1986-yil 11-iyulda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transporti vazirligining 440-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent sirtqi avtomobil va yo‘llar texnikumi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qarori va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazining 2004-yil 27-yanvardagi 16-sonli buyrug‘iga asosan «Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi” Toshkent avtomobil va yo‘llar kolleji (TAYK) ga aylantirildi. Uning Nizomi o‘zgartirilib, 2004-yil 29-apreldagi 97-sonli buyruq bilan «Toshkent avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji” nomi bilan o‘z faoliyatini yangitdan boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli farmoni bilan Toshkent avtomobil yo‘llari kasb hunar kolleji Toshkent avtomobil yo‘llar texnikumi etib, qayta tashkil etildi.
Djurabekov Ravshanxon Turabekovich
Texnikum direktori
Mamajonov Muzaffar Salimovich
O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari
Almatova Saodat Ismatovna
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari
Yo‘ldoshev Xusniddin Zuxriddinovich
Xo'jalik mudiri
Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
Transport logistikasi
Tashishni tashkil etish va transportni boshqarish
Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va aerodromlar qurilishi
Buxgalteriya hisobi va audit
Menejment
Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish
TAYTda maxsus fan o’quv xonalari “GIZ PECA 5 doirasida ICON-INSTITUT tomonidan amalga oshirilgan Markaziy Osiyoda iqtisodiy o'sish sektorlari uchun professional ta'lim” loyihasi tomonidan mutaxassislik fanlarini o'qitishda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari bilan jihozlangan. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarga tayyorlashda test dasturlari bilan ta'minlangan.
TAYT bitiruvchilari "B", "C" VA "BC" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lishlari mumkin.
09.02.2024
"Barkamol avlod" sport musobaqalari dasturidan o'rin olgan sportning "Belbog'li kurash" turidan Toshkent shahar bosqichida Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumidan 1-22-Tk guruhi o‘quvchisi Abdunabiyev Abdusamad Abdushukur o‘g'li 71 kg vaznda qatnashib, faxrli 2-o'rinni egalladi.
28.05.2024
Yunusobod tumani Tennis sport majmuasida "Barkamol avlod" sport musobaqalarining Respublika final bosqichida Toshkent shahri bo‘yicha Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi 🥇faxrli 1-o‘rinni egalladi.
01.06.2024
Basketbol sport turi boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri” kubogi musobaqasida Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi 6-23-Ek guruhidan tashkil topgan "TAYT shunqorlari" jamoasi sportchilari qatnashib, 🥇faxrli 1-o'rinni egalladi va televizorlar bilan taqdirlandi.
Amir Temur tavalludi munosabati bilan guruhlarda “ochiq maʻnaviyat” soatlari oʻtkazildi.
"LIBOSLARDA MILLIY QADRIYATLAR NAMOYON”. Uztozlar va talaba qizlar o‘rtasida “Xon-atlas” festivali tashkil etildi.
"14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlab "Direktor kubogi" uchun "Mini futbol" sport musobaqasi o‘tkazildi.
"Zakovat intelektual o'yini" tashkil etildi. Ishtirokchilar tuman Yoshlar ishlari agentligi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
BIZNING HAMKORLARIMIZ
Novosibirsk tadqiqot davlat universiteti
Tojikiston Texnika universiteti qoshidagi Texnika kolleji
Avstriya Test & Training International maktabi
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)