Assalomu aleykum. Ro'yxatdan o'tishingizni so'raymiz. Sizning barcha ma'lumotlaringiz sir saqlanadi. Ro'yxatdan o'tib shifokor nazoratida bo'lasiz.
Antenatal parvarish birlamchi tibbiy-sanitar yordam muassasalari - QVP/oilaviy poliklinika/markaziy tuman ko'p tarmoqli poliklinikalarida o'tkaziladi.
Birlamchi tibbiy-sanitar yordam muassasalari faoliyatini bo'ysinuvchi sog'liqni saqlash tashkilotlari tomonlaridan belgilangan hududlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Homilador haqiqiy yashash joyi yoki ro'yxatga olingan joyi bo'yicha passport yoki mahalla qo'mitasi ma'lumotnomasi asosida dispanser kuzatuviga olinadi.
Birlamchi tibbiy-sanitar yordam muassasalari jihozlanishi va tibbiy xodimlar shtatlari O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligining 2009-yil 27-martdagi "Qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tashkillashtirish to'g'isida"gi 80-sonli buyrug'iga asosan belgilanadi.
Homilador ayol haqiqiy yashash manzili yoki passportida ro'yxatga olingan manzili va shuningdek, mahalla qo'mitasi ma'lumotnomasi bo'yicha dispanser kuzatuviga olinadi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalarida antenatl parvarishni UASH, doya, tibbiy potranaj hamshirasi amalga oshiradi.
Antenatal bo'yicha umumiy amaliyot vrachi/oilaviy vrach asosiy ma'sul mutaxassis hisoblanadi.
Xavotirlanishga sabab bo'lmaydigan o'zgarishlar:
Ko'krak bezlaridagi o'zgarish (dag'allashish, sezgirligining ortishi, so'rg'ichlarining kattalashishi va qorayishi, terining yorilishlari) - ko'krak bezining bola tug'ilishiga tayyorlanishi.
Qabziyat - imkoni boricha hayvon mahsulotlarini emas, balki turli xil o'simlik mahsulotlarini iste'mol qiling. turli xil yangi va mahalliy meva va sabzavotlarni, hamda oq non o'rniga yirik yanchilgan bug'doy unidan tayyorlangan nonni iste'mol qiling.
Holsizlik, tez charchash - tez-tez dam oling va toza havoda sayr qiling.
Tez-tez siyish - bu holat buyraklarning funksional funksional faolligi ortishi hisobiga kuzatiladi. Lekin achishish va og'riq paydo bo'lsa, vrachga murojaat qiling.
Terining ba'zi qismlarida (yuz, ko'krak, qorin va b.) dog'larning ko'payishi - homiladorlik davridagi oddiy holat bo'lib, odatda tug'ruqdan so'ng o'tib ketadi.
Shubhali, shifokor bilan maslahatlashish lozim:
Ovqat hazm qilish muammolari (ko'ngil aynishi, qusish, ta'm sezish buzilishi, antiqa mahsulotlarga extiyoj ortishi) - ko'p hollarda ko'p suyuqlik ichish va taomni kam-kamdan tez-tez iste'mol qilmaslikka harakat qiling. Imkoni boricha mahalliy o'simlik yog'larini iste'mol qiling. Agar qusish kuchaysa, vrachga murojaat qiling.
Kayfiyat o'zgarishi (depressiya holatlari, ta'sirchanlik) - odatdagi ishlar bilan shug'ullanish foydali, fikrni chalg'itish uchun har kuni uyda yoki boshqa joyda bo'lsa ham ish bilan mashg'ul bo'ling. Agar kayfiyat o'zgarishi kuchaysa, shifokor bilan maslahatlashing (qabulga eringiz bilan borishingiz maqsadga muvofiq).
Qorinda og'riq - qorin sohasidagi to'xtovsiz kuchli og'riq biror bir asoratdan darak berishi mumkin, shu sababli shifokorga murojaat qilish lozim.
Zudlik bilan shifokorga murojaat etish lozim:
Tez-tez siyish - achishish va og'riq paydo bo'lsa, vrachga murojaat qiling.
Qon ketishi - agar qon ketishi to'xtamasa va og'riq bilan kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etish lozim.
Xavotirlanishga sabab bo'lmaydigan o'zgarishlar:
Onaning ruhiy holati o'zgarishiga homilaning reaksiyasi - kayfiyatingizni buzilishdan oldin homilangiz haqida o'ylang.
Belda og'riq - bo'g'imlar gimnastikasi va jismoniy mashqlarni bajarish foyda beradi. Masalan: uy ishlarini bajarishda (kir yuvish, ovqat tayyorlash, hovli supurish va b.) egilmaslikka harakat qiling.
