Assalomu aleykum. Ro'yxatdan o'tishingizni so'raymiz. Sizning barcha ma'lumotlaringiz sir saqlanadi. Ro'yxatdan o'tib shifokor nazoratida bo'lasiz.
Homiladorlikning 37 - 41 hafta (+6kun) haftalik muddatlarida o'z-o'zidan sodir bo'lgan tug'ruq muddatdagi tug'ruq deb nomlanadi.
Tug'ruq faoliyati o'z-o'zidan boshlangan, tug'ruq boshlanishida akusherlik asoratlar rivojlanish xavfi past bo'lgan va asoratlarsiz yakunangan, tug'ruqda homila mustaqil boshi bilan tug'ilgan va tug'ruqdan keyingi davrda tuqqan ayol va bolaning holatlari qoniqarli bo'lgan bir homilalalik muddatdagi tug'ruq normal tug'ruq deb ta'riflanadi.
Ko'p yillik munozaralar va izlanishlarga qaramasdan, hozirgi kunga qadar "normal tug'ruq" degan umum qabul qilingan universal yoki standartlashtirilgan tushuncha mavjud emas. So'nggi 20 yil ichida ona va bola prognozlari yaxshilanishini ta'minlaydigan homiladorlikni to'xtatish yoki tug'ruqning fiziologik jarayonini nazorat qilish, tezlashtirish va boshqarishga qaratilgan muolajalar soni sezlarli darajada oshishi kuzatilmoqda. Faol tibbiy aralashuv ayol organizmimining farzand ko'rish tabiiy qobiliyatiga ham, tug'uvchi ayollarning subyektiv tajribasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmalar mavjud bo'lmaganda, tug'ruq faoliyatida qo'llanilayotgan tibbiy aralsshuvlarning ko'payishi, turli moliyaviy imkoniyatlarga ega bo'lgan ayollar orasida tibbiy yordam ko'rsatishning darajasidagi farqni oshiradi.
Tug'ruqning birinchi davri - tug'ruq faoliyati boshlangandan bachadon bo'yni to'liq ochilishiga qadar bo'lgan davr hisoblanadi. Tug'ruq faoliyatining boshlanishining aniq vaqti ko'pincha tug'uvchi ayolning so'rovi asosida belgilanadi - bachadon qisqarishlari (to'lg'oqlar) muntazam ravishda har 5 daqiqada 1 soatdan ko'proq vaqt davomida boshlangan vaqt aniqlanadi
Tug'ruqning ikkinchi davri - bachadon bo'yni to'liq ochilgandan homila tug'ilishiga qadar bo'lgan davr hisoblanadi. Tug'ruqning ikkinchi davri birinchi tug'ruqda 3 soatdan. keyingi tug'ruqda esa 3 soatdan, keyingi tug'ruqlarda esa 2 soatdan oshmaydi. Epidural og'riqsizlantirishda tug'ruqning ikkinchi davri yana 1 soatga cho'zilishi mumkin va nirinchi tug'uvchi ayollarda 4 soatni va qayta tug'uvchi ayollarda esa 3 soatni tashkil qilishi mumkin.
Tug'ruqning uchunchi davri - homila tug'ilgandan yo'ldosh tushguniga qadar bo'lgan davr hisoblanadi. 90% holatlarda tug'ruqning uchinchi davri 15 daqiqada va 7% holatlarda esa 30 daqiqa ichida yo'ldosh tug'ilishi bilan yakunlanadi.
tug'ruq faoliyati mavjudligi va akusherlik asoratlar rivojlanish ehtimolini baholash maqsadida to'lg'oqlar mavjudligi (ularning kuchi, takrorlanishi va davomiyligi), qindan ajralmalar kelishi va ularning xususiyati, so'nggi 24 soat ichida homilaning harakatlari haqida so'rash tavsiya etiladi.
tug'ruqni olib borish taktikasini aniqlash maqsadida oxirgi hayz ko'rishning birinchi kuni va homila UTTning (1-trimestrda o'tkazilgan UTT bo'yicha aniqlash otimalroq hisoblanadi) ma'lumotlaru bo'yicha homiladorlik va tug'ruq muddatini aniqlash tavsiya etiladi.
akusherlik asoratlar rivojlanish va tug'ruq muvaffaqiyatli yakunlanish ehtimolini baholash maqsadida akusherlik va somatik anamnezni yig'ish tavsiya etiladi.
