Tavsiyanoma?
Tavsiyanoma?
Xorijiy o`quv yurtlari grantlariga tavsiyanomani kamida bir semestr dars o`tib, o`zim imtihon olgan talabalarga berishim mumkin. Agar talaba o`ziga ishonsa va mening tavsiyanomam haqiqatdan foydali bo`lsa dars o`tmagan bo`lsam ham menga og`zaki imtihon topshirib so`ngra tavsiyanoma olishi mumkin!
Ilmiy ishga haqiqatdan mehri baland bo`lgan, keyinchalik ham ilmiy ishni davom qildiraman deb niyat qilgan iqtidorli talabalarni shogirdlikka olishim mumkin. Asosiy talab bazaviy bilim zo`r bo`lishi lozim!
Dars o`tgan fanimdan imtihonda har bitta talabadan hamma narsani birma-bir so`rab baholashga harakat qilaman. Maqsad past baho qo`yish emas, maqsad hamma narsani o`rgatish! Demak tavsiyanoma olmoqchilar shunday savol-javobga tayyor bo`lishi kerak.