Bildirsoy daryosi va tog‘ chang‘i kurorti Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Toshkentdan 80 km va Chimyon turistik bazasidan 5 km masofada joylashgan. Agar Chimyon odatda oilalar uchun va o‘rganishni endi boshlayotgan chang‘ichilar uchun tavsiya etilsa, Bildirsoy ko‘proq tajribali sportchilar uchun mo‘ljallangan. Dam olish maskanida birinchi toifali mehmonxona va chang‘i yo‘llari mavjud. Bu yerda ikkita arqonli ko‘targich mavjud – bitta juft o‘rindiqli ko‘targich – (uzunligi 2,5 km, ko‘tarilish vaqti 24 min, balandligi 565 M.) hamda arqonli ko‘targich («shavabra» – uzunligi taxminan 1 km, ko‘tarilish vaqti 5 min., balandligi ~ 200 M).
Bildirsoy tog‘-chang‘i kurortidagi qor qoplamasi yevropadagi qordan farq qiladi. Kontinental iqlim, bir tomondan Himolay tog‘lari , ikkinchi tomondan Sibir haddan tashqari haroratni va kuchli qor yog‘ishini taʼminlaydi. Bu yerdagi qor eng zo‘r, quruq va sovuq, chang‘i uchish uchun juda yaxshi hamda mutaxassislarning fikriga ko‘ra dunyodagi eng ajoyib qorlardan biri hisoblanadi.
Toshkent shahridan Toshdengizgacha 32 km masofa bo‘lgani uchun atigi 30 daqiqalik yo‘l. Suv ombori juda sayoz, o‘rtacha chuqurligi 12,5 m., qirg‘oqlari esa toshloq. Bularning barchasi yozda suvning +25 darajagacha tez isishiga yordam beradi va bu shubhasiz katta yutuqdir.
Havo juda toza, narxlar esa hamyonbop. Shuningdek, Toshkent dengizi har qanday baliqchining qalbini zabt eta oladi, chunki uning suvlarida qisqichbaqalar, ilon boshli baliqlar, oddiy sazan, laqqa baliq va boshqa ko‘plab baliqlar yashaydi.
Teshiktosh gʻori — mustye madaniyatiga mansub neandertallartshg makoni. Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Turgandaryoning Zovtalashgansoy darasida, dengiz sathidan 1500 m bal.da joylashgan. Gʻorning shipi teshik, nomi ham shundan, kirish qismi shim.sharq tomonga qaragan boʻlib bal. 7 m, eni 20 m, uz. 21 m. Uning umumiy maydoni 300 kv m boʻlib, shundan 100 kv. m joy i neandertallar yashaganligidan guvoxlik beruvchi arxeologik materiallarga ega. Teshiktosh gʻori yashash uchun qulayligi tufayli gʻorni vaqtvaqti bilan suv bosib turishiga qaramasdan neandertal odamlar uni butunlay tark etmaganlar. Gʻorni birinchi marta 1938—39 yillarda A. P. Okladnikov oʻrgangan.
ОБИРАҲМАТ FОРИ – Тошкент вилоятидаги тош даври ёдгорликларидан бири. Бўстонлиқ туманидаги Бурчмулла қишлоғида жойлашган. Обираҳмат ғори 1962 йил А.Муҳаммаджонов ва С.К.Насриддинов томонидан топилган. 1962–64 йилларда А.П.Окладников, 1964–70-йилларда М.М.Герасимов раҳбарлигида Р.Ҳ.Сулаймонов тадқиқот ишлари олиб борган. 1976–86 йилларда Ў.И.Исломов раҳбарлигида Т.Омонжўлов ва К.А.Крахмаль қазишмалар ўтказишган. 1998 йил Россия ФАнинг Сибирь бўлими Археология ва этнография институти билан ўзбекистонлик археологлар ўртасида Обираҳмат ғорида биргаликда тадқиқот ишлари олиб бориш учун шартнома тузилиб, экспедицияга Ўзбекистон томонидан Ў.И.Исломов раҳбар этиб тайинланган.
