"BUYUKLAR HAQIDA 100 DALIL"
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Yuqori Chirchiq axborot kutubxona-markazi tomonidan yoshlar ma’naviyati va intellektual salohiyatini yuqsaltirishga qaratilgan targ’ibot tadbirlari o’kazilmoqda.Jumladan,”Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Yuqori Chirchiq tumani Guliston mahallasi hududida joylashgan Millatlar do’stligi madaniyat saroyida yo’shlar uchun mazmunli va ma’naviy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida, avvalo, ”Yosh kitobxon” loyihasi asosida “Buyuklar haqida 100 ta dalil” nomli kitob taqdimoti o’tkazildi. Unda yo’shlarga kitobning o’rni , kitob o’qishning ahamiyati, kitob ma’naviy boylik manbayi haqida tushuntirish berildi. Taqdimot davomida qiziqarli savol- javob o’yini tashkil etildi, to’g’ri javob bergan yoshlar kitoblar bilan taqdirlandi.
Bunday tadbirlar yoshlarni ma’naviy barkamollik sari etaklash, intellektual salihiyatini oshirish va kitob mutoalaasiga qiziqini kushaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
"DOLZARB 90 KUN"
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
"Dolzarb 90 kun”: o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib boriladi.
Ta’lim, ijod, sport va sog‘lom turmush sari yo‘l
Toshkent shahridagi 326 ta umumta’lim maktabida o‘tkazilgan so‘rovnomada 494 208 o‘quvchidan 169 551 nafari yoz mavsumidagi turli tadbir va oromgohlarga jalb etilishi rejalashtirilgan.
Jumladan:
• 21 ta statsionar oromgohda 31 000 dan ortiq o‘quvchi dam oladi;
• 100 ta maktabda “kunduzgi oromgoh”lar tashkil etilib, ularda 50 mingdan ziyod o‘quvchi 12 kunlik mavsumlarda qatnashadi;
• IT, robototexnika, oshpazlik, chet tili, kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha 15 000 dan ortiq o‘quvchi maxsus kurslarga jalb qilinadi;
• 207 ta sport maydonchasida sport sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari va musobaqalari tashkil etilib, 41 400 o‘quvchi qamrab olinadi.
Ushbu dolzarb 90 kunlik tadbirlar davomida Yuqori chirchiq tuman AKM tomonidan ham turli xil yozgi sog'lomlashtirish maydonchalari, kitobxonlik to'garaklari, suhbat kechalari va ijodiy uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Hozirgi kunga qadar tuman bo'ylab bir necha 10 ga yaqin maktablarda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kitobxonlar bilan 20 dan ortiq mana shunday uchrashuvlar tashkil etildi. Jami tashkil etilgan uchrashuvlarda 500 dan ziyod kitobxonlar ishtirok etib, tashrif buyurayotgan mehmonlar bilan qiziqarli muzokaralar, adabiy jarayonlar va qiziqarli savol-javoblar tashkil etilmoqda. Maqsad esa kitobxonlarning vaqtlarini yanada samarali va mazmunli etishga qaratilgan loyihalarni amaliyot bilan yanada mustahkamlash demakdir.
YANGI KITOB TAQDIMOTI
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Yuqori Chirchiq Ma’naviyat maskanida O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, “Do’stlik” оrdeni sohibi Latif Mansurning “Аfg’onda 545 kun” kitobi taqdimoti bo’lin o’tdi.
Ushbu tadbirda bir qator taniqli insonlar tashrif buyurdilar. Jumladan: Solih Yoqubov- O’zbekiston Yozuvchilar va jurnalistlar uyushmasi a’zosi,
O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi,1-darajali “Мehnat faxriysi” niahondori,taniqli publitsist va adib, “Тuron” fanlar akademiyasining akademigi. Qobilbek Karimbekov-O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan jurnalist,akademik,siyosiy sharhlovchi, Хalqaro “Аntik dunyo” ilmiy akademiyasining akademigi, doktor va professor.
