Assalomu aleykum. Ro'yxatdan o'tishingizni so'raymiz. Sizning barcha ma'lumotlaringiz sir saqlanadi. Ro'yxatdan o'tib shifokor nazoratida bo'lasiz.
Postnatal davr - homiladan tashqari davr:
kichik neonatal davr (kichik chilla davri) - 7 kun
katta neonatal davr (katta chilla davri) - 28 kun
ko'krak yoshi davri va kichik yasli yoshi 3-4 haftadan 1 yoshgacha davom etadi.
maktabgacha oldin bo'lgan (katta yasli) davr - yoshdan 3 yoshgacha
maktab oldi davri - 3-7 yosh
katta maktab yoshi (pubertat davr) 12 yoshdan 17-18 yoshgacha
!Profilaktik emlash milliy emlash kalendariga asosan qilinadigan emlashlar bepul amalga oshiriladi.
1-sutkada VGV-1 (gepatit B ga qarshi vaksina)
2-5 kun BSJ-1 (Silga qarshi vaksina)
2 oylik
OPV-1 (Polimiyelitga qarshi vaksina)
Rota-1 (Rotavirus vaksinasi - virusli diareyaga qarshi vaksina)
Penta-1 (AKDS-1, VGV-2, XIB-1) (Difteriya-ko'kyo'tal-qoqshol-gepatit b - xib infeksiyaga qarshi vaksina)
Pnevmo-1 (Pnevmokokk infeksiyasiga qarshi vaksina)
3 oylik
OPV-2
Rota-2
Penta-2 (AKDS-2, VGV-3 XIB-2)
Pnovmo-2
4 oylik
OPV-3
Rota-3
Penta-3 (AKDS-3, VGV-4, XIB-3)
IPV (inaktivlangan polimiyelit vaksinasi)
12 oylik
KPK-1 (Qizamiq-parotit - qizilchaga qarshi vaksina)
Pnovmo-3
16 oylik
OPV-4
AKDS-4
6 yosh
KPK-2
7 yosh (birinchi sinf)
OPV-5
ADS-M- (Difteriya-qoqsholga qarshi vaksina)
9 yosh
VPCH (bachadon bo'yni saratoniga qarshi vaksina) (qizlarga qilinadi)
16 yosh
ADS-M-6
Tug'ruqda bola to'lg'oq vaqtida ortib borayotgan gipoksiyani, ona qornidan uning tug'ruq yo'llari orqali chiqishda katta jismoniy yuklamalarni ("og'riq hujumi") boshidan kechiradi (masalan, boshi bilan kelganda to'lg'oq vaqtida umurtqa pog'onasi ko'ndalangiga bosim hisob bo'yicha 1 sm ga 120 kg va undan yuqoriga chiqadi) va to'lg'oq vaqtida uning holatini sho'ng'uvchining suvga sakragandagi holati bilan taqqoslaydilar. tug'ulgandan keyin bolaning hayot sharoitlari tubdan o'zgaradi, u birdaniga harorati ancha past atrof muhitga (bachadon ichidagi muhit bilan solishtirganda) tushib qoladi.
Gravitatsiya ko'p spnli taktil, eshituv, ko'ruv, vestibulyar va boshqa ta'sirlovchilar paydo bo'ladi, boshqa nafas turi va ozuqa moddalarni olish usuli zarur bo'ladi, bu organizmning deyarli barcha faoliyat tizimlari tabiiy ishini qayta qurishni talab qiladi.
Yuqorida aytilganidek, bolaning tug'ruq stressiga, yangi yashash sharoitlariga moslashishini (adaptatsiya) aks ettiradigan reaksiyalar yangi tug'ilgan chaqaloqlarning chegaraviy (o'tish, tranzitor, neonatal fiziologik) holatlari deb ataladi. Bu holatlar, yangi tug'ilgan chaqaloqlarning anatomik-fiziologik xususiyatlaridan farqli ravishda, tug'ruq vaqtida yoki tug'ilgan so'ng paydo bo'ladi (rivojlanadi). So'ngra o'tib ketadi (yo'qoladi). Chegaraviy holatlar, deb aytilishining boisi ularning hayotining ikkita davri (ona qornidagi va ona qornidan tashqaridagi) chegarasida paydo bo'lishidan qat'iy nazar, odatda ular yangi tug'ilgan bolalar uchun tabiiy bo'lagini muayyan sharoitlarda (ayniqsa, tug'ilishda gestatsion yoshga bog'liq holda va homiladagi hayot davri va tug'ruq aktining kechish xususiyatlariga, tug'ilgandan keyin tashqi muhit sharoitlari, parvarish, emizish, bolada kasalliklar borligi) patologik belgilarni yuzaga chiqarishi mumkin.
Tug'ruq katarsisi (grekchadan "tozalanish" degan ma'noni anglatadi). Yangi tug'ilgan chaqaloq hayotining birinchi soniyalarida harakatsiz. Nur, tovush va og'riq kabi ta'sirotlarga nisbatan javob reaksiyasi yo'q. Mushak tonusi va reflekslari sust. Keyingi 5-10 soniya davomida bola dastlabki chuqur nafasini oladi, bolada fleksor holati va spontan mushak harakatlari paydo bo'ladi.
"Hoziroq tug'ilgan bola" sindromi. Bu sindrom asosida tug'ruq vaqtida bolaning buyrak usti bezlari va paraganliyalarida ko'p miqdorda katexolaminlarning ajralishi yotadi, bu esa o'z navbatida tug'ruq vaqtida ichki va tashqi qo'zg'atuvchilarning ta'siri natijasida yuzaga keladi. Bu holatlar bolani chuqur nafas olishiga, qichqirishiga, reflekslarning qo'zg'alishiga, fleksor pozasining paydo bo'lishiga va mushak tonuslarining oshishiga olib keladi. Hayotining keyingi 5-10 daqiqasi davomida bolada o'ta faollik kuzatiladi.
Tranzitor giperventilyatsiya. Bola tug'ilgandan so'ng qichqirib yig'lashi uning dastlabki nafasidir. Nafas olish tezligibir daqiqada 30-60 marta. Nafas olish hajmi esa 6-8 ml/kgni tashkil etadi. Sog'lom chaqaloqlarda dastlabki 3 soat davomida gasp (bolada nafas olish chuqur, nafas chiqarish esa biroz qiyinlashgan) shaklida nafas olish kuzatiladi, bu o'pkaning ochilishiga va alveola ichidagi fetal suyuqlikning evakuatsiyasiga yordam beradi. Moslashishi davrining dastlabki 2-3-kunlarida o'pkaning bir daqiqadagi havo almashinuvi katta yoshdagi bolalarga nisbatan qariyb 3 barobar ko'pdir. Mana shu holat kompensator xususiyatga ega bo'lib, atsidozning oldini oladi va fiziologik giperventilyatsiya, deb ataladi.
Qon aylanishidagi tranzitor o'zgarishlar.
Tana vazninig o'tkinchi (tranzitor) kamayishi.
Chaqaloqlar fiziologik sariqligi.
Jinsiy krizlar.
Teridagi o'tkinchi holatlar.
Tranzitor disbakterioz va ichak tranzitor katari.
Issiqlik almashinuvining tranzitor buzilishi.
Buyrak faoliyatining tranzitor o'zgarishlari.
Tranzitor polisitemiya.
Qon ivishi va qon hosil bo'lishida kuzatiladigan o'tkinchi holatlar.