Novosibirsk tadqiqot davlat universiteti
Tojikiston Texnika universiteti qoshidagi Texnika kolleji
Avstriya Test & Training International maktabi
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)
Sibir transport va qurilish kolleji
“INNOWEEK” INNOVATSION GʻOYALAR HAFTALIGI
“InnoWeek” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Novosibirsk tadqiqot davlat universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Oʼzbekistonga tashrif buyurdi.
18-oktabr sanasida Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumida delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
⚡️Uchrashuvda ikki davlat vakillari taʼlim muassasalar bilan taʼlim sohasida toʼgʼridan-toʼgʼri aloqalarni oʼrnatish, taʼlim muassasalarni boshqarish boʼyicha tajriba almashish hamda taʼlim va tarbiya sohasida qoʼshma loyihalarni amalga oshirish boʼyicha muzokaralar oʼtkazdi.
MARKAZIY OSIYODA IQTISODIY O'SISH SEKTORLARI UCHUN KASBIY TA'LIM (RESA)
🟢 Germaniyaning GIZ loyihasida O'zbekiston misolida Logistika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishning Dual ta'lim tizimini Markaziy Osiyo mamlakatlarida joriy etishga qaratilgan loyiha ustida ish olib borilmoqda.
🟢 Ushbu loyiha doirasida Germaniyaning Dual ta'lim tizimi bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi direktori Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat safariga jo‘nab ketdi.
🟢 Xizmat safari davomida Germaniyaning Dual ta'lim tizimi bilan yaqindan tanishdi va ikki davlat o‘rtasida doimiy hamkorlik qilish to‘g‘rida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi direktori Tojikiston Texnika universitetni qoshidagi Texnika kolleji taklifiga ko‘ra xizmat safariga jo‘nab ketdi.
🔵 Tojikiston Texnika kollejida "Yashil energetika: holati va uning rivojlanish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
🔵 Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi direktori o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
🔵 Bu anjuman xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va texnika sohasi bo'yicha zamonaviy tadqiqotlarni ilgari surish uchun muhim platforma bo'lib xizmat qiladi.
OZARBAYJON | HAMKORLIK
✅Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi direktori, Urganch avtomobil va yo‘llar texnikumi direktori A.K.Raxmatullayev hamda Buxoro avtomobil va yo‘llar texnikumi direktori N.T.Sodiqovlar Ozarbayjon Respublikasi, Baku shahriga xizmat safariga jo‘nab ketishdi.
✅ Ozarbayjon Respublikasi, Baku shahrida haydovchilarni tayyorlashning ilg‘or usullarini namoyish etish va himoyaviy boshqaruv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida Yevropaning yetakchi Test& Training International maktabidan (Avstriya) "Xavfsiz boshqarish bo‘yicha" master-klass tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅ Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy tadbirda Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi direktori Ozarbayjon Respublikasi tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.
✅ Eng ahamiyatli jihati shundaki, bunday tadbirlar o'quvchilarimizni xalqaro ta'lim standartlari asosida o‘qitishda asos bo'lib xizmat qiladi.
O‘ZBEKISTON VA GERMANIYA XALQARO HAMKORLIK JAMIYATI (GIZ)
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekiston misolida o‘qitishning Dual ta’lim tizimini Markaziy Osiyo mamlakatlarida joriy etishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sektorlari uchun kasbiy ta’lim” (RESA) loyihasining rahbari Viktor Vetsel hamda loyihaning Markaziy Osiyo bo‘yicha kordinatori Toms Lyuks amaliy tashrif bilan Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumiga kelishdi.
Tashrif chog‘ida texnikumda O‘zbekiston va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda o‘qitishning Dual ta’lim tizimi asosida tayyorlanayotgan Fan dasturlari, o‘qitish tizimi va olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
SIBIR TRANSPORT VA QURILISH KOLLEJI
Irkutsk davlat transport universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasining Sibir transport va qurilish kollejida “Zamonaviy kollej: ta’lim, fan, biznes va hukumat integratsiyasi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Gulorobegim tomonidan yaratilgan