arterial qon bosimini (AQB) o'lchash tavsiya etiladi;
tana haroratini o'lchash tavsiya etiladi;
tug'ruqni olib borish taktikasini aniqlash maqsadida homilaning joylashishi va oldinda kelgan qismi, homilaning boshi kichik chanoq kirish qismiga nisbatan joylashishini aniqlsh tavsiya etiladi;
homilaning taxminiy vazni va tug'ruqni olib borish taktikasini aniqlash maqsadida bachadon tubi balandligi, qorin aylanasini o'lchash tavsiya etiladi;
tug'ruq faoliyati mavjudligi va xususiyati, tug'ruqning davri va fazasi, tug'ruqni olib borish taktikasini aniqlash maqsadida bachadon qisqarishlarining davomiyligi, takrorlanishi va muntazamligini baholash tavsiya etiladi;
homilaning holatini baholash maqsadida tug'uvchi ayolning yurak urish sonini aniqlash bilan bir vaqtda kamida 1 daqiqa davomida to'lg'oqdan keyin akusherlik stetoskop yoki fetal dopler yordamida homilaning yurak urishini eshitish tavsiya etiladi;
tug'ruqni olib borish taktikasini aniqlash va tug'ruq yo'llarining holati, shu jumladan, chanoqning suyak asosi va chanoq tekisliklariga nisbatan homila boshining joylashishini baholash maqsadida qin orqali tekshiruvni o'tkazish tavsiya etiladi;
Tug'ruq faoliyati boshlangan sog'lom homilador ayollarda chanoq o'lchamlarini muntazam ravishda o'lchash tavsiya etilmaydi;
tashqi akusherlik va qin orqali tekshiruv, homilaning yurak urishini eshitish yetarli darajada axborotli bo'lmaganda, shuningdek, homiladorlik muddatiga bachadon tubi balandligi va qorin aylanasining nomutanosibligida homilaning holati va joylashishi, homila o'sishi cheklanishi va homila makrosomiyasi, hamda yo'ldosh joylashishini aniqlash maqsadida homila UTT o'tkazish tavsiya etiladi.
Barcha ayollar tug'ruq davrida hamrox bilan bo'lish tavsiya etiladi.
Tug'uvchi ayol va homilaning holati qoniqarli bo'lsa, tug'ruqning birinchi davri latent fazasida bo'lgan tug'uvchi ayollarda akusherlik asoratlarini oldini olish maqsadida tug'ruqni chaqirish tavsiya etilmaydi.
Tug'ruq davrida ayolga harakatlar va erkin (qulay) holatni taklif qilish tavsiya etiladi.
Tug'uvchi ayolning mamnunlik darjasini oshirish, akusherlik asoratlar xavfi va og'riqni kamaytirish maqsadida tug'ruqning nomedikamentoz og'riqsizlantirish usullarini qo'llash tavsiya etiladi.
Tug'ruqning nomedikamentoz og'riqsizlantirish usullari samara bermaganda, tug'ruq bilan bog'liq bo'lgan og'riqni kamaytirish maqsadida tug'uvchi ayolning holati va xohishlari, tibbiyot muassasaning imkoniyatlari, shuningdek, og'riqsizlantirishning turli usullarini qo'llashga ko'rsatmalarni inobatga olgan holda, tug'ruqning medikamentoz og'riqsizlantirish usullarini qo'llash tavsiya etiladi.
Suvsizlanish va ketoatsidoz holatini oldini olish maqsadida suyuqlik qabul qilish tavsiya etiladi.
Suyuqliklarni peroral (og'iz orqali) qabul qilish chegaralangan yoki yetarli bo'lmasa, suvsizlanish va ketoatsidoz holatini oldini olish maqsadida 5% dekstroza eritmasini v/i yuborishga ruxsat beriladi.
Tug'ruqning birinchi davri faol fazasida tug'ruq faoliyati, homilaning tug'uvchi ayolning holatini dinamikada baholash maqsadida partogrammani olib borish tavsiya etiladi.
Tug'ruqda homilaning holatini baholash maqsadida homilaning yurak urishini eshitish tavsiya etiladi.
Tug'ruqning birinchi davrida to'lg'oqdan keyin 1 daqiqa davomida, latent fazada har soatda, faol fazada har 15-30 daqiqada, tug'ruqning ikkinchi davrida har 5 daqiqada va har kuchanishdan keyin homilaning yurak urishi eshitiladi, homilaning yurak urishi soni tug'uvchi ayolning pulsi bilan birgalikda tekshiriladi.
Tug'ruqni olib borish taktikasini aniqlash uchun tug'ruq faoliyati sustligi yoki haddan tashqari kuchli dard tutishini o'z vaqtida tsdiqlash maqsadida tug'ruq davrida bachadon qisqarishlarini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Tug'ruqning dinamikasini baholash maqsadida tug'ruqning birinchi davri faol fazasida har 4 soatda qin orqali tekshiruvlarni o'tkazish tavsiya etiladi.
