AKIS tizimining o‘zi qanday?
Maʼlumki, ilm-fan har qaysi iqtisodiy sohaning asosiy natijadorligini belgilaydi. Qishloq xo‘jaligi sohasi ham bundan mustasno emas. Agrar sektorni rivojlantirish maqsadida, 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi.
Qolaversa, joriy yil «Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021 — 2025 yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi» ham tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etildi.
2021-2022 yillarda Milliy markazning Respublika agroxizmatlar markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar agroxizmatlar markazlari, 2022 yildan boshlab esa bosqichma-bosqich qishloq tumanlarida Milliy markazning tuman agroxizmatlar markazlari paydo bo‘ladi.
Xo‘sh, AKIS tizimining o‘zi qanday? AKIS – bu O‘zbekiston agrar sohasida bilim va maʼlumotlarni ishlab chiqish, ularni soha ishtirokchilari orasida keng joriy etish orqali, qishloq xo‘jaligida tub burilish yasash, sohani rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqish degani. Tizim qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan barcha darajadagi davlat, xususiy va jamoat tashkilotlari o‘rtasida munosabatlarni mustahkamlashga asoslanadi.
Bugungi kunda aksariyat fermerlar asosan ish vaqtida tajriba yig‘adi. Ular yo‘l-yo‘lakay ota-onasi, yaqinlari va hamkasblaridan ham o‘rganib boradi. Qolaversa, mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashtirilgan bir qator oliy va o‘rta maxsus taʼlim dargohlari mavjud.
Fermerlar o‘z faoliyati davomida marketing ishlari, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash, yerga bo‘lgan huquq, suv taʼminoti, sug‘oriladigan suv sifati, suvni tejash, tuproq hosildorligi, asbob-uskunalar muammosi, kredit masalalari, urug‘ tanlash, eroziyaga qarshi kurashish, o‘simliklarni himoya qilish kabi ko‘plab savollarga duch keladi.
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohasida bir anʼana bor. Baʼzi texnologiyalar, agrokimyoviy moddalardan foydalanish oqibatida, arzon mahsulot ishlab chiqarishga erishilsa-da, ammo tuproq va suvga jiddiy zarar yetadi.
AKIS tizimi doirasida xorijda va O‘zbekistonda joylashgan qishloq xo‘jaligi maslahat xizmatlari tomonidan zaruriy maslahatlar beriladi, dalaning o‘zida tushuntirish ishlari olib boriladi, savdo kompaniyalari yoki soha mutaxassislari tomonidan ilmiy adabiyotlar, turli videofilmlar, o‘quv qo‘llanmalari taqdim etiladi. AKIS maslahatchilari agrar sohada tegishli taʼlim olgan va yaxshi tajriba yiqqan bo‘lishlari shart. Chunki ularning maslahatlari fermer va dehqonlar uchun samarali hamda foydali bo‘lishi lozim. Tavsiyalar shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijalari, yetkazib beruvchi kompaniyalar tajribasiga asoslanishi lozim. Qolaversa, tajribali fermerlarning maslahatlaridan ham foydalanishni esdan chiqarmaslik kerak. AKIS tizimidagi agrar soha tadqiqotlari avvalo, fermerlar va agrobiznes sohasi ehtiyojlariga asoslanadi.
O‘z navbatida agrobiznesning ham AKIS tizimi oldiga qo‘yadigan talablari bor. Agrobiznes uchun fermer xo‘jaliklaridan yetkazib beriladigan mahsulotlarning bir xilligi, sifat barqarorligi, mahsulotni ishonchli saqlash sharoitlari muhim.
Jamiyat yuqori sifatli mahsulotga muhtoj, uning uchun oziq-ovqat zahirasi katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, har birimiz atrof-muhit, suv taʼminotiga zarar yetkazmaydigan, suvni tejaydigan, tuproq eroziyasini kuchaytirmaydigan, yovvoyi tabiatga salbiy taʼsir qilmaydigan va iqlim muammolarini chetlab o‘tmaydigan jadal rivojlanuvchi qishloq xo‘jaligi sari qadam tashlashni xohlaymiz.
