"Apostil" (apostille) - bu xalqaro hujjatlarni tan olish jarayonini soddalashtirish uchun ishlatiladigan maxsus muhur yoki sertifikatdir. Apostil 1961-yilgi Gaagya konvensiyasiga (Hujjatlarning notarial tasdiq shaklini talab qilmaslik toʻgʻrisidagi konvensiya) asosan beriladi, xalqaro miqyosda hujjatning haqiqiyligini tasdiqlaydi va u hujjatni boshqa aʼzo davlatlarda ishlatish imkonini beradi.
Elektron Apostil (QR-kodli) – bu hujjarning elektron versiyasi boʻlib, unga tegishli maʼlumotlar QR-kod orqali tekshirilishi mumkin. Bu anʼanaviy (qogʻoz) apostilga alternativa hisoblanadi va hujjarning haqiqiyligini tez va qulay tekshirish imkonini beradi.