Uyqu va dam olish vaqtidagi noqulayliklar - chap yonboshda yotish eng qulay holat hisoblanadi. yostiq va yostiqchalar qo'yib, qulay holatni egallashga harakat qiling.
Teri yorilishlar - homiladorlik davridagi gormonal o'zgarishlar natijasi bo'lib hisoblanadi. Tug'ruqdan so'ng tanada chiziqlar qoladi, lekin keyinchalik rangi o'zgarib, sezilarsiz bo'ladi.
Shubhali, shifokor bilan maslahatlashish lozim:
Bachadon o'sishi - bachadon tubi balandligini muntazam o'lchab borish homilaning o'sishi haqida ma'lumot beradi. O'zingiz shifokor bilan maslahatlashib, bachadon tubi balandligini o'lchasingiz va ma'lumotlarni jadvalga kiritib borishingiz mumkin. Asoratsiz kechayotgan bitta homilali homiladorlikda homiladorlikning 24-haftasidan boshlab bachadon tubi balandligi sabtimetrdagi o'lchami taxminan gestatsiya muddatiga mos keladi. Agar bachadon o'lchamlari o'zgarmasa, bu homila o'sishda to'xtaganligini bildirishi mumkin, bu holatda shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Oyoq va qo'llar shishi - Imkoniyat tug'ilganda oyoqlarni ko'tarib qo'yish lozim. Agar shishlar to'satdan paydo bo'lsa yoki kuchli shishlar bo'lsa, shifokorga murojaat eting.
Venalarning varikoz kengayishi - uzoq vaqt oyoqda turmaslikka harakat qiling. O'tirganda oyoqlarni chalishtirmaslikka harakat qiling. Shuningdek, past oyoq kiyim kiyish va siqib turuvchi elastik kolgotkalar kiyish ham yordam beradi. Agar venalarda og'riq yoki qichishish bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Gemorroy (bavosil) (orqa chiqaruv sohasida qichishish, achishish, ichaklarni bo'shatishda og'riq, defekatsiya aktidan so'ng ichaklardan qon ketishi) - Gemorroyni davolashning eng yaxshi usuli - qabziyatning oldini olish. Imkoni boricha hayvon mahsulotlari emas, balki turli xil o'simlik mahsulotlarini iste'mol qiling. Turli xil yangi mahalliy meva va sabzavotlarni iste'mol qiling. Agar og'riq kuchaysa shifokorga murojaat qiling.
Siyish (tez-tez siyish/ siydik tutilishi/ siydik tuta olmaslik) - Tizza - tirsak (sajdaga bosh qo'yish holati) holatida turish yordam beradi. Agar siyish og'riq bilan kuzatilsa, vrachga murojaat qiling.
Homila qimirlashini his etish (homila qimirlagan muddatni belgilab qo'yish lozim. Homila qimirlashini kuzatib borish lozim. Homila harakati to'satdan o'zgarsa yoki 24 soat va undan ortiq vaqt davomida qimirlamasa, shifokorga murojaat qiling.
Qin ajralmalari - tashqi jinsiy a'zolarni doimo toza va quruq saqlang, tor ich kiyim kiymang, har bir hojatdan so'ng qin dahlizini tozalab yuving. Bu sohaga kir sovun, atir sovun, vanna uchun ko'piklar va parfyumeriya kabi ta'sirlovchi vositalarni ishlatmang. Chayish uchun moychechak, qora qiz, ko'k choy damlamasi yoki oddiy iliq suvni ishlating. Agar ajralmalar kuchli hidli, qichishish bilan, sarg'ish-yashil rangda yoki qon quyqalari bilan kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling.
Qichishish va toshmalar - tez-tez cho'milib, teringizni toza tuting. Agar 2-3 kundan ortiq toshmalar toshishi kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling.
1. Xavotirlanishga sabab bo'lmaydigan sabablar:
Hushdan ketish- ko'p hollarda chalqancha yotganizda ro'y beradi, bachadon og'irligi bilan katta arteriyani bosib qo'yish qon bosimining pasayishiga olib keladi. Zudlik bilan yonboshga o'tish kerak.
Qorin pastida og'irlik his qilish - ovqatlangandn so'ng 1-2 soat chap yonboshizga yoting.
Ko'krakdan sut kelishi - bolani emizishga tayyorgarlik boshlanyapti.
2. Shubhali, shifokor bilan maslahatlashish lozim:
Zarda bo'lish - uyqudan oldin yog'li, kaloriyali va achchiq taomlar yemang. Kam-kamdan tez-tez ovqatlanish ham yordam beradi. Uxlaganda balandroq yostiqda yotish kerak.
