Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot[2][3]. 1945-yil 24-oktyabrda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror AQSh, Birlashgan Qirollik, Xitoy va Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Francisco konferensiyasida 1950-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan.
BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) New Yorkda joylashgan. Bundan tashqari, tashkilotning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
BMT Ustavida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
Quyidagi video orqali Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT) haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin :
P.S. I hope you know english)🙃
BMTning asosiy binosi AQShdagi Nyu-York shtatida joylashgan. Aniq manzil bilan quyidagi lokatsiya orqali kirib bilishingiz mumkin :