Mirxon Mirahmedov-O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, “Тuron” fanlar akademiyasining “Eng ulug’ ustoz” va boshqa ko’plab ko’krak nishonlari sohibi. Abdulla Nazar-Yozuvchi oliy toifali ustoz, “Тuron” fanlar akademiyasining “Eng ulug’ ustoz” va “Аmir Temur” ko’krak nishonlari sohibi. Sobir Olimjon - Yuqori Chirchiq, bolalar shoiri va "Аfg’onda 545 kun" kitob qahramoni Shuxrat Norboyevlar shuningdek "Yuqori Chirchiq " gazetasi bosh muxarriri Xulkar Uralova, Yuqori Chirchiq AKM xodimlari,Maktab Ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari hamda tuman maktab kutubxona mudirlari qatnashdilar.
Таdbir davomida tashrif buyurganlar tomonidan kitob haqidagi fikr mulohazalarni va iluq tabriklarini yo’lladilar.Eng quvonarlisi shunchaki,ushbu kitob "Аmir Temur" ko’krab bilan taqdirlangani taqsinga loyiqdir.
Taqdimotda 69 nafar kitobxonlar qatnashdilar.
XOTIRA -AZIZ, QADR- MUQADDAS!
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
“Bugungi tinch va ozod, farovon hayotga erishish yo’lida fidoyi ota- bobolarimiz namoyon etgan mardlik va jasoratni el- yurtimiz hech qachon unitmaydi” Shavkat Mirziyoyev.
📚Joriy yilning 8-may kuni Yuqori Chirchiq tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Axborot kutubxona markaziga kelgan kitobxonlar uchun kitob taqdimoti marafonini o’tkazmoqda.
Bugun tashkil etilgan marafon 9-May-“Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan.
KITOB-TAFAKKUR QANOTI.
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Yuqori Chirchiq tumani axborot-kutubxona markazi “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning yopilish marosimi Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi 20-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazdi.
🟢“Kitob – tafakkur qanoti”deb nomlangan kitob ko’rgazmasi,”Kitobim -oftobim”deb nomlangan sahnalishtirilgan ertalik tashkil etildi. Tadbir doirasida she’rlar, qo‘shiqlar, raqslar va ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar va o’zbek va jahon xalq ertaklaridan sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Mehmonlar va tomoshabinlar yosh avlodning kitobga bo‘lgan muhabbati va ijodkorligidan mamnun bo‘lishdi.
🟢Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga ertak kitoblari sovg’a qilindi.
Ertalikda 83 nafar kichkintoy kitobxonlar qatnashdilar.
YURTIM ADO BO‘LMAS ARMONLARING BOR!
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
2025 24 aprel kuni Yuqori Chirchiq Axborot kutubxona markazi tomonidan “O‘zbekiston — kitobxonlar yurti”shiori ostida o’kazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Yuqori Chirchiq tuman IIBga qarashli 47- sonli Mintaqaviy manzilli koloniyada O’zbekiston Xalq shoiri Muxammad Yusuf tavalludiga bag’ishlangan “Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor” deb nomlangan she’riy- musiqiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va ma'rifat markazi Yuqori Chirchiq tuman bo'linmasi rahbari Sh. Shoyimova, O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi L. Mansurov va bir qator mutasaddilar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ijodkorning hayoti va ijodi qolaversa uning dilgayaqin bo'lgan sheʼriy asarlari yod olindi.Kechada yosh ijodkor Elbek Abduvahobov ijrosida qo'shiqlar tinglandi.
Tadbirda 112 nafar kitobxonlar qatnashdilar
ENG KITOBXON MAKTAB!
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
"Kitobxonlik haftaligi"doirasida joriy yilning 22-aprel kuni "Eng kitobxon maktab" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Shu munosabat bilan Yuqori Chirchiq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi umumta'lim maktablari orasida Ko'rik-tanlov bo'lib o'tdi. Tanlovda jami 12nafar o'quvchilar 4 guruhga bo'linib 3 shart bo’yicha bellashdi.