Anesteziologik usul va anestetikning dozasini tanlash uchun tug'ruqning davri va fazasini aniqlash maqsadida medikamentoz og'riqsizlantirishni o'tkazishdan avval qin orqali tekshiruvni o'tkazish tavsiya etiladi.
Kindik tizimchasini tushib qolishini o'z vaqtida tashxislash maqsadida qog'anoq pardalari yorilgandan keyin qin orqali tekshiruvni o'tkazish tavsiya etiladi.
Homilaning holati buzilish belgilari aniqlangan, ushbu buzilishlarga olib keluvchi akusherlik asoratlarni (kindik tizimchasi tushib qolishi, bachadon yirtilishi, normal joylashgan yo'ldoshning barvaqt ko'chishi) o'z vaqtida tashxislash maqsadida qin orqali tekshiruvni o'tkazish tavsiya etiladi.
Akusherlik vaziyatni o'z vaqtida baholash maqsadida tug'uvchi ayolning holati yomonlashganda klinik holatning boshqa o'zgarishlarida qin orqali tekshiruvni o'tkazish tavsiya etiladi.
Tug'ruqda muntazam antibiotikoprofilaktikani o'tkazish tavsiya etilmaydi.
tug'uvchi ayolning jinsiy va siydik chiqarish yo'llarida B guruhi sterptokokki (S.agalactiae) aniqlanganda, tug'ruqning birinchi va ikkinchi davrida antibakterial profilaktikani o'tkazish tavsiya etiladi.
Tug'ruqdan avval virusli yuklamasi >1000 nusxa/ml bo'lgan OIV-infeksiyasi bilan kasallangan ayollar, tug'ruqdan avval virusli yuklamasi noma'lum bo'lgan yoki homilador ayol homiladorlik davrida viruslarga qarshi terapiayani qabul qilmagan bo'lsa va/yoki tug'ruq paytida antiretrovirus profilaktikasi o'tkazilmagan bo'lsa, tabiiy tug'ruq yo'llari orqali tug'ruqni olib borish tavsiya etilmaydi. Ushbu holatda onadan bolaga OIV-infeksiyasi yuqishini oldini olish maqsadida rejali kesar kesish jarrohlik amaliyoti o'tkaziladi.
Homiladorlikning 34-haftasidan keyin genital gerpesning birlamchi infeksiyalanish holati kuzatilgan yoki tug'ruq arafasida genital gerpesning klinik ko'rinishi namoyon bo'lgan homilador ayollarda taabiiy tug'ruq yo'llari orqali tug'ruqni olib borish tavsiya etilmaydi. Ushbu holatda onadan bolaga OGV-infeksiyasi yuqishini oldini olish maqsadida rejali kesar kesish jarrohlik amaliyoti o'tkaziladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq va onaning infeksiyalanish xavfini kamaytirish maqsadida tug'ruqda antibakterial preparatlar yoki vaginal antiseptiklarni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Muntazam ravishda amniotomiyani erta o'tkazish tavsiya etilmaydi.
Tug'ruq kanali bo'yicha homila boshining surila borishini baholash maqsadida qin orqali tekshiruvni har soatda o'tkazish tavsiya etiladi.
Homilaning yurak urishini har 5 daqiqada va har kuchanishdan keyin eshitish tavsiya etiladi.
Instrumental vaginal tug'ruq va epizotomiyaning xavfini kamaytirish maqsadida, epidural og'riqsizlantirish o'tkazilgandan qat'iy nazar, akusherlik asoratlar rivojlanish xavfi past bo'lgan tug'uvchi ayollarga harakatlar va erkin (qulay) holatda bo'lishni rag'batlantirish tavsiya etiladi.
Tug'ruqda asoratlarning oldini olish maqsadida tug'uvchi ayollar o'zlari kuchanishiga rioya qilishlarini rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash tavsiya etiladi.
Tug'uvchi ayolning xohishlari va mavjud imkoniyatlarni inobatga olgan holda, oraliq shikastlanishini kamaytirish va tug'ruqni yengillashtirishga qaratilgan usullarni qo'llash tavsiya etiladi, masalan, oraliqni uqalash va oraliqqa iliq kompressni qo'yish.
Oraliq shikastlanishining xavfini kamaytirish maqsadida muntazam ravishda epiziotomiyani o'tkazish tavsiya etilmaydi.