Xansirash - toza havoda sayr qilish, bosh va yelka tagiga yostiq qo'yib ko'tarib yotish foyda beradi. Agar bo'g'ilsangiz shifokorga murojaat qiling.
Oyoqlarda tirishish - zudlik bilan turib, oyoqning tortishgan joyini uqalab, qon kelishini kuchaytirish lozim. Agar tirishishlar tez-tez qaytalansa, vrachga murojaat qiling.
Milklar qonashi - agar qon ketishi kuchli va davomli bo'lsa, vrachga murojaat eting.
Burun qonashi - agar burundan kuchli qon ketsa, bosh va ko'rsatkich barmoq bilan burunni 30 sekund bosib turish lozim. Boshni orqaga tashlash yoki burun ichiga muz qo'yish kerak emas, chunki bunda qon ketishi to'xtamasdan ichingizga yutushingiz mumkin. Agar qon ketishi muntazam bo'lsa shifokorga murojaat qiling.
Uyqusizlik - kunduzi uxlashga harakat qiling. Agar kechasi umuman uxlay olmasangiz vrachga murojaat qiling.
Kayfiyat o'zgarishlari - odatdagi ishlar bilan shug'ullanish foydali, fikrni chalg'itish uchun har kuni uyda yoki boshqa joyda bo'lsa ham ish bilan mashg'ul bo'ling. Agar kayfiyat o'zgarishi kuchaysa, vrach bilan maslahatlashing (qabulga eringiz bilan kelishingiz maqsadga muvofiq).
Nomuntazam (soxta) dardlar - agar kuchli bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
3. Zudlik bilan shifokorga murojaat etish lozim:
Bosh og'rig'i - tez-tez bosh og'rishi qon bosimining ko'tarilishi yoki yurak kasalliklaridan darak beradi. Zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.
Qindan suyuqlik kelishi, ba'zi holatlarda qon ajralishi - zudlik bilan vrachga murojaat qiling.
Qon ketishi - hattoki, kam miqdorda qindan qon ketsa ham shifokorga murojaat qiling.
Qindan shilliq tiqin ketishi - bu tug'ruq boshlanishidan darak beradi, shifokorga murojaat qiling.
Qindan qon ketishi
Homila qimirlashi o'zgarishi
To'satdan, kuchli bosh og'rig'i
Mushaklar uchishi
Teri qoplamlari sarg'ayishi
Asosan yuz va be sohasida to'satdan va kuchli shishlar bo'lishi
Ko'rish qobiliyatini buzilishi
Qorinning yuqori va o'ng sohasida og'riq bo'lishi
Homiladorlikning ikkinchi yarmida ko'ngil aynishi va qusish
Siydik miqdorining kamayishi (400 ml.dan kam)
Isitma yoki et uvishishi (tana harorati ortishi)
Qorin pastida kuchli og'riqlar
Bachadonda chandiq bo'lganda har qanday dardsimon og'riqlar bo'lishi
Doimiy bachadon qisqarishi
Kuzatuvlar soni: homilador ayolda fiziologik kechayotgan homiladorlikda maslahat olib borish va tekshirish uchun tug'ruqqacha kamida 7 marta rejali (12haftagacha, 16, 24, 30, 34, 36, 38-40 haftalarda) va tug'ruqdan so'ng 1 marta tashrif buyuradi.
Boshqa mutaxassislar ko'rigi: akusher-ginekolog 12 haftagacha, 24 va 38-40 haftalarda; stomatolog, okulist, otorinoloringolog - birlamchi tashrifda 12 haftagacha ko'rikdan o'tkazadi; ekstragenital kasalliklari bo'lganda - boshqa tor mutaxassislar maslahati o'tkaziladi.
Homiladorlarni birinchi ko'rigida quyidagilar bajarilishi shart:
to'liq klinik ko'rik o'tkazish - kam qonlikning klinik belgilarini aniqlash: teri qoplamlari, tirnoq falangalari, ko'z shilliq qavati, og'iz bo'shlig'i va til uchi oqimtirligi, nafas olish o'zgarishi, qalqonsimon bez va tishlar ko'rigi, yurak auskultatsiyasi - yurak cho'qqisida funksional sistolik shovqin eshitilishi mumkin. Qorinni ko'rikdan o'tkazishda teri chandiqlariga e'tiborni qaratish lozim. Tizza va axillov reflekslarini tekshirish lozim.
AQBni, pulsni, nafas sonini, tana haroratini o'lchash.
tana/vazn indeksini aniqlash (TVI) = tana vazni (kg)/(bo'yi, metr kvadrat); semizlik yoki ortiqcha tana vaznini, tana vazni yetishmovchiligini aniqlash uchun o'tkaziladi. Muvofiq chegarasi 18 dan 35 gacha. Agar TVI 35 va undan katta, 18 va undan kichik bo'lsa, parxez bo'yicha maxsus tavsiyalar beriladi yoki keyingi tekshirishlarga yo'llanma beriladi.
homiladorlik va taxminiy tug'ruq muddati - oxirgi xayz bo'yicha, ginekologik tekshirishlar asosida aniqlanadi.
23 haftadan katta muddatda murojaat qilganda - homilaning yurak urishi, qimirlashi/harakatlanishi aniqlanib, tashqi akusherlik ko'rigi o'tkaziladi.
tashqi jinsiy a'zolar ko'rigi o'tkaziladi, bimanual ko'rik, ko'zgular yordamida ko'rik (ayol yoki uning hamrohi ko'rikdan qat'iy bosh tortganda tekshirishlar ikkinchi ko'rikda o'tkazilishi mumkin). Bachadon bo'ynini ko'rikdan o'tkazganda uning rangi, tashqi bo'g'zining holati, ajralmalar miqdori va tarkibiga e'tibor qaratiladi. Qin orqali ko'rikdan qin devorlari, bachadon bo'yni uzunligi va konsistensiyasi, servikal kanalning ochilish darajasiga, bachadonning o'lchami va konsistensiyasi aniqlanadi;
ko'krak bezlarini tekshirish lozim - ko'rik, palpatsiya.
Quyidagi tashxislar tayinlanadi:
zaxmga - RW
gepatit B va C
OIV/OITSga qonni tekshirish
umumiy qon tahlili
qon guruhi
rezus omil
qonda qand miqdorini aniqlash
umumiy siydik tahlili
uch nuqatadan surtma olish
axlatda gijjalarni tekshirish
UTT
Keyingi tashriflarda - 16 hafta, 24 hafta, 30 hafta, 38-40 haftalarda va bir marta tug'ruqdan keyingi tashrifda kuzatuv va tekshirish dasturi:
homiladorlikning tashqi ko'rinishi va holatini baholash
teri qoplami va shilliq qavatlar rangini baholash
shishlar mavjudligini aniqlash
ikkala qo'lda AQBni o'lchash
bo'yi, vaznini o'lchash va TVIni aniqlash
30 haftada gemoglobin va qonda qand miqdorini aniqlash, kam qonlikning klinik belgilarini kuzatilganda esa - har bir tashrifda qondagi gemoglobin miqdori tekshiriladi
umumiy siydik tahlilini tayinlash
ikkinchi tashrifda - homila rivojlanish nuqsonlarini (ya'ni xavfini) aniqlash maqsadida 16-20 haftada UTT, hamda qonda alfa-fetoprotein miqdorini aniqlsh lozim (Skrining tekshirish)
teashqi akusherlik tekshiruvini o'tkazish - 24 haftadan
sut bezlarini tekshirish
bachadon tubi balandligini aniqlash, bachadon tonusi, tashqi akusherlik tekshiruvi (Leopold Levitskiy usuli). Tekshirishdan oldin siydik qoplari bo'shligiga ishonch hosil qiling. Santimetr tasmasining bir uchini qovning o'rta qismiga ikkinchi tomonini bachadon tubiga qo'yib o'lchanadi. Agar bachadon tubi balandligi homiladorlik muddatiga mos kelmasa (gravidogramma bo'yicha chegaralangan ko'rsatkichdan tashqari bo'lsa), bachadon tubi balandligi qayta o'lchanadi (2 haftadan so'ng)
homiladorlikning 2 yarmidan - homilador ayolga homila qimirlashini kuzatishni o'rgatish lozim
Tug'ruqdan keyingi tashrif - ayol tug'ruqxonadan chiqarilgandan so'ng 3 kun ichida UASH tomonidan amalga oshiriladi. Siptom/belgilar: laktatsiya, qin ajralmalari. Diagnostik tekshirishlar nomi va soni:
shikoyatlarini so'rab surishtirish
klinik ko'rik
AQB, puls, tana haroratini o'lchash
sut bezlarini tekshirish
bachadon tubi balandligini aniqlash
qin ajralmalari holatini baholash
siydik yo'llari infeksiyasi belgilarida - proteinuriya va bakteriuriyaga siydik tahlili o'tkazish
kamqonlikning klinik belgilari aniqlanganda - umumiy qon tahlili.