Forsayt texnologiya dastlab bundan 50 yillar ilgari AQShning RAND korporatsiyasida harbiy texnologiyalarning istiqbolli vazifalarini aniqlash jarayonida qo‘llanilgan. 1950 yillarga kelib istiqbol texnologiyalarni aniqlashning an’anaviy uslublaridagi kamchiliklarga to‘g‘ri kelgach RAND mutaxassislari Delfi uslubini ishlab chiqishgan. Ayniqsa ushbu texnologiya asosida AQShning harbiy-havo kuchlarida keng masshtabli va tizimli tadqqiqotlar olib borilgan. Ushbu uslub hozirgi kunda barcha sohalardagi forsayt tadqiqotlarda keng foydalanilmoqda. 1970 yillardan boshlab forsayt texnologiyalar milliy darajadagi strategiyalarni ishlab chiqishda ham foydalanilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada forsayt texnologiya dastlab fanning eng istiqbolli sohalarini aniqlashda 60-yilarning oxiri va 70-yillarning boshida foydalanilgan.
1960 yillarning oxiriga kelib Yaponiyada texnologik bashoratlash potensial foydali siyosiy mexanizm sifatida qabul qilingan va bu borada AQSH tajribasi yaponiya mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganilgan. 1970 yili Yaponiya fan va texnika Agentligi (STA) fan va texnologiyalarni rivojlantirishning 30 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli bashoratlash strategiyasini hamda unga erishish yo‘llarini ishlab chiqigan.
Forsayt texnologiya asosida global (xalqaro hamkorlik asosida) muammolar, jumladan hamkorlik asosida qaysi sohani yanada keng rivojlantirish va qaysi texnologiyalarni takomillashtirish lozimligi aniqlanadi, maqsadga erishishning strategiyasi ishlab chiqiladi.
1990 yillardan boshlab uzoq muddatli istiqbolni belgilashda forsayt texnologiyalardan AQSH, Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasidagi iqtisodiy rivojlangan bir qancha davlatlar keng foydalana boshlashdi. Forsayt loyihalar natijalari asosida keng masshtabli Xalqaro tadqiqot dasturlari ishlab chiqilgan, jumladan Yevropa Ittifoqining Oltinchi va Yettinchi ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish dasturining budjet xarajatlari 17,5 va 54 mlrd. yevroni tashkil etgan. Shvetsiyaning oxirgi forsayt loyihasi 3,6 mln yevro, Turkiyada esa 2 mln yevroga yaqin mablag‘ sarflangan [10].
Forsayt tadqiqotlar borasida EFMN (The
European Foresight Monitoring Network) - Yevropa forsayt tadqiqotlar moitoringi tizimi, FISTERA – axborotlashgan jamiyat sohasidagi loyihalar tizimi faoliyatini misol qilishimiz mumkin. EFMN Uvropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va “Uvropa bilimlar almashinuvi platformasi”ning bir qismi hisoblanadi. Uning tarkibiga ARC-SA, VDI, PREST, TNO, CKA, Atlantis, Fhg-ISI,
Dialogik, Louis Lengand & Associates, Technology Centre Prague kabi tashkilotlar kiradi. 2006 yilgi ma’lumotlar bo‘yicha EFMN monitroing polrtfoliosida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda hamda Yaponii, SSHA, Kanada, Xitoy, Koreya Respublikasi va Braziliyada bajarilgan 1000 ga yaqin forsayt tadqiqotlar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan [11] .
Bugungi kunda texnologik trendlar va rivojlanish ssenariyasini uzoq muddatli bashoratlash ushbu texnologiyani joriy etmoqchi bo‘lgan har qanday tashkilot, korxona yoki korporatsiyaning asosiy vazifasidir. Forsayt korxonada ishlab chiqarishni rivojlantirish muammolari bilan ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini uzviyligini ta’minlashga asoslanadi. Shu sababli dunyodagi texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy muhitdagi ruy berayotgan tezkor o‘zgarishlar strategik boshqaruvning an’anaviy usullaridan voz kechib, forsayt integratsiyasiga va kelajakni boshqarish texnikasi kabi strategiyaga o‘tishni talab etadi. Ilmiy tadqiqotlarga asoslangan innovatsion strategiya iste’mol bozorining kelajagi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, odatda texnologik jihatdan keskin o‘sishga olib keladi. Yevropa, AQSH, Janubiy-sharqiy Osiyodagi tadqiqot va bashoratlash guruhlari tomonidan olib borilayotgan izlanishlar texnologik trendlarni kuzatib borish imkonini beruvchi texnologik tizim va metodologiyalar yaratish, yangi tadqiqotlar va izlanishlarga imkoniyat yaratishga qaratilgan. Shuning uchun AQSH da tarixan ushbu faoliyat RAND Sogrogation (ingl. Researchand Development) va boshqa transmilliy korporatsiyalar tomonidan olib boriladi.
Davlatning innovatsion siyosatini shakllantirish sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlashning nazariy va amaliy masalalari xorijiy olimlar Gordon (Gordon T.), Linston (Linston H.), B. Martin (Martin Ben R.), I. Mayls (Miles E.), R. Popper (Popper R.), M. Turoff (Turoff M.), O. Xelmer (Helmer O.) larning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan.