Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona markazi faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o'zgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos bo'lishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan, milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo'lishini ta'minlaydigan aholiga axborot-kutubxona markazi xizmatlari ko'rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona markazi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylandi.
Bu esa axborot-kutubxona markazi faoliyatiga, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish, fondlarni to'ldirish va saqlash, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va rag'batlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga jiddiy ta'sir ko'rsatish imkonini beradi.
Toshkent shahar Sergeli tumanida tashkil etilgan axborot-kutubxona markazlarining asosiy vazifalari:
1. Aholiga axborot-kutubxona markazi xizmatlarini ko'rsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularning ilmiy, ta'lim, axborot va madaniy ehtiyojlarini qondirish;
2. AKM foydalanuvchilarga har qanday (bosma, multimedia va raqamli) tashuvchilarda, shu jumladan, Internet tarmog'ida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
3. O'z axborot-resurslarini yaratish va ularni sifatli to'ldirib borish orqali kitobxonlarga an'anaviy xizmat ko'rsatish usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan ta'minlash;
4. Aholiga axborot-kutubxona markazi xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha masofadan xizmatlar ko'rsatishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish.