1987-yil 27-yanvarda Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumining 58-sonli buyrug'iga asosan Avtomobillar va dvigatellarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash kafedrasi sifatida tashkil qilingan. 2001-yildan boshlab "Avtomobillar" kafedrasiga aylantirilgan.
Kafedrada "Avtomobillar tuzilishi, ularga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash", "Avtomobillar va dvigatellarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash", "Avtomobillarning elektr va elektr jihozlari" kabi fanlardan darslar olib boriladi.
Kafedrada o'quv jarayonini takomillashtirish asosida maxsus fanlarga yangi o'quv-uslubiy qo'llanmalar tayyorlashga erishilgan.
Kafedra qoshida "Avtomobilchilar" to'garagi faoliyat yuritadi.
Maxkamov Rashid Jo'rayevich
Kafedra mudiri
Ushbu kafedra tarkibida avtolaboratoriya faoliyat yuritadi.
Chilangarlik o'quv-amaliyot xonalari
Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish o'quv-amaliyot xonalari
Gulorobegim tomonidan yaratilgan