ATTESTATSIYA JARAYONIDA KENG MUHOKAMALARGA SABAB BO‘LGAN MATEMATIKA SAVOLINING YECHIMI
ATTESTATSIYA JARAYONIDA KENG MUHOKAMALARGA SABAB BO‘LGAN MATEMATIKA SAVOLINING YECHIMI
Sardor savolga javob berishda quyidagi to‘rtta holatdan birini teng ehtimollik bilan tanlaydi:
1. Hech qanday imkoniyatdan foydalanmaslik;
2. Zaldagilardan yordam so‘rash;
3. Qo‘ng‘iroq qilish;
4. “50:50” imkoniyatidan foydalanish.
Demak, har bir holatning tanlanish ehtimolligi: P=¼
Sardorning hech qanday imkoniyatdan foydalanmasdan yoki faqat “50:50” imkoniyatidan foydalanib to‘g‘ri javob berish ehtimolligini topishimiz kerak.
1-hol: Hech qanday imkoniyatdan foydalanmasdan to‘g‘ri javob berish ehtimolligini topamiz.
Sardorning bu holatni tanlash ehtimolligi ¼ ga teng.
Savolda 4 ta javob varianti mavjud bo‘lib, ulardan bittasi to‘g‘ri. Agar Sardor javobni tasodifiy tanlasa, uning to‘g‘ri javob berish ehtimolligi ham ¼ ga teng.
Demak, ehtimolliklarni ko‘paytirish qoidasiga ko‘ra, ushbu holatda to‘g‘ri javob berish ehtimolligi: P₁ = ¼ · ¼ = ¹⁄₁₆
2-hol: “50:50” imkoniyatidan foydalanib to‘g‘ri javob berish ehtimolligini topamiz.
Sardorning “50:50” imkoniyatini tanlash ehtimolligi ¼ ga teng.
Bu imkoniyatdan foydalanilganda 2 ta noto‘g‘ri javob olib tashlanadi. Natijada 2 ta javob varianti qoladi va ulardan bittasi to‘g‘ri.
Demak, qolgan ikkita javob variantidan biri tasodifiy tanlanganda to‘g‘ri javob berish ehtimolligi ½ ga teng. Ehtimolliklarni ko‘paytirish qoidasiga ko‘ra ushbu holatda to‘g‘ri javob berish ehtimolligi: P₂ = ¼ · ½ = ⅛
Endi masalada so‘ralgan ehtimollikni topamiz.
Hech qanday imkoniyatdan foydalanmaslik va “50:50” imkoniyatidan foydalanish holatlari bir vaqtda sodir bo‘lmagani uchun ularning ehtimolliklarini qo‘shamiz:
P(A) = P₁ + P₂ = ¹⁄₁₆ + ⅛ = ³⁄₁₆
Demak to‘g‘ri javob: A) ³⁄₁₆