“BO‘RON”
Ushbu o‘yin qadimdan O‘zbekistonning tog‘li joylarida shamol, to‘fon, dala daraxtlari shovqin-suronida o‘ynalgani tufayli o‘yinni nomi ham “Bo‘ron” deb nomlangan. O‘yinning rivojlanishi: o‘yinni tog‘lik joylarda, maysazorlarda qishloq va mahallalarda bolalar jamoalarga bo‘linib o‘ynaganlar. O‘yinning o‘tkazilishi tartibi: o‘yinni boshlanishi uchun atroflari ochiq chegaralangan, to‘rtburchak taxminan 30:20 (25:12) metr keladigan maydonda 6:6, 10:10 jamoa o‘yinchilari qatnashadi. O‘yinda 300 yoki 500 gramm keladigan, belbog‘ga tugilgan bir uchi qo‘l bilan ushlashga qulay tuguncha bo‘lishi kerak. Maydonni bir chekkasiga 1.5 tugunni tashlash uchun doira (marra) chiziladi. O‘yinning mazmuni – xakamning xushtagi chalishi va qo‘lidagi tugunni kamida 20-30 metr masofaga uloqtirilishi bilan boshlanadi. Shu paytda jamoa a’zolari yugurib tugunchani olishib, biri-biriga uzatishib, doira maydonni chizig‘idan 3 metr joydagi marraga tashlagan jamoa g‘olib hisoblanadi.
DOIRADAN SURIB ChIQARISh
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan bo‘lib, o‘yinda asosiy maqsad raqibni doiradan tortib chiqarish bo‘lganligi bois shunday nomlanadi. O‘yinning rivojlanishi: o‘yin dastlab podachi bolalar tomonidan dalalarda, maysazorda, ochiq yalanglikda o‘ynab kelingan bo‘lib, hozirda sport maydonchalarida ham o‘tkaziladi. O‘yinning o‘tkazilishi tartibi: o‘ynovchilar bab-baravar ikki jamoaga bo‘linadilar. Ular bir-birlariga yuzma-yuz saflanib turadilar. Jamoalar o‘rtasida yerga diametri 1.5-2 metrli 3 ta katta, o‘rtacha va kichik aylanalar chiziladi. Aylananing atrofiga ikkala jamoaning ikkidan-uchtadan vakillari tushiriladi. Aylana atrofiga o‘yinchilar qo‘l ushlashib turadilar. Aylana yonida bittadan hakam turadi. O‘ynovchilar ishora berilishi bilan bir-birlarini doiradan tortishib chiqarishga harakat qiladilar. Aylana ichidan surib chiqilgan o‘yinchi o‘yindan chiqdi. Aylanadan chiqarib yuborilgan o‘yinchi yana qaytishi mumkin. Keyin navbatdagi juft o‘yinchilar tushadilar va o‘yin shu tarzda davom ettirilaveradi. Yutuq doirada qatnashgan o‘yinchilarni tortib chiqarganga beriladi. O‘yin qoidalari: qarshilik ko‘rsatish paytida o‘yinchini qattiq itarib yuborishga va turtishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘yinning farqli xususiyatlari: qatnashuvchi o‘yinchi qo‘lidan tortib uni aylanadan chiqarish; bir-biriga o‘ng (chap) yoni bilan turib, yelkaga yelkani tirab doiradan itarib chiqarish, epchillik bilan bir-birini turgan joyidan itarib yuborish. O‘yin asosan kuch va chaqqonlik xususiyatlarni rivojlantiradi.
“DONAK YaShIRISh”
O‘yin bolalar bilan ayni o‘rik pishgan vaqtda o‘yin o‘ynash maqsadida danaklarni yig‘ib yurib, o‘yinda qo‘llaganlari sababli shunday nomlangan. Bu o‘yinni juft-juft yoki guruhlarga bo‘linib o‘ynasa ham bo‘ladi. O‘yinni birinchi bo‘lib kim boshlanishini aniqlash uchun o‘yinchilardan biri qo‘liga bir danakni yashiradi, uni topgan o‘ynovchi boshlaydi. O‘yin tartibi: o‘yin galini olgan o‘yinchi qo‘liga siqqancha danak oladi va deydi: Chanta-chanta, danaklarim nechta? O‘ynovchilardan har kim o‘z chamasini aytadi. Keyin danak yashirgan bola qo‘lini ochadi va hamma danakni oladi, kam aytgan ham, ortiq aytgan ham farqini danak bilan to‘laydi. O‘yin qoidalari: kim danak sonini to‘g‘ri topgan bo‘lsa, o‘yin galini ham oladi, danak yashirilgan kaft atroflicha ko‘rsatiladi va ushlab ko‘rishga ruxsat beriladi, danaklar miqdoriga qarab ikkala kaftni alohida yoki birlashtirgan holda ham foydalanish mumkin. Eng ko‘p danak yutgan o‘ynovchi g‘olib hisoblanadi. O‘yin bolalarda diqqat-e’tiborni, topqirlikni tarbiyalaydi. O‘yin chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantiradi.