Ko’rik tanlov yakuni bo’yicha:
1-o'rinni 12-maktab
2-o'rinni 20-maktab
3-o'rinni 15-maktab
4-o'rinni 1-maktab
Jamoalar sovrinli o'rinlarni egalashdi. Barcha qatnashchilarga diplom va kitob to’plamlari sovg’a qilindi.
Tadbirda 74 nafar kitobxonlar qatnashdilar.
ABAY IJODI MANGULIKKA YETAKLAYDI!
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
2020- 2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturida belgilangan "O‘zbekiston-kitobxonlar yurti" shiori ostida yurtimizning barcha hududlarida tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda.
Bugun 21- aprel kuni "Kitobxonlik haftaligi" ning ochilishi munosabati bilan Yuqori Chirchiq axborot- kutubxona markazi,Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi tuman bo’linmasi,tuman 18-sonli umum ta’lim maktabida “Abay ijodi - mangulikga etaklaydi” shiori o’stida "Abay -dana, Abay-dara qazaqta" deb nomlangan Xalqaro onlayn kitobxonlar konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiya ZOOM platformasida Qozog’ston Respublikasi A.S. Pushkin nomidagi Chimkent shaxar kutubxonasi bilan hamkorlikda o’tkazildi.
Tadbirda Respublika Manaviyat va Ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Shoymova Shahlo, Yuqori Chirchiq tuman Nuroniylar jamg‘armasi raisi Normatov Toxir,Toshkent viloyati Qozoq milliy ma’daniyati markazi boshlig‘i Damir Qaldibayev, 18-maktab direktori Elibayeva Gulzira va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.
Tadbirda o‘quvchi yoshlar tomonidan Abayning hayoti va ijodiga bagishlab "Abayding qara so‘zderi", "Abayning yoshligi" mavzusida sahna ko‘rinishi, yoshlarni bilimga chaqoqligini oshiradigan sher, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Bunday tadbirlar o‘quvchilarda milliy g‘urur, tarixiy merosga hurmat va adabiyotga muhabbat tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi,yosh avlodni ma’naviy boyitish, ularni milliy qadriyatlari va tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.Tadbirda 100 dan ortiq kitobsevarlar qatnashdilar.
DO‘STLIK VA HAMJIHATLIK ULUG‘LANGAN YURT!
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Yuqori Chirchiq tumanining madaniy-ma’rifiy jamoasi tomonidan «Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt» shiori ostida Parkent tumanining «Qirg’izovul» mahallasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi.
Tadbirlar davomida kitob ko’rgazmalari, viktorinalar, manaschilar chiqishi, tez aytishlar,Chingiz Aytmatov asarlari bilimdoni o’yini va milliy urf odatlar namoyish etildi.
MOTURIDIYLIK-BAG'RIKENGLIK TA'LIMOTI
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Yuqori Chirchiq tuman politexnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-102 Qaroriga ko‘ra «Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘'tadillik va ma'rifat ta'limoti» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tarix fanlar doktori Sh.Qo‘ldoshev, Yuqori Chirchiq tuman Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi A.To'xtayev, RMMM tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Shoyimova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi L.Mansurov, Axborot kutubxona markazi xizmat rahbarlari S.Saydullayeva va Sh.Abdulazizovalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishib Buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma'naviy merosini o‘rganishdi.
Tadbirda 180 nafar o’quvchilar qatnashdilar.
KUTUBXONADA TA'MIRLASH JARAYONLARI...
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Аҳолига ахборот-кутубхона хизмати кўрсатишни янада такомиллаштириш, бинони реконструкция қилиш, уни замонавий ускуналар билан таъминлаш мақсадида туман ҳокими ташаббуси билан Юқори Чирчиқ туман Ахборот кутубхона марказида қайта таъмирлаш ишлари бошланди.
Бугун туман ҳокими Ускенбай Атемов Ахборот кутубхона марказида олиб борилаётган таъмирлаш ишлари билан танишди.
