AMIR TEMUR TAVALLUDI MUNOSABATI BILAN GURUHLARDA “OCHIQ MAʻNAVIYAT” SOATLARI O'TKAZILDI
Toshkent avtomobil va yoʻllar texnikumida Amir Temur tavalludi munosabati bilan guruhlarda “ochiq maʻnaviyat” soatlari oʻtkazildi.
Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida oʻsha paytlarda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xoʻja Ilgʻor (bu qishloq hozir Yakkabogʻ tumaniga qaraydi) qishlogʻida tavallud topdi. Otasi Amir Taragʻay — oʻziga toʻq, badavlat kishi edi. Temur tugʻilgan paytda u Qozonxon (1333—1346) huzurida masʼul bir mansabda turardi. Kesh va unga tobeʼ yerlarning bekligi esa Amir Taragʻayning ogʻasi Hoji barlosning qoʻlida edi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chigʻatoy ulusi ogʻir ijtimoiy-siyosiy boʻhron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib oʻzaro feodal urushlarning avj olib ketishiga sabab boʻldi. Hokimiyat uchun kurash ayniqsa xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazagʻan oʻrtasida kuchli boʻldi.
⭐️ Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!
⭐️ Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi jamoasining bayram tabrigi.
✅️ Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumida 7-dekabr kuni "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
✅ Tadbirda bir qator qadrli mehmonlar o'qituvchi va o‘quvchilar hamda sportchilar qatnashishdi.
✅ Tadbirda Vatanimizni, Konstitutsiyamizni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar yangradi. Tadbir chiroyli ko'tarinki ruhda o'tkazildi.
LIBOSLARDA MILLIY QADRIYATLAR NAMOYON
⚡️O'zbek milliy liboslari va qadriyatlariga mehr uyg‘otish, ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona urf-odatlar hamda sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy madaniyat ramzlarini saqlab qolish maqsadida 30-sentabr kuni Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumining uztozlari va talaba qizlari o‘rtasida “Xon-atlas” festivali tashkil etildi.
🌺 Festival doirasida milliy liboslar go‘zalligi namoyish etildi va kiyinishda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi jam bo‘lgan kreativ taqdim etildi.
YANGI O'ZBEKISTON YOSHLAR FORUMI
"Yangi O'zbekiston Yoshlar Forumi" munosabati bilan Chilonzor tuman hokimligi mutasaddi rahbarlar tomonidan, Chilonzor tumani maʼnaviyat boʻlimi, Chilonzor tumani xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligida 13-noyabr kuni Oqtepa sohil bo'yida joylashgan Lutfiy mahallasi koʻchasi boʻylab „Salomatlik uchun 5000 qadam yurish“ marafonida Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumi Yoshlar Ittifoqi hamda o'quvchilari jamoasi faol ishtirok etdilar.
💠💠💠 Bundan tashqari, Lutfiy mahallasida bo'lib o'tgan tadbirda o'z chiqishlarini namoyish etishdi.
YO'L HARAKATI BILIMDONI
Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumida “Yo'l harakati bilimdoni" mavzusida o'quvchilar o'rtasida ko'rik-tanlov o'tkazildi. Tadbirga Avtomobil yo'llari qo'mitasi Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo'limi boshlig'i D.X.Musayev, qo'mita yoshlar yetakchisi M.Yo'ldoshev taklif etildi. Ko'rik-tanlov 3 guruh o'rtasida tashkilashtirildi. Tanlov davomida texnikumning "Havaskor" to'garagi a'zolarining chiqishlari bilan yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashildi.
"MINI FUTBOL" SPORT MUSOBAQASI
Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumida "14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlab "Direktor kubogi" uchun "Mini futbol" sport musobaqasi o‘tkazildi.
🔷Musobaqada 1- va 2-bosqich o‘quvchilardan tashkil topgan terma jamoalar ishtirok etishdi.
🥇Musobaqa yakuniga ko‘ra 2-bosqich guruhlaridan tashkil topgan terma jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
8-MART BAYRAM SHUKUHI 🌸
🌸🌸🌸Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
✅ Tadbirda "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi hamda qizlarimiz o'z iste'dodlarni namoyish etishdi va sho'x qo'shiqlar kuylandi.
ZAKOVAT INTELLEKTUAL O'YINI
🔰 Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumida "Zakovat intellektual o'yini" tashkil etildi.
✨ Ishtirokchilar tuman Yoshlar ishlari agentligi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
🏛 SHAHIDLAR XOTIRASI YODGORLIK MAJMUYIGA SAYOHAT
Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi Yoshlar Ittifoqi yetakchilari, tarix fani o'qituvchisi va o'quvchilari "Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuyi"ga sayohat uyushtirishdi.
✅"Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuyi" haqida tarix fani o'qituvchisi S.I.Almatova o‘quvchilarga ma'lumot berib o‘tdi.
✅ Ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz xotirasi yodga olindi.
✅ Ingliz tili fani o‘qituvchisi N.Qarshiboyeva xorijiy mehmonlarga majmua haqida ma'lumot berib o‘tdi.
✅ Sayohat o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
"TEXNOFEST-2024" KO'RGAZMASI
👮♂3-4 may kunlari "G'alaba bog'i" majmuasida Mudofaa vazirligi tomonidan "Texnofest-2024" nomli ko'rgazmasi o'tkazildi.
✅ Ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz xotirasi yodga olindi.
✅ Sayohat davomida harbiylar tomonidan harbiy anjomlar, harbiylar hayoti, faoliyati haqida ma'lumot berib o‘tildi va bu o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Gulorobegim tomonidan yaratilgan