“YeLKADA KURASh”
Yelkada kurash ning kelib chiqishi oddiy kurash turidan farq qilib, bu o‘yin tomoshabop hisoblanib, to‘y- hasham, bayramlarda, navro‘z va xalq o‘yinlari festivallarida yoshlar o‘rtasida o‘yin-bellashuv tarzida o‘tkaziladi. O‘yinning rivojlanishi: polvon yigitlar yelkalariga o‘zidan kichik bolalar, o‘smir polvonlarni mindirib kurashga o‘xshash olishuvlarni o‘tkazib turish bilan izohlanadi. O‘yinning o‘tkazilishi tartibi: yelkada kurash qatnashchilari saralanib, ya’ni yelkasiga mindirib oluvchi polvon va ikkinchisi kurashuvchi kichik vazmindagi polvondan iborat juftlik hosil qilib, bellashuvga qurra tashlash natijasida juftliklar tayyorlanib turadilar. O‘yin kurashni unumli bo‘lishi avvalida tashkilotchi – xakamlarga bog‘lik holda uchrashuvlarni navbatma-navbat ro‘yxatlari: kim, qaysi kurashchilar nomlari bilan kiyimlari belgilari bilan chiqishlari va h.k. tayyor bo‘lishi kerak. Musobaqaga chiqqan birinchi juftlik polvonlar maydon markaziga taklif qilinadi, binobarin qarama-qarshi raqib polvonlar bilan bellashadi. Agar birinchi juftlikda tepa-polvon yiqilsa, uni hisobga olib, yutuqni yiqitgan polvon hisobiga yoziladi.
“JAMBIL”
Qadimdan o‘yin dalalarda va adirlarda o‘ynalgani sbaabli, xo‘shbo‘yi o‘simlik “Jambil” nomi bilan ataladi. Bu o‘yinda bolalar 2 guruhga bo‘linadi. O‘yinchilar asosan har ikki guruhda 5-6 tadan bo‘ladi. 1-chi guruh o‘yinchilari berilgan uzoqlikdan to‘pni katakchalar ichiga tashlangan toshchalarga otishadi. Katakchalar ichidagi toshlar 4 ta bo‘ladi. Agar to‘p dumalatilganda katak ichidagi toshga tegib toshlar yiqilsa, 2-nchi guruh o‘yinchilardan bir o‘yinchi “jambil” atrofini to‘p bilan qo‘riqlaydi. Agar birinchi guruh o‘yinchilari toshlarni kataklarga qo‘yish uchun yaqinlashganda, qo‘riqlovchi uni to‘p bilan ursa, u o‘yinchi o‘yindan chiqadi. Agar shu guruh toshlarni kataklarga aniq qo‘yib chiqsa, shu guruh yutadi. Agar qo‘yaolmasa, ular yutqazadi. o‘yindan keyin 2-chi guruh asosiy o‘yinda o‘ynaydi. O‘yin shu tarzda davom etadi. O‘yin nishonga uloqtirish malakasini, to‘pni otish va mustaqil harakat qilishni rivojlantiradi. O‘yinning asosiy harakati va farqli xususiyati koptokchalar ichidagi toshlarni aniq nishonga olish hisoblanadi
“MINDI”
O‘yinning nomi “Eshak mindi”, chunki bu hayvon juda kuchli ham chidamli bo‘lgani tufayli, uning ustiga 2-3 kishi bo‘lib minib uzoq yursa ham charchamagan, o‘yinda ishtirokchilar eshak mingan holda harakatlarni bajarganligi bois o‘yin shunday nomlanadi. O‘yinning rivojlanishi: bu o‘yin O‘rta Osiyo xalqlarining yilqichilik, chorvachilik bilan shug‘ullangan aholisi va yoshlari o‘rtasida otlar, tuyalar va eshaklarga minishib, poyga o‘ynashlaridan kelib chiqqan. O‘yinning o‘tkazilishi tartibi: o‘yinda ikki jamoa qatnashadi. Qur’a tashlash natijasida bitta jamoa “eshak”, ikkinchisi eshak ustiga sakrab-sakrab minuvchilar hisoblanadi.