Реконструкциядан сўнг тумандошларимиз учун электрон китоблар тарқатишга ихтисослашган интернет-ресурслар, янги адабиётлар, компьютер жамланмалари, интерактив панель, принтер, сканерлар билан жихозланган ўқув зали (Катталар учун) хамда болалар учун мўлжалланган турли хил 3D, 4D шаклида чоп этилган адабиётлар, қўғирчоқ театри ва қизиқарли адабиётлар билан таъминланган болалар ўқув зали, китобхонларга хизмат кўрсатувчи абонемент фаолият юритиши режалаштирилган.
JADIDCHILIK NAMOYANDALARI HAQIDA...
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Jadidchilik yoki jadidizm XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy harakat hisoblanadi.
XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Jadidchilik ilk bor Qrimda 1980-yillarda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida paydo boʻlgan. Jadidchilik harakati vakillari ko‘pincha o‘zlarini ilg‘or, keyinchalik jadidchilar deb atagan. O‘sha davrning ilg‘or kuchlari ayniqsa, ziyolilar mahalliy aholining dunyodan ortda qolayotganini sezib, jamiyatni isloh qilish zarurligini anglab yetdi. Jadidchilik mohiyatan siyosiy harakat edi.
Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi. Bular Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said ahmad Siddiqiy Ajziy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Farg‘ona vodiysida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalar edi. Ular vatanparvar, ma’rifatparvar, Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining asoschilari va rahnamolari hisoblanadi.
Jadidchilikning asosiy g‘oyalari va maqsadlari Turkistonni o‘rta asrlar qoloqligi va diniy xurofotdan ozod qilish, shariatni isloh qilish, xalqni ma’rifatli qilish, Turkistonda muxtoriyat hokimiyatini o‘rnatish uchun kurashish, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani muomalaga kiritish, milliy armiya qurish edi. Keyinchalik Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Xivada erkin fikrli, ilg‘or fikrli kishilarning ma’lum guruhlar tomonidan ochilgan madaniy-ma’rifiy jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.
Muxtasar aytganda, jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga olib kelish istagida va yosh avlodni ma’rifatli qilish, ulardan Vatan uchun xizmat qiladigan yetuk olimlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarining zamonaviy bilimdon, mutaxasislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, ular yurtini obod, farovon etishlariga ishonganlar. Jadidlar faoliyatida madaniyatga, ma’rifatparvarlikka, yangilikka, taraqqiyotga intilish, yoshlarni, butun xalq ommasini shunga da’vat etish g‘oyalari ularning umrlari oxirigacha yetakchi fikr bo‘lib qoldi. Har qanday og‘ir sharoitda ular o‘z qarashlarini o‘zgartirmadilar. Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy faoliyatlarini tahlil qilib va ularning asr boshidagi g‘oyaviy qarashlarini kelib chiqqan holda shuni aytishimiz o‘rinliki, ular Turkiston xalqlarini savodsizlik, qullik, qashshoqlikdan chor hukumati mustamlakachiligidan qutqarishga bel bog‘laganlar va shu yo‘lda yoshlar asosiy kuch bo‘lganini tushunib, ularning saviyasini oshirish uchun ko‘p sa’y harakatlar qilganlar.
BIZDA BOLALAR SAHIFASI!
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Bugun sizlar bilan bolalar adabiyoti haqida gaplashamiz. Ba’zida biz kattalar bolalarimizda kitob o’qishga ishtiyoq paydo qilish uchun qanday kitoblar sovg’a qilish yoki qanday kitoblarni o’qib berish borasida katta tanlovga duch kelamiz.
Bolalar adabiyotini ikki toifaga bo’lishimiz mumkin: bolalar adabiyoti klassikasi va zamonaviy bolalar adabiyoti. Xo’sh, ushbu maqolada bugun biz aynan bolalar adabiyoti klassikasining eng ajoyib asarlari haqida gaplashamiz va siz bemalol ushbu kitoblarni farzandingizga sovg’a qilishingiz mumkin.