Katta Chimyon toʻgi – Chotqol tizmasining bir qismi boʻlgan juda katta gumbazsimon togʻ tizmasi. Oʻzbekistonning Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida, Toshkentdan 80 km sharqda joylashgan. Toshkent viloyatidagi Chatqol tizmasining tarkibiga kiruvchi ulkan gumbazsimon massiv. Eng baland joyi – Katta Chimyon choʻqqisi boʻlib, dengiz sathidan 3309 m balandlikda joylashgan. Chimyonsoy vodiysini janubidan oʻrab turadi. Paleozoy orogenetik jarayonida burmalanib granit, granodiorit, diorit, granit-porfir, kvarsli porfir, siyenit, siyenitli diorit, gabbro kabi intruziv jinslar va ohaktosh hamda qumtoshlardan tuzilgan. Relyefi kuchli darajada parchalangan. Yon bagʻirlar oʻrtacha 25—35°, baʼzi joylarida 45° va undan ortiq qiyaliglari mavjud. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharq tomon choʻzilgan
Chirchiq (qad. nomi Parak, "Boburnoma"da Chir, keyingi kichraytirilgan nomi Ch.) — Toshkent viloyatidagi daryo. Sirdaryoning yirik oʻng irmogʻi. Daryo havzasi janubiy va sharqda Qurama tizmasi va Chatqol togʻ tizmalari, shimolida Talas Olatovi va uning gʻarbiy tarmoklari bilan chegaralangan. Gʻarbiy Tyanshan togʻlaridagi qor va muzliklardan Chatqol, Koʻksuv va Piskom daryolari boshlanadi. 1971-yil gacha Ch. Chorvoq soyligida Chatqol va Piskom daryolari qoʻshilishidan hosil boʻlar edi. Endilikda daryo Chorvoq suv omboridan boshlanadi va Chinoz qishlogʻi yonida Sirdaryoga quyiladi. Uz. 154 km, havzasining maydoni 14240 km². Ch. tez oqadigan tipik togʻ daryosi, togʻli qismida chuqur, tor va nishab oʻzanda tez oqadi. Ugom daryosi qoʻshilgandan soʻng Ch. vodiysi kengayadi. Ch. ga bir necha irmoqlar kelib quyiladi. Eng yiriklari Ugom daryosi va Oqsoqotasoy. Qolgan mayda irmoqlari (Qizilsuv, Shoʻrobsoy, Ozodboshsoy, Oqtoshsoy, Tovoqsoy, Qorangkoʻlsoy, Oltinbeksoy va boshqalar)ning baʼzilari yoz va kuz oylarida qurib qoladi.
Tuyaboʻgʻiz suv ombori (Toshkent dengizi) – Toshkent viloyatidagi gidrotexnika inshooti, Ohangaron daryosining oʻrta oqimida barpo etilgan suv ombori. Daryodagi ikkita suv omboridan biri (ikkinchisi Ohangaron suv ombori). Suv omboridan Chapqirgʻoq Qorasuv kanali Tuyaboʻgʻiz chapqirgʻoq kanaliga suv beriladi[1].
Tuyaboʻgʻiz suv omborining shimoliy qirgʻogʻida Tuyaboʻgʻiz shaharchasi joylashgan.
Suv yuzasi maydoni 20 km². Oʻrtacha chuqurligi – 12,5 m. Umumiy hajmi 250 mln.m³, foydali hajmi 224 mln. m³ ni tashkil etadi [1]. Ohangaron hamda Chirchiq[izoh 1] daryolari suvini mavsumiy tartibga soladi.
Chorboq suv ombori Toshkent viloyatining shimolida, Boʻstonliq tumanida joylashgan suv ombori, viloyatni suv va gidroenergiya bilan taʼminlovchi irrigatsion inshootdir. U Chirchiq daryosi boʻyida, Gʻarbiy Tyan-Shanning Ugom va Chatqol togʻ tizmalari oraligʻida Piskom va Chatqol daryolarining qoʻshilish joyidan bir oz pastroqda joylashgan. Suv havzasi maydoni 3200 km²
Toshkent kanali, I.A.Polvonov nomidagi Toshkent kanal i — Chirchiq daryosidan suv oladigan Chapkirgʻoq Qorasuv daryosida qurilgan magistral kanal, 1940-yilda xalq hashari yoʻli bilan qurilgan. 1958—65 yillarda kanal tubdan rekonstruksiya qilingan. Kanalga Chapqirgʻoq Krrasuv daryosining 36 km dan suv olinadi, umumiy uz. 62 km, bosh qismidagi suv sarfi —87 m³/sek, sugʻorish maydoni 70 ming ga. Daryoning chap tomonidagi qoʻriq yerlarni sugorishga imkon beradi. Kanal kam suvli Ohangaron tizimini Chirchiq daryosining suvi bilan toʻyintiradi.
Shimoliy Toshkent kanali — Toshkent va Janubiy Qozogʻiston viloyatlarida joylashgan yirik kanal, Ikkinchi jahon urushi yillarida qurilgan. Boʻzsuv kanalidan (Xalqoboddan yuqoriroqda) suv olib, Yangiyoʻl va Sariogʻoch tumanlarining suv taʼminotini yaxshilashga imkon beradi. Joy relyefining murakkabligi tufayli kanal trassasi ilon izi, uning koʻp qismi qazma va koʻtarma oʻzandan iborat. Uz. 43 km, bosh va oxirgi qismlarida balandlik farqi 26 m ga teng. Soʻnggi vaqtlarda kanal rekonstruksiya qilinib, uning trassasi ancha toʻgʻri holga keltirilgan, yangi suv taqsimlash inshootlari barpo egilgan. Kanalning hisobiy suv sarfi 1970-yilda 20 m³/sek.gacha (quyi qismida 9 m³/sek.) yetkazildi. Kanalning chap qirgʻogʻida 7 m kenglikdagi inspeksiya yoʻli, oʻng qirgʻogʻida mustahkamlovchi 8 m balandlikdagi bermalar qurilgan. Kanalda koʻp sonli toʻsqichlar, 40 dan ortiq quvurlarga suv chiqargichlar, 12 ta yirik koʻprik, 11 ta nasos styasi mavjud. Kanal trassasining 32kilometrida suv sathini 15 m ga pasaytirib beruvchi tezoqarsharshara qurilgan. Kanal 10 ming ga atrofidagi yerni sugʻorish imkoniga ega.