“TOPIB MINISh”
O‘yin o‘tloq joyda o‘tkaziladi, o‘ynovchilarning soniga teng koptoklar kerak bo‘ladi. O‘yinning borishi: o‘ynovchilar 6-8 kishidan bo‘lib ikki guruhga bo‘linadilar. Qur’a tashlash yo‘li bilan jamoalardan biri koptoklarni oladi. O‘yinboshi ishora berishi bilan koptoksiz jamoa o‘yinchilari orqalariga burilib, maydondan chetga qarab turadilar. Shu vaqtda ikkinchi jamoa o‘yinchilari o‘tloq joyga tarqalib, o‘z koptoklarini yashiradilar. O‘yinboshi ikkinchi marta ishora bergach, koptoksiz jamoa o‘yinchilari yashirilgan koptoklarni qidira boshlaydilar. Koptokni topib olgan o‘yinchi o‘sha koptokni qaysi o‘yinchi yashirgan bo‘lsa, o‘yin boshlangan joygacha o‘sha o‘yinchining ustiga minib boradi. Koptokni topa olmagan o‘yinchi o‘yin boshlangan joyga piyoda boradi.
TAQYa TUShIRAR
“Taqya ketdi”, “do‘ppi tushar” nomli o‘yinlar O‘rta Osiyo xalqlariga mansub bo‘lgan qadimgi yakka kurashlar turkumidan iborat. “Taqya – do‘ppi ma’nosini anglatgani sababli o‘yin shunday nomlanadi. O‘yinning rivojlanishi: Taqya tushirar o‘zbeklar rivoyatiga qo‘ra navro‘z va boshqa bayram, to‘y-hashamlarda polvonlarni kurashish bahslashuvida, darvozlar o‘yinlari borishida yosh o‘smir bolalar ham kattalarga taqlid qilib o‘zaro yakkama-yakka, “qani kel-chi bir chaqqonligimizni sinab ko‘ramiz” deb musobaqalashganlar. O‘yinning o‘tkazilishi tartibi: keyinga vaqtlar bu musobaqalashuv tarziga o‘rnashgan o‘yinlar turkumiga o‘tgan. O‘yinning ma’nosi ikki yosh o‘spirinlar boshlariga taqya kiyib yoshlar va kattalar keng va chegaralangan maysazorda doira hosil qilib o‘tiradilar. Ikki bahslashuvga tayyor yoshlar boshiga taqya kiyishib xakamni hushtagi chalinishini kutib turishadi. O‘yinga qur’a tashlanishi natijasida o‘yinchilar har qaysisi o‘zining tomonida turadilar. O‘yin boshlanishidan ilgari xakamlar, belgilab yozib boruvchi kotib-bayonnomasi bilan, sharhlovchi-mikrofon bilan, stol atrofida o‘tirishi lozim. O‘yinchilar o‘z murabbiyi bilan dastlabki holatni egallab turadilar. O‘rtada xakam kurashchilarni chaqirib-tanishtirib, qo‘l berishib o‘yinni boshlashni namoyish etadilar. O‘yin olib boruvchi xakam bu masalalarni tartibga solib turuvchi bo‘lishi kerak. O‘yinni borishi bahslashuvi: yakka kurashchilarning olishuviga o‘xshab maydon o‘rtasiga tushib, biri birovini boshidagi taqyasini ilib tushirishga intiladilar, oldiniga sinab ko‘rish paytiga tushib aylanib yuriladi. Ushbu paytda chalg‘itishlar vaqtida vaziyat qaysi bir o‘yinchiga qulay kelsa, o‘sha lahzada chaqqon ildamlik bilan taqyani ilib tushirishga imkon bo‘ladi. O‘yin qoidalari: birinchi bo‘lib taqyani ilib tushirgan o‘yinchiga yutug‘-hisobi beriladi. O‘yin shu holatda yakkama-yakka kurashuvlardan yutug‘li va yutqazgan hisobi bilan yakunlanadi. O‘yinchilar taqyani olishda qo‘pollik qilishlari man etiladi. O‘yinning farqli xususiyatlari: o‘yinda tezlik, chaqqonlik, epchillik xususiyatlari bilan qatnashuvchilar farqlanadi