Konstitutsiya bosh qomusimiz
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Yuqori Chirchiq tumani Ma’rifat mahallasi hududida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o’ttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash,asosiy Qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi,inson qadri, erkinlik va tenglik,ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g’oyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish,”Konstitutsiya-erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan “Кonstitutsiya ko’chasi” tashkil etildi, targ’ibot va ko’rgazmali bannerlar bilan bezatildi. “Коnstitutsiyasi ko’chasi” Unda,Коnstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotoko’rgazmasi, Konstitutsiyani o’rgatish bo’ticha zamonaviy metodika asosida tayorlangan darsliklar o’quv qo’llanmalari va maxsus adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Коnstitutsiyaviy huquqlar bo’yicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklari tashkil etilib,tuman adliya bo’limi xodimlari tomonidan Konstitutsiyaning yaratilish tarixi va mazmun mohiyati ishtirokchilarga yetkazildi. Yoshlarni Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan o’tkazish bo’yicha viktorina tashkil etildi, g’oliblar kitob bilan taqdirlandi.
Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni — Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro kuni 1-dekabrda nishonlanadi. Birinchi marta 1988-yilda JSST tomonidan eʼlon qilingan, 1996-yildan beri UNAIDS (Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha qo‘shma dasturi) tomonidan o‘tkaziladi. Ushbu kun OIV infektsiyasining tarqalishi natijasida yuzaga kelgan OITS epidemiyasi haqida xabardorlikni oshirish, shuningdek, ushbu kasallik qurbonlarini xotirlash kuni sifatida tashkil etilgan. Dunyo bo‘ylab ko‘plab davlat, jamoat va tibbiyot tashkilotlari shu kuni o‘quv va diagnostika tadbirlarini o‘tkazadi. Ushbu kun munosabati bilan tuman AKM davra suhbati tashkil etildi.
МЕЖДУНАРОДНОЕ СОБЫТИЕ
#Шымкентской городской библиотекой имени А. Пушкина
С раннего утра 24 сентября на площадке перед Шымкентской городской библиотекой имени А. Пушкина многолюдно. Ровно 125 лет назад она впервые приняла своих читателей.
Поздравить с юбилеем коллектив библиотеки пришли депутаты, ректоры вузов, консулы России и США, руководители библиотек страны, жители и гости города.
Но самую большую благодарность и поздравления директор Пушкинки Наталья Романова адресует шымкентцам, которые сохранили библиотеку и приумножили ее книжный фонд. После торжественной части началась научно-практическая конференция «Библиотека: поиск, инновации, перспективы».
В качестве почетного гостя приняла участие Д. Абдукаримова.
#Til-millat ko‘zgusi
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Бугун Юқори Чирчиқ туман марказида жойлашган Алишер Навоий хиёбонида "Қадринг баланд бўлсин, она тилим" мавзусида 21-октябрь - Ўзбек тили байрамига бағишланган тадбир ўтказилди. Tадбирда, Туман ҳокими Ускенбай Атемов, Ўзбекистон Халқ шоири Маҳмуд Тоир, бир қатор вилоят соҳа мутахассислари ва фаоллар иштирок этишди. Тадбир аввалида ёшлар ижросида она тили мадҳ этилди. Сўнг сўзга чиққанлар бу борада амалга оширилаётган ислоҳотлар хусусида сўз юритишди.
#Maqola
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Аннотация: Экологическая проблема – глобальная проблема современности. Она настолько обострилась за последние десятилетия, что сегодня не осталось ни одной сферы жизни общества, которой бы эта проблема не коснулась. В условиях нарастающего экологического кризиса первостепенное значение приобретает непрерывное экологическое образование, просвещение и воспитание всех групп населения. Поэтому перед различными социальными и общественными учреждениями ставится задача активизировать пропаганду духовно-нравственных ценностей, способствующих формированию экологической культуры, бережному отношению населения к окружающей среде, повышению личной ответственности граждан за сохранение и преумножение достопримечательностей уникальной природы нашей планеты.
