BASKETBOL SPORT TURI BOʻYICHA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRI” KUBOGI MUSOBAQASI
✅Toshkent davlat transport universiteti xodimlari, talabalar, texnikum va akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida sportning basketbol turi boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri” kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
✅ Musobaqa joriy yilning 1-iyun kuni oʻtkazilib, unda erkak va ayollar alohida bellashdilar. Musobaqa gʻolib hamda sovrindorlari diplom va televizor, velosiped, sport anjomlari bilan taqdirlandi.
✅ Ushbu musobaqada Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi 6-23-Ek guruhidan tashkil topgan "TAYT shunqorlari" jamoasi sportchilari qatnashib, 🥇faxrli 1-o'rinni egalladi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
"Dzyudo" turi bo'yicha Toshkent shahar bosqichi
🗓 Joriy yilning 6-mart kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyida "Barkamol avlod" doirasida sportning "Dzyudo" turi bo'yicha Toshkent shahar bosqichi o'tkazildi.
✅ Ushbu musobaqada Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumidan 1-22-Tk guruhi o‘quvchisi Abdunabiyev Abdusamad Abdushukur o‘g'li 73 kg vaznda qatnashdi.
🥉Shuningdek 2-22-Ek guruhi o‘quvchisi Muxtorov Jumanazar Shavkat o‘g'li 60 kg vaznda qatnashib, faxrli 3-o'rinni egalladi.
"Milliy kurash" turi bo'yicha Toshkent shahar bosqichi
🗓 Joriy yilning 29-mart kuni Respublika olimpiya va paralampiya ixtisoslashgan sport maktab internatida "Barkamol avlod" doirasida sportning "Milliy kurash" turi bo'yicha Toshkent shahar bosqichi o'tkazildi.
✅ Ushbu musobaqada Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumidan 1-22-Tk guruhi o‘quvchisi Abdunabiyev Abdusamad Abdushukur o‘g'li 73 kg vaznda qatnashdi.
🥈Shuningdek 2-22-Ek guruhi o‘quvchisi Muxtorov Jumanazar Shavkat o‘g'li 60 kg vaznda qatnashib, faxrli 2-o'rinni egalladi.
"Stritbol" turi bo'yicha Toshkent shahar bosqichi
🗓 Joriy yilning 18-aprel kuni Gupkin nomidagi akademik litseyda "Barkamol avlod" doirasida sportning "Stritbol" turi bo'yicha Toshkent shahar bosqichi o'tkazildi.
✅ Ushbu musobaqada Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumidan 6-23-Ek guruhi o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoa qatnashdilar.
🥉Musobaqa yakuniga ko‘ra o'quvchilarimiz faxrli 3-o'rinni egalladilar va Respublika bosqichida Toshkent shahar terma jamoasi nomidan qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
"Belbog'li kurash" bo'yicha Toshkent shahar bosqichi
9-fevral sanasida "Barkamol avlod" sport musobaqalari dasturidan o'rin olgan sportning "Belbog'li kurash" turidan Toshkent shahar bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
🥈Ushbu musobaqada Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumidan 1-22-Tk guruhi o‘quvchisi Abdunabiyev Abdusamad Abdushukur o‘g'li 71 kg vaznda qatnashib, faxrli 2-o'rinni egalladi.
🥉Shuningdek 2-22-Ek guruhi o‘quvchisi Muxtorov Jumanazar Shavkat o‘g'li 60 kg vaznda qatnashib, faxrli 3-o'rinni egalladi.
PREZIDENT SOVG'ASINI TOPSHIRISH MAROSIMI
🗓 Joriy yilning 28-may kuni Yunusobod tumani Tennis sport majmuasida "Barkamol avlod" sport musobaqalarining Respublika final bosqichida g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalarga Prezident sovg'asini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
✅ Ushbu musobaqalar umumiy natijasiga ko‘ra Toshkent shahri bo‘yicha Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi 🥇faxrli 1-o‘rinni egalladi.
“Zakovat” turnirining hududiy bosqichi 1-turniri
⏳O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi 1-turniri o'z nihoyasiga yetdi.
⚡️Hududiy bosqich o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o'tkazildi.
📍Ushbu turnirda Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumining iqtidorli o‘quvchilari kuchli 10 talikdan joy oldi.
"Xavfsiz hayot uchun" oyligi doirasida zakovat intellektual o'yini
🎉🎉🎉 28-mart sanasida ta'lim muassasalarida yo'l harakati qoidalari targ'ibotini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda Toshkent shahar kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan professional ta'lim muassasalari o'rtasida "Xavfsiz hayot uchun" oyligi munosabati bilan tashkil etilgan zakovat intellektual o'yinida Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumi o'quvchilari jamoasi faxrli 2-o‘rinni 🥈 qo'lga kiritdi.
ARMRESTLING SPORT TURI BO‘YICHA MUSOBAQA
🟢 Joriy yilning 23-may sanasida Mahalla yoshlari o'rtasida Armrestling sport turi bo‘yicha musobaqa bo'lib o‘tdi.
🟢 Ushbu musobaqada Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi 2-22-Ek guruhi o‘quvchisi Raxmonov Rustam Raufjon o‘gli 75+ kg vaznda qatnashib, faxrli 🥇 1-o'rinni egalladi.
Gulorobegim tomonidan yaratilgan