Homilaning boshi tug'ilgandan keyin kindik tizimchasi uning bo'ynida joylashgan bo'lsa, homilaning gipoksiya holati va yangi tug'ilgan chaqaloqning asfiksiyasini oldini olish maqsadida kindik tizimchasini homila boshining ustidan o'tkazishga urinish tavsiya etiladi.
Barcha ayollarda tug'ruqni olib borishda yangi tug'ilgan chaqaloqqa birlamchi reanimatsion chora-tadbirlani ko'rsatishga tayyorgarlikni ta'minlash tavsiya etiladi.
Barcha ayollarda tug'ruqni olib borishda gipotermiyaning oldini olish maqsadida yangi tug'ilgan chaqaloqning optimal tana haroratini saqlab turish uchun kompleks chora-tadbirlar bilan ta'minlash tavsiya etiladi.
Barcha ayollarda tug'ruqni olib borishda Apgar shkalasi bo'yicha yangi tug'ilgan chaqaloqning holatini baholash bilan ko'rikni o'tkazish tavsiya etiladi.
Tugruqdan keyingi (postnatal) natijalarni yaxshilash va ko'krak suti bilan oziqlantirishni rag'batlantirish maqsadida tug'ruqdan keyin reanimatsion chora-tadbirlar ko'rsatilishini talab qilmaydigan barcha yangi tug'ilgan chaqaloqlarni "teri-teriga" kontaktini ta'minlab, onaning qorniga yotqizish tavsiya etiladi.
Postnatal natijalarni yaxshilash maqsadida ayolning OIV-holatidan qat'iy nazar, kindik tizimchasini kechiktirib (odatda bola tug'ilgandan keyin 1-3 daqiqa o'tgach) kesish tavsiya etiladi.
Toza qog'onoq suvlari bilan tug'ilgan va mustaqil nafas olishni boshlagan bolalarda muntazam ravishda yuqori nafas yo'llarining sanatsiyasini o'tkazish tavsiya etilmaydi.
Ona va bola oziqlantirishga tayyor bo'lsa, mustaqil ko'krak sutini qabul qila oladigan barcha yangi tug'ilgan chaqaloqlarni, ularning holatini barqaror bo'lsa, ko'krakka erta tutish tavsiya etiladi.
Bola tug'ilgandan keyin dastlabki birinchi 24 soat ichida bolani muntazam ravishda yuvish tavsiya etilmaydi.
Yuqumli ko'z kasalliklarini oldini olish maqsadida tug'ruqdan keyingi dastlabki birinchi soat ichida barcha yangi tug'ilgan chaqaloqlarda mikroblarga qarshi oftalmologik ishlov berishni o'tkazish tavsiya etiladi.
Tug'ruqning uchinchi davrids tug'ruqdan keyinga qon ketishini oldini olish maqsadida uterotoniklarni barcha holatlarda qo'llash tavsiya etiladi.
Tug'ruqdan keyingi qon ketishi xavfini kamaytirish maqsadida tug'ruqning uchinchi davrini faol olib borish (uterotoniklarni yuborish), homila tug'ilgandan keyin kindik tizimchasini 1-3 daqiqa o'tgach kesish, kindik tizimchasining nazoratli traksiyasini o'tkazish yoki yo'ldoshning mustaqil tug'ilishi yoki 30 daqiqa ichida tashqi usullar bilan yo'ldoshni ajratib olish tavsiya etiladi.
Bachadon atoniyasi rivojlanishi bo'yicha xavf guruhiga kiruvchi ayollarga tug'ruqning uchinchi davrida tug'ruqdan keyingi qon ketishini oldini olish maqsadida qo'shimcha tarzda oksitotsin yoki karbetotsinni parenteral yuborish tavsiya etiladi.
Tug'ruqning uchinchi davrida tug'ruqdan keyingi qon ketishining medikametoz profilaktikasini o'tkazgan tuqqan ayollarga, tug'ruqdan keyingi qon ketishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda bachadonning tashqi massajini o'tkazish tavsiya etilmaydi.
Bachadon atoniyasini erta tashxislash maqsadida tug'ruqdan keyin bachadon tonusini baholash tavsiya etiladi.
Tugruqdan keyingi qon ketishini o'z vaqtida aniqlash uchun tug'ruq zallari va tug'ruqdan keyingi bo'limining doyalari ayolning tug'ruqdan keyingi holatini muntazam nazorat qilishlari kerak, bu birinchi navbatda bachadon tonusini nazorat qilishdan iborat:
-tug'ruqdan keyingi dastlabki 2 soat mobaynida har 15 daqiqada
-keyingi 2 soat mobaynida har 30 daqiqada
-keyingi 4 soat mobaynida har 1 soatda
-16 soat mobaynida har 4 soatda.