Batafsil o'qing: https://einfolib.uz/post/kulturnoe-i-prirodnoe-nasledie-stran-sodrujestva-rol-i-mesto-bibliotek
#Sport
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
2020-yil 30-oktyabrdagi "Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'gʻrisida"gi Prezident farmoni, O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan "Men sogʻlom turmush tarzi tarafdoriman..." rukunida sogʻlom muhitni yaratishga qaratilgan video va foto- rasmlar chellenjini tashkil qilish reja ijrosini ta'minlash maqsadida, Yuqori Chirchi tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari ishtirokida "Men sogʻlom turmush tarzi tarafdoriman" chellenjiga start berildi.
Jajji kitobxonlar mehmonda...
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bog‘cha yoshi bolalikning katta bir qismini tashkil etadi. Asosan shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (insoniy fazilatlari) shakllanadi. Mashhur rus pedagogi Pyotr Lestgafning fikricha: “Insonning bog‘cha yoshidagi davri mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi”. Bu jarayonda ularni kitob mutolaasi bilan tanishtirish, adabiyot olamiga chorlash uning keyinchalik ushbu maydonga intilishini, kitoblarga mehrli bo‘lishini ta’minlab beradi. Bizning kutubxonamizga ham turli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan jajji kitobxonlarimiz kelib, kutubxonadagi mo‘jaz kitoblardan hayratlanishadi. Kuni kecha ham tumandagi “Asilzoda” MTT bolajonlari bizning navbatdagi mehmonimiz bo‘lishdi. Ular bilan olib borilgan ekskursiyalar, davra suhbatlaridan namunalarni siz aziz mushtariylar bilan bo‘lishmoqni joiz topdik.
1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan "Beg‘ubor bolalik”shiori ostida tumanimizda “Bolalar kitob festivali” o‘tkazildi. Mazkur tadbir tumandagi 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etilib, tarbiyalanuvchilar va ota-onalar uchun kitob yarmarkasi ham bo‘lib o‘tdi.
ZAKOVAT
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
JORIY YILNING 10-IYUN KUNI RMMM Yuqori Chirchiq tuman bo'linmasi, Mahallalar uyushmasi va Yoshlar ishlar bo'limi,Axborot kutubxona markazi hamkorlikda "Yassaviy" MFY hududida joylashgan 33-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktabida ZAKOVAT INTELLEKTUAL O‘YININING 1-SEKTOR (SURANKENT) KUBOGI O‘YINLARI, o'tkazildi.
1- o’rin SILVER
1- o’rin MONARX
2-o’ri OSIYO
3-o’rin MAROQAND
3-o’rin SHARQ
4-o’rin RENESSANS
5-o’rin TURKISTON
KAMALAK
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 18-sonli u.o'.t. maktabida tashkil etilgan “Kamalak”sog’limlashtirish maydonchasida yozgi ta'til davrida o'quvchilar bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o’tkazilgan “Ertaklar yaxshilikka etaklar” deb nomlangan ovozli o’qish va rasm chizish tadbirlaridan fotolavhalar.
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHAMIZ!
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Joriy yilning 28-iyun kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziYuqori Chirchiq tuman bo'linmasi,Yuqori Chirchiq Axborot kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi hamkorlikda 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etilgan "Quyosh" sogʻlomlashtirish maydonchasida "BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ" mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
Bolalarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi va kitob ko’rgazmasi tashkil etildi
Farzandim uchun bitta kitob
Yuqori Chirchiq tumani Axborot kutubxona markazi
Yuqori Chirchiq Axborot kutubxona markazi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda o’quvchilarning kitobga mehrini shakllantirish, maktab kitob fondini yanada boyitish maqsadida bugun "Farzandim uchun bitta kitob" аksiyasi bo’lib o’tmoqda. Ushbu aksiya tumanimizdagi ko’plab umumta’lim maktablarida qizg’in davom etib kelmoqda. Bugun 4-sonli umumta’lim maktabida ham “Farzandim uchun bitta kitob” aksiyasi tashkil etildi.Аksiya doirasida ota-onalar maktabga "Farzandimning nomidan maktabga sovg’a " shiori ostida kitoblar sovg’a qilindi.