AKIS tizimi fermerlar va jamiyat o‘rtasidagi manfaatlarning muvozanatli tahliliga asoslanadi. Tizimning agrar soha, agrar taʼlim va ilm-fan yo‘nalishidagi maslahat xizmatlari asosan yetkazib beruvchi korxona vakillari tomonidan taqdim etiladi. Bunday maslahatlarda fermerlar, agrobiznes va jamiyat ehtiyoji to‘g‘ri tahlil qilingan bo‘lishi kerak. Demak, AKIS tizimi fermerlar, agrobiznes va jamiyat ehtiyojini to‘g‘ri baholash asosida ishlab chiqiladi.
Umuman olganda, AKIS – bu nafaqat bilim va ilm-fan, taʼlim hamda ishlab chiqarish integratsiyasi hisoblanadi, balki fermerlar, agrobiznes va jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini har tomonlama tahlil qilishni nazarda tutadi. Fermerlar va jamiyat AKIS tizimining O‘zbekiston agrar sohasidagi integratsiyasida faol ishtirok etsagina, maqsadga to‘liq erishish mumkin. Bu yo‘lda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi barchani qo‘llab quvvatlashga va mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasining barqaror rivojlanishi yo‘lida kafil bo‘lishga tayyor.
Agroxizmatlar markazi tomonidan o'tkazilgan seminarlar
28.06. 2022
Gurlan tumani Chinobod MMTP hudutida Sholichilik ITI Xorazm filiali dala tajriba maydonida “Xorazm viloyati sharoitida Sholi navlarini yetishtirish agrotexnologiyasi “ yuzasidan seminar tashkil qilindi.
20.06.2022
Xorazm viloyat Agroxizmatlar markazi hodimi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7- maydagi "Xalqaro qishloq xo'jaligi universitetini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risidagi" PQ-237 sonli qarori asosida tashkil etilayotgan "Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti"ning 2022/2023 o'quv yili mavsumi uchun targ'ibot ishlarini o'tkazishdi.
20.06.2022
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O’zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko’nikmalarini rivojlantirish” loyihasi 20-iyun kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida seminar tashkil qildi.
16.06.2022
Xorazm viloyat Agraxizmatlar markazi Bog'ot tumani "Azimboy,Azamat, Azizbek" Fermer xo'jalikida "Xorazm viloyatida takroriy ekinlar ekish va parvarishlash " yuzasidan seminar tashkil qilindi..
11.06.2022
Xorazm viloyat xokimi
F.Ermanov, Viloyat xokimining Qishloq va suv xo'jaligi ishlari bo'yicha o'rinbosari K.Sobirov, Xorazm viloyat Agroxizmatlar markazi direktori I.Masharipov ishtirokida Yangibozor tumani "Shirinqong'iroq" xudutida "Xorazm faxri" fermer xo'jaligida "2022 yil G'alla hosilini yig'ishtirib olishni tashkil qilish" maqsadida seminar tashkil qilindi.
07.06.2022
Urganch davlat unversiteti Bioinjineriya va Oziq ovqat xavfsiligi fakulteti talabalari Xorazm viloyat agroxizmatlar markazi faoliyati bilan tanishish maqsadida seminar tashkil qilindi.
28.05.2022
Xorazm viloyati Yangibozor tumani Bo’zqala xududida Xorazm viloyat agroxizmatlar markazi tomonidan tumanda faoliyat yurituvchi fermer xo’jaliklariga agroxizmatlar markazi faoliyati, fermer xo’jaliklarni qiynab kelayotgan savollarga javob berish maqsadida dala seminarin tashkil qilindi.
13.05.2022
Xorazm viloyat Agraxizmatlar mutaxassislilari tomonidan tavsiya asosida Xorazm viloyat sabzavot polizchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari hamda Xorazm viloyat sabzavot polizchilik ekinlari, kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti dala maydonlarida qovun ekish uchun yerlarni ekishga tayyorlash boshlab yuborildi.
BIZNING IJTIMOIY TARMOQDAGI SAHIFALARIMIZ
(+99862) 225 81 69
(+99899) 543 97 07
220507, Xorazm viloyati, Urganch tumani,
G’aybu qishlog’i , Xojiboylar mahallasi, Turkmanlar ko’chasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
QISHLOQ XO‘JALIGIDA BILIM
VA INNOVATSIYALAR MILLIY
MARKAZI