Forsayt loyihalar tasnifi va amalga oshirish bosqichlari
Forsayt texnologiyasi asosida bashoratlash an’anaviy prognozlashdan ancha murakkab yondashuvdir. Forsayt metodologiyasi o‘nlab an’anaviy va mutlaqo yangi usullarini o‘z ichiga olgan. Forsayt loyihalarida asosiy tendensiya texnologiyaga yo‘naltirilgan loyihalardan uchta komponentni o‘z ichiga olgan loyihalarga o‘tishdir: texnologiya sohalari, bozor va ijtimoiy oqibatlar. Ammo uzoq muddatli loyihalarda bashoratlash texnologiyalaridan malakali foydalanish uchun forsaytning funksiyalari, tamoyillari va metodologiyalarini o‘rganish va tahlil etish talab etiladi. Bo‘lajak menejerlarda forsayt bo‘yicha bilimlar va amaliy ko‘nikmalarning shaklllanishi “Forsayt kompetentligi”ning asosini tashkil etadi. Forsayt tadqiqotlarda "G‘oyani rivojlantirish komandasi" - "Qarorlar qabul qilish komandasi" bitta tizim hisoblanib, korxonalar va kompaniyalar muammolarini hal qilishning prinsipial muhim sharti va vositasidir .
Forsayt loyihalar loyihaning masshtabi, qo‘llanilish sohasi va muammolari bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
Muammolarni qamrab olish kengligi bo‘yicha:
xalqaro; bir davlat miqyosida; iqtisodiyot tarmoqlari yoki vazirlik doirasida, aniq tashkilot yoki korxona muammolari bo‘yicha.
2. Forsayt qo‘llaniladigan soha muammolari bo‘yicha:
ta’lim sohasi; ijtimoiy soha; iqtisodiy soha, siyosiy soha, texnologik soha va b.
3. Tadqiqot olib boriladigan soha ichidagi turli muammolar turi bo‘yicha
Forsayt texnologiyalar asosida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda quyidagi bosqichlardan foydalaniladi:
1-bosqich-texnologik forsayt:
- uzoq muddatli bashoratlash orqali iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlanishiga real ta’sir etuvchi ilmiy hamda texnologik baholashning tizimli vositasi.
2-bosqich – bozorga yo‘naltirilgan forsayt:
- biznes va bozor iqtisodiyotini rivojlanishini to‘liq bashoratlash. Bunday forsayt loyihalar natijasi biznesni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
3-bosqich-ijtimoiy-iqtisodiy forsayt:
- turli ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarda foydalaniladi.
Forsayt tadqiqotlar o‘tkazishda forsaytning o‘ziga xos prinsiplari mavjud bo‘lib, ular qo‘yidagicha tavsiflanadi:
1. Kelajakni shakllantirish. Mavjud tashkilotlarning hozirgi kunda olib borayotgan strategiyalari va taktikasi asosida rahbarlar yoki jamoat institutlarining harakatlari hamda qarorlari asosida kelajak qanday rivojdlanishini va qanday holatga kelishi mumkinligini bashoratlash.
Forsayt ishtirokchilari (partispativlik) – forsaytning institusional faoliyat ko‘rinishidagi asosiy yelementi hisoblanib, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan shaxslar (yekspertlar: olimlar, ishlab chiqarish xodimlari, jamoatchilik vakillari, siyosiy partiyalar, mahalla vakillari va b.)ni turli dunyoqarash va fikr bilan bitta jamoa bo‘lib bitta obekt (muammo) yuzasidan jamoaviy fikr yuritishlari jarayoni.
Turli xil manfaatdor tashkilotlar vakillarini forsayt jarayoniga jalb yetishda partispativlik qo‘yidagi 4 prinsipga asoslanadi:
Meyorlashtirish –demokratik yetika ya’ni, barcha ishtirokchilarni teng huquqda ishtirok yetishlari va teng huquqda ovoz berish huquqlarini ta’minlanganligi, tadqiqotning muvaffaqiyatli yakunlanishini asosiy shartlaridan biri.
Mustaqillik – muammoni hal qilish maqsadida manfaatdor tomonlarni jalb yetish orqali qo‘shimcha bilim va ijodiy potensialdan foydalanish.
Funksionallik - natijalarini samarali tarqalishini ta’minlashga imkon yaratish maqsadida forsayt tadqiqotlarda tmanfaatdor tomonlarning ishonchini oshirish.
Ijtimoiy (o‘zaro) ta’lim - manfaatdor tomonlarni o‘zaro fikr, tajriba va g‘oyalar almashinuvi natijasida yuzaga keladigan jarayon bo‘lib, qatnashchilarning boshqa ekspertlar fikrini qabul qilishlari va loyihada qatnashish etikasi bilan baholanadi.
3.Asoslanganligi. Forsayt asosida kelajak gipotezasini shakllantirishda ekspertlar bilimlarini interpretatsiyasi (umumiy talqini) hamda ijodiy fikrlash omillari asos bo‘ladi. Lekin, faqat ekspertlar fikrlari asosidagi kelajak ssenariysi to‘g‘ri qaror qabul qilish va uni sifatli baholashga to‘liq asos bo‘la olmaydi. Shu sababli, mavjud rivojlanish an’analarini tahlil qilish, matematik bashoratlash, bibliometriya, rasmiy statistika va boshqa manbalardan foydalanish hamda mustahkamlash talab etiladi.
4. Fanlararo aloqadorlik. Forsayt asosida bashoratlashni bitta fan doirasida va bilimlari asosida amalga oshirib bo‘lmaydi. Forsayt natijalari ko‘p o‘lchovli bo‘lganligi sababli tadqiqotlarda bir necha fanlar bo‘yicha bilimlar majmuidan foydalanishni talab etadi.
5. Muvofiqlashtirish. Forsayt jarayoni inson va axborot resurlaridan samarali foydalanish maqsadida kelajak gipotezasini shakllantirishda turli sohalardan ko‘plab ekspertlar ishtirok etishiga asoslanadi.
6. Pragmatizm. Forsayt faqat kelajakni bashoratlash va tahlil qilishbilan cheklanmaydi, balki kelajkni shakllantirish yo‘nalishida faol harakat qilish, olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etish masalalarini ham o‘z ichiga oladi.