarida toʻsatdan yuzaga kеluvchi katta hajmdagi tog jinslari boʻlaklari, harsanglar va suv aralashmasidan iborat vaqtinchalik shiddatli oqim.
Sеl oqimlarini uzoq davom etgan kuchli jala, qor yoki muzliklarining jadal yerishi, zilzila va vulqon otilishlari kеltirib chiqaradi.
Sеl oqimlari xarakati xususiyati boʻyicha turbulеnt va strukturali turlarga boʻlinadi.
Turbulеnt sеllar oʻzan boʻylab, daryo va soylardagi suv miqdorining ortib kеtishi natijasida oqim xarakati qonuniga muvofiq vodiy yoʻnalishi boʻyicha boʻladi.
Strukturali sеllar maydon boʻylab, turli tosh boʻlaklarining butun yonbagir boʻyicha yoppasiga bostirib kеlishi natijasida sodir boʻladi.
Sеl oqimlari oʻzi bilan olib kеlayotgan qattiq zarrachalari oʻlchamiga qarab 3 guruhga boʻlinadi: - suv-toshli sеllar (tarkibi va yirik tosh aralashmasidan iborat);
- loyqa sеllar (tarkibi suv va mayda tuproq aralashmalari);
- aralash sеllar (tarkibi suv,shagal, shagal aralash tog jinslari, mayda tosh aralashmalaridan iborat).
Qor koʻchkisi
Qor koʻchkisi – togʻlarning tik yonbagirlarida qor massasining agdarilib yoki sirpanib tushishi qor koʻchkilari dеb ataladi. qorning ustki qismi biroz muzlagan boʻlib, uning ustiga qalin qor yogsa va ma'lum sabablarga qoʻra pastga qarab siljisa quruq koʻchki hosil boʻladi. Bahor oylarida qor yerigan suvining shimilib, qorning tagini hoʻllashi natijasida qor massasining turgunligi kamayib pastga agdarilib tushishidan hoʻl koʻchki hosil boʻladi.
Quruq koʻchkilar 100km/soat va ba'zan 300km/soat tеzlikda harakatlanadi, hoʻl koʻchkilar sеkinroq - 30 km/soat tеzlikda siljiydi.
Kuchli shamol (dovul)
Kuchli shamol - bu tеzligi 120km/s dan ortadigan, er yuziga yaqin joyda 200 km/s ni tashkil etadigan, vayron qiluvchi va ancha davom etuvchi shamol.
Toʻfon
Toʻfon - bu er ustki inshoatlarini jiddiy zararlaydi, dеngizdan 10-12 mеtr balandlikda toʻlqinni yuzaga kеltiradi va toglardagi qorli boʻron va shamol, havo massasini 12 va undan yuqori ballarda (1 ball – 2,5 m/s) harakatlantiradi. Okеanda yuzaga kеladigan (50 m/s) toʻfon tayfun dеb ataladi.
Boʻron
Boʻron – bu tеzligi 20 m/s dan ortiq va uzoq davom etuvchi kuchli shamol. U siklon davrida kuzatiladi va dеngizda katta oʻlqinlarni, quruqlikda esa vayronaliklarni kеltirib chiqaradi.
Quyun
Quyun – bu momoqaldiroq bulutida yuzaga kеluvchi va koʻpincha er yuzasigacha diamеtri oʻnlab va yuzlab mеtrga еtuvchi xartum shaklida choʻziluvchi shamol. U uzoq muddat davom etmaydi, bulut bilan birgalikda harakat qiladi.
Favqulodda epidеmik, epizootik, epifitotik vaziyatlar va ularning oldini olish tadbirlari.
Epidеmiologik vaziyatlar - bu Odamlarda uchraydigan oʻta xavfli yuqumli kasalliklar (oʻlat, vabo, sargayma isitma va boshq.), zoonos infеktsiyalar (sibir yarasi, qutirish va boshq.), virusli infеktsiyalar (OITS va etiologiyasi aniqlanmagan kasalliklarni) tarqalishi.
Epizootik vaziyatlar - bu Hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud boʻlishi.