O‘yin nomi tabiatda o‘sadigan “shuvoq” o‘ti nomi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘yi n mazmuni ishtirokchilar o‘tni yulib olib, cho‘qqayib o‘tirish bilan ifodalanadi. O‘yinning rivojlanishi: o‘yin o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan bo‘lib, o‘yin dastlab bolalar tomonidan dalalarda, maysazorda, ochiq yalanglikda o‘ynab kelingan bo‘lib, hozirda sport maydonchasida shunday tartibda o‘tkaziladi. O‘yinning o‘tkazilishi tartibi: 2 metr kenglikda doira hosil qilinadi, uning markaziga 60 sm uzunlikdagi yog‘och qoziq o‘rnatiladi. Qoziqning tepa qismiga bo‘shroq holda tushib-chiqib ketmaydigan qilib 1 metr arqonchaga bog‘lanadi, undan 5 sm pastroqqa esa bir tutam oddiy o‘t bog‘lanadi, qoziq yog‘och esa tikka holda yerga bir uchi sanchilgan holda o‘rnatiladi. Uning tepa qismiga bog‘langan arqonchani bo‘sh tomonining uchi boshlovchi ushlab turadi. Qoziqni atrofida arqonchani ushlab olib boshlovchi o‘t-shuvoqni yulib olmoqchi bo‘lgan hujumchilardan himoya qiladi va ularni qo‘li yoki oyog‘i bilan himoya qilib haydaydi, yani shuvoqdan yulib olishga yo‘l qo‘ymaydi. O‘yinda boshlovchidan tashqari yana 2-3 kishi hujumchi vazifasini o‘taydi. Qaysi o‘yinchi ko‘proq o‘t shuvoqni yulib olsa, o‘sha g‘olib chiqadi. O‘t shuvoqni yulib olishga yo‘l qo‘ymagan boshlovchi ham g‘olib chiqishi mumkin. O‘yin qoidalari: hujumchi o‘yinchilarga himoyachini qo‘li yoki oyoq panjasi tegsa, u o‘yindan chiqdi deb hisoblanadi va o‘rniga boshqa o‘yinchi tushishi mumkin. O‘yinni jamoa tuzib o‘tkazsa ham bo‘ladi. O‘yinning farqli xususiyatlari: o‘yin tez harakat qilish, yugurish, epchillik, sezgirlik malakalarini mustahkamlaydi va rivojlantiradi. O‘yinni o‘ziga hos harakatlari o‘t-shuvoqni tez yulib olish va yugurish
“ChO‘PON”
Cho‘pon, eng qadimgi turkiy zabon xalqlarida, binobarin ko‘chmanchi o‘zbeklarning chorvachilik kasbiga, keng o‘tloq, qir-adir maydon-maysazorlarda, ayniqsa qo‘ychivon, yilqichi bolalarning asosiy o‘yinlaridan biri “Cho‘pon” bo‘lgan. O‘yinning rivojlanishi: o‘yinda qadimdan qo‘y va mollarga ishlatiladigan uzun va katta tayoq dastaklar tol va terak daraxtlardan yasalgan bo‘lishi mumkin. O‘yinning o‘tkazilishi tartibi: Ishtirokchilar soniga qarab 1m 30 sm uzinlikda dastak, 4-5-ta uzunligi 15 sm diametri 5 sm kichik dastaklar hamda matodan yasalgan 3-4 dona koptokchalar bo‘lishi kerak. O‘yin maydonchasi 2.5-3 metr diametrli doira hosil qilinadi. Uning o‘rtasiga kichik dastaklar tikkasiga qo‘yib chiqiladi. O‘yinchilar jamolarga bo‘linadilar. Har bir jamoa 4-5 kishidan, ya’ni 1 yoki 2 himoyachi va 3 ta hujumchilardan iborat bo‘ladi. O‘yinda qatnashuvchilar qur’a tashlash natijasiga ko‘ra hujumchilar va himoyachilarga bo‘linishadi. O‘yin jarayonida hujumchilar yoki himoyachilar o‘rnini xohlagan o‘yinchilar bajarishi mumkin. Himoyachi markazda turib olib boshqa tomonga hujumchilar kichik dastaklarni koptokcha bilan urib tushirmasligi uchun uni qo‘riqlaydilar. O‘yinchilar xakamni o‘yin doirasiga qatnashuvchilarni taklifidan va hushtak chalishidan boshlaydilar. Doiraga 5 dona kichik dastaklar belgilangan oraliq - 15 sm dan tikkasiga qo‘yilib chiqiladi. Ularni qo‘riqlash uchun 2 ta himoyachi, 3 ta hujumchilar esa o‘yinni o‘tkazilishini taminlaydi. Hujumchilarni qo‘lida uzun dastak bilan koptokchani urib dastaklarni tushirish kerak. Tezroq dastaklarni to‘pcha bilan urib tushirgan g‘oliblar yutug‘ini oladi. Qaysi bir o‘yinchi ko‘proq dastaklarni urib yiqitsa o‘sha g‘olib hisoblanadi. O‘yin qoidalari: o‘yin paytlarida dastagini ko‘tarish, u bilan ortiqcha harakatlar man etiladi. O‘yinning farqli xususiyatlari: o‘yin jarayonida hujumchilar yoki himoyachilar o‘rnini xohlagan o‘yinchilar bajarishi mumkin. O‘yinda farqli xususiyatlaridan biri dastaklarni mo‘ljalga olish, urib tushirish.