JAVOB: Dastlab, Kun Testi ilovasini ochamiz. Natijada 2-rasmdagi oyna ochiladi. Agar, avval roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, Raqam va Parol kiritgan holda ilovaga kirishingiz mumkin. Aks holda, Roʻyxatdan oʻtish tugmasi bosiladi:
1-qadam: Natijada 3-rasmda koʻrsatilgan oyna hosil boʻladi. Raqamingizni kiritgan holda Kodni olish tugmasini bosiladi;
2-qadam: 4-rasmda koʻrsatilgan oynada koʻrsatilganidek, sizning kiritgan raqamingizga 6 xonali sondan iborat kod SMS tarzida yuboriladi. Kelgan kodni koʻrsatilgan joyga kiritiladi va Kodni tasdiqlash tugmasi bosiladi;
3-qadam: Natijada 5-rasmdagi KIRISH oynasi hosil boʻladi. Keyin, Raqam va Parolingizni kiritgan holda, ilovaga kirishingiz mumkin boʻladi.
JAVOB: Ilovaga kirilganidan keyin 1-rasmda koʻrsatilgan yuqori chap burchakdagi Toggle bar bosiladi. Natijada, 2-rasmdagi oyna hosil boʻladi. U yerdan Tangalar menyusi tanlanadi. Keyin, 3-rasmdagi oyna hosil boʻladi. U yerdan TANGA OLISH tugmasini bosish orqali Reklama koʻrgan holda tanga olish mumkin.
JAVOB: Buning ikki xil usuli mavjud:
1) CLICK orqali toʻlash.
1-qadam: Click Evolution ilovasiga kiriladi.
2-qadam: Plastik kartangiz tanlanadi.
3-qadam: Kartadan toʻlash bosiladi.
4-qadam: Qidiruvga “kun” soʻzi yozilsa Kuntesti ilovasining yorligʻi chiqadi. Ushbu yorligʻ ustiga bosing.
5-qadam: Mobil ilovadagi ID raqamingizni va toʻlaydigan summangizni kiriting. Unutmang aynan mobil ilovadagi ID raqamingizni yozing. Xatolikka faqat siz javobgar boʻlasiz.
6-qadam: Toʻlash tugmasini bosib davom eting.
7-qadam: Demak siz ilovaga toʻlov qildingiz. Endi ilovaga qayting!
8-qadam: Endi ilovadan “Tangalar” boʻlimiga kiring.
9-qadam: Hisobingizga tushgan pul yuqorida koʻrinib turadi. Pastki tugmalardan biri boʻlgan “Hisobni tangaga almashtirish” tugmasini bosing. Natijada pulingiz tangaga almashadi.
2) USSD kod orqali.
Buning uchun quyidagi USSD kodni kiritishingiz kerak boʻladi:
*880*016937*ID_raqam*Summa#
Bunda ID raqam oʻrniga oʻz ID raqamingizni kiritasiz, summa oʻrniga toʻlamoqchi boʻlgan summangizni kiritasiz.