Forsayt maqsadi yuqori darajada foyda keltirishga yo‘naltirilgan strategik tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalarni identifikatsiyalash, ya’ni yuqori foydali kelajakni aniqlash hamda unga erishish strategiyasini yaratishdan iborat . Forsayt (foresight) va uni amalga oshirish “Forsayting (foresighting)” keng ma’noda ekspertli bashoratlash texnologiyasining konsepsiyasi va amaliyotidir. Forsayt faoliyatning turli sohalarida turli darajada qo‘llanilmoqda. Forsaytga V.Martin “Katta ijtimoiy-iqtisodiy foyda keltirishga qaratilgan tadqiqotlar va yangi texnologiyalarning strategik yo‘nalishlarini belgilovchi, fan, texnologiya, iqtisodiyot va jamiyatning uzoq muddatli istiqbolini baholashning tizimli urinishlaridir deb klassik ta’rif berib o‘tgan. Y. Kishita va R. Popper o‘z ilmiy ishlarida forsayt ssenariylar va yo‘l xaritalar yaratishda bashoratlashning mumkin bo‘lgan instrumentidir deb ko‘rsatib o‘tishgan.