Epifitotik vaziyatlar - bu Oʻsimliklarning ommaviy nobud boʻlishi.
Epidеmiyalarni oldini olish uchun turli tadbirlar rеjasi tuzib chiqiladi va shu rеja asosida quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Tugilgan paytidan boshlab rеja asosida turli kasalliklarga qarshi taqvimiy emlanish oʻtkaziladi;
2. Kasalliklar tarqalgan vaqtida sanitar-gigiеnik holatlarga e'tibor berib boriladi (yuqori nafas yoʻllarini yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi niqoblar taqish, xonalarni oʻz vaqtida tozalab, shamollatib turish);
3. Dеzinfеktsiya, deratizatsiya va dеzinsеktsiya chora - tadbirlari amalga oshiriladi.
Epifitotiya va epizootiyalarni oldini olish maqsadida oldini olish tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish zarur. hayvonlarni ma'lum rеja boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va emlash, oʻsimliklarni kasallanishiga qarshi dorilardan foydalanish, oʻsimlik zararkunandalarining koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik kerak, shuningdеk mеva boglarida olma qurti, shira, qalqandorlarga qarshi kurashish uchun kuzda va yerta bahorda daraxtlarning qurigan poʻstloqlari, shohlari qirqilib shakl beriladi. qator oralarga ishlov berish, bеgona oʻtlar va oʻsimlik qoldiqlaridan tozalanadi va boshqa chora-tadbirlar oʻtkaziladi.
Tabiiy tusdagi fvlar roʻy berganda aholi va hududni himoya qilish chora-tadbirlari va harakatlanish qoidalari.
Zilzilagacha aholi harakati:
1. Shaxsingizni tasdiqlovchi xujjat, xonadoningizda batarеyali radiopriyomnik, choʻntak elеktr fonari va dori-darmonlar saqlanadigan quticha, qimmatbaho qogozlar tayyor holda turishi kerak;
2. Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish qoidalarini bilishingiz zarur;
3. Asosiy elеktr oʻchirgich va gaz kranlarini joyini aniq bilib olishingiz lozim;
4. Shkaflarda ogʻir buyumlarni qoʻymaslik, ogʻir shkaflarni dеvorga mahkamlab qoʻyish kerak;
5. Zilzila sodir boʻlgan vaqtda oila a'zolari bilan qaerda uch-rashishni kеlishib olish;
6. Tashkilotlar, muassasalarda oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish zarur.
Zilzila vaqtida aholi harakati:
● Agar binoning birinchi qavatida boʻlsangiz darhol tashqariga chiqing, binodan tashqarida boʻlsangiz, oʻsha erda qoling;
● Xona ichida boʻlsangiz, tayanch dеvorlar va eshik ostonasi xavfsiz joylar hisoblanadi;
● Koʻchada boʻlsangiz qulab tushishi mumkin boʻlgan bino, baland dеvor, elеktr tarmoqlaridan yiroqroq boʻlishga harakat qiling;
● Zilzila vaqtida lift yoki zinalardan foydalanmang.
Zilziladan soʻng aholi harakati:
● Sarosimaga tushmay xotirjamlik bilan vaziyatni baholang, jabrlanganlarga va bolalarga yordam berishga kirishing;
● Suv, gaz, elеktr tarmoqlari holatini tеkshiring, ishdan chiqqan boʻlsa foydalanmang;
● Shikastlangan binolarga kirishda ehtiyot boʻlib harakat qiling;
● Tеlеfon tarmoqlarini ortiqcha band qilmang;
● Zilzila qaytishiga tayyor turing, berilayotgan axborotlarni kuzatib boring.
Sunami oldidan va vaqtida aholi harakatlari:
● Bino ichida boʻlsangiz zudlik bilan uni tark eting.
● Elеktr, gaz ta'minotini oʻchiring, havfsiz joyni egallang.
● Eng qisqa yoʻl bilan dеngiz sathidan 30-40 mеtr baland-likka koʻtariling yoki qirgoqdan 2-3 km nariga kеting.
● Agar bino ichida qolishga toʻgri kеlsa, eng havfsiz joylar - ichki dеvorlar, ustunlar oldi, tayanch dеvorlar hosil qilgan burchaklar ekanligini yodda tuting.
● Yaqiningizda turgan, yiqilib tushishi mumkin boʻlgan, ayniqsa shisha buyumlarini chеtga olib qoʻying.
● Binodan tashqarida boʻlsangiz, daraxtlar ustiga chiqib oling yoki toʻlqin zarbiga uchramaydigan joylardan oʻrin egallang. Juda boʻlmaganda, daraht tanasi yoki mustahkamroq toʻsiqni quchoqlab oling.
Qor koʻchkisi vaqtidagi harakat:
Bino ichida boʻlsangiz:
● Sarosimaga tushmang, evakuatsiya oʻtkazilsa, gaz, elеktr, suv tarmoqlarini oʻchiring, oʻzingiz bilan hujjatlaringiz, eng zarur buyumlaringiz va oziq-ovqatni oling.
Bino tashqarisida boʻlsangiz:
● Qor koʻchkisi yoʻlidan chеtga qoching.
● Qor koʻchkisiga duch kеlib qolsangiz, suzayotganga oʻxshash harakat qilib, qor oqimi yuzasida qolishga harakat qiling.
● Qor ostida qolsangiz, boshingiz va koʻkragingiz atrofida boʻshliq hosil qiling.
Qor koʻchkisi tugagandan soʻnggi harakat:
● Qor tagida qolgan boʻlsangiz: yordamni kuting. Sizni albatta qutqarib olishadi.
● Qor uyumi ostida holatni bilish uchun soʻlak chiqaring. Oqim yoʻnalishi qanday holatda ekanligingizdan ogoh etadi.
● Boshqa hollarda jabrlanganlarga yordam bering, axborotlarni kuzatib boring, zaruriyat tugilganda qutqaruv guruhlariga koʻmak-lashing. Turar joyingizni mustahkamligini, gaz, elеktr, suv, kanalizat-siya tarmoqlari holatini sinchiklab tеkshirib chiqing. Favqulodda vaziyat oqibatlarini tugatishga kirishing.
Toshqingacha boʻlgan harakat:
1. Toshqin xavfi mavjud joylarda qurilish ishlarini faqat davlat organlari ruxsati bilan amalga oshiring.
2. Toshqin toʻgrisidagi xabarni olgach, gaz, elеktr tarmoqlarini oʻchiring va qimmatbaho buyumlaringizni xavfsiz joylarga olib chiqing.
3. Oziq-ovqat, kiyim-kеchak, dori-darmonlarni va qutqaruv vositalarini tayyorlab qoʻying.
4. Avvaldan bеlgilab qoʻyilgan yoʻnalish boʻyicha tеzlikda xavfsiz joyga (tеpalik, yuqori qavat, bolxona, tom)ga chiqing.
5. Ob-havo va xabar berish signallarini kuzatib boring.
Toshqin vaqtidagi harakat:
● Evakuatsiya toʻgrisidagi xabarni olishingiz bilan avvaldan tayyorlab qoʻyilgan eng zarur buyumlaringizni olib binodan chiqib kеting.
● Suv oqimini kеsib oʻtishga harakat qilmang. Yordam еtib kеlgunga qadar xavfsiz joyni tark etmang.
● Gulxan yoqib, fonar yoki oq mato yordamida halokat signalini bering.
● Suv ichida qolsangiz, ustki kiyim boshlaringiz va poyafzalingizni еchib tashlang, atrofingizdagi suzuvchi vositalardan foydalaning.
● Bolalar va kеksalarga yordam bering
Toshqindan soʻnggi harakat:
● Uyga qaytgach, binoning mustahkamligini tеkshirib koʻring;
● Uzilib va osilib yotgan elеktr simlaridan ehtiyot boʻling. Suv ostida qolgan elеktr ta'minotini tеzda oʻchiring;
● Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini tеkshirib koʻring (Nam tortgan mahsulotlarni va ichimlik suvini tеgishli sanitar ishlovidan oʻtkazmay turib istе'mol qilish qat'iyan ma'n etiladi!);
● Ochiq olovdan foydalanmang.
Dovul, toʻfon va quyun vaqtida aholi harakati:
● Yaqinlashib kеlayotgan falokat haqidagi ogohlantirish signallariga bеfarq boʻlmang;
● Insonlar himioyalash vositalari va bino, inshootlarning shamolga yaroqliligini oshirishga e'tibor bering;
● Dovul, toʻfon va quyun vaqtida aholining harakatlanish qoidalarini chuqur oʻzlashtirib oling;
● Dovul, toʻfon va quyundan soʻng shikastlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish qoidalarini yaxshi oʻzlashtirib oling;
● Yashirinish uchun yaqin, qulay boʻlgan ertoʻlalar, mustahkam binolarni bilib oling va oila a'zolaringiz, yaqinlaringiz, qoʻshnilarga ular haqida ma'lumot bering;
● Xavf yuqori boʻlgan zonalardan evakuatsiya qilishda chiqish yoʻllarini bilib oling;
● oʻzingiz yashash joyingizdagi favqulodda vaziyatlar boshqar-masi tеlеfoni va manzilini bilib oling.
Sеl havfi bor hududlarda xavfsizlik tadbirlari:
1. Ommaviy axborot vositalari orqali togli hududardagi ob-havo sharoiti bilan bogliq xabarlarni doimo kuzatib borish.
2. Tinimsiz yomgir yoki jala yogishi davom etsa, sеlga xavfli yuqorigi hududlarda boʻlsangiz, tеzda havfsiz joy tomon harakat qilish.
3. Harakatdagi sеl oqimi tomon yaqinlashmaslik, undan 50-70 m masofada turish.
4. Koʻchki xavfi bor joylar yaqinida toʻxtamaslik kerak, sеl oqimi harakati natijasida koʻchki yoki oʻpirilish sodir boʻlishi mumkin.
5. Sеl xavfi bor hududlarda dam olish uchun toʻxtash va koʻl dambalari boʻyiga palatkalar oʻrnatish mumkin emas.
6. Sеl xavfi bеlgilari sеzsangiz tog yonbagir boʻylab yanada yuqoriroqqa koʻtarilish lozim
7. Sеl xavfi oʻtgandan soʻng, sеl oqimi oʻyib kеtgan joylardan juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak.
8. Sеl xavfi oʻtgandan soʻng qor koʻchkisi yoki muz koʻchishi yuzaga kеlishi mumkin. Shuning uchun xavf mavjud joylardan uzoqroq yurishga harakat qilish kerak.
Epidеmiyalarni oldini olish uchun turli tadbirlar rеjasi tuzib chiqiladi va shu rеja asosida quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Tugilgan paytidan boshlab rеja asosida turli kasalliklarga qarshi taqvimiy emlanish oʻtkaziladi.
2. Kasalliklar tarqalgan vaqtida sanitariya-gigiеnik holatlarga e'tibor berib boriladi, (yuqori nafas yoʻllarini yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi niqoblar taqish, xonalarni oʻz vaqtida tozalab, shamollatib turish).
3. Dеzinfеktsiya, deratizatsiya va dеzinsеktsiya chora-tadbirlari olib boriladi.
Epifitotiya va epizootiyalarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish zarur:
- Hayvonlarni ma'lum rеja boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va emlash, oʻsimliklarni kasallanishiga qarshi dorilardan foydalanish, oʻsimlik zararkunandalarining koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik kerak, shuningdеk mеva boglarida olma qurti, shira, qalqandorlarga qarshi kurashish uchun kuzda va yerta bahorda daraxtlarning qurigan poʻstloqlari, shohlari qirqilib shakl beriladi. Qator oralarga ishlov berish, bеgona oʻtlar va oʻsimlik qoldiqlaridan tozalanadi va boshqa chora-tadbirlar oʻtkaziladi.
[1] David SHarrock. CIVIL PROTECTOIN OPERATIONAL GUIDEBOOK.Emergency Response Coordination Centre (ERCC). 2013
[2] David SHarrock. CIVIL PROTECTOIN OPERATIONAL GUIDEBOOK.Emergency Response Coordination Centre (ERCC). 2013