O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig'i
Mallayev Alisher Rajabaliyevich
Telefon:+998 55 404-10-03
Email:yangitong60@gmail.com
O‘quv-uslubiy boshqarmaning asosiy faoliyati.
O‘quv-uslubiy boshqarma Oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo‘limi hisoblanadi va oliygoh Nizomi asosida faoliyat ko‘rsatadi. O‘quv-uslubiy boshqarma o‘z faoliyatida universitet rektori buyruqlari va ko‘rsatmalariga asoslanadi.
O‘quv-uslubiy boshqarma quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
• universitetning o‘quv ishlarini boshqaradi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rnatgan tartibda o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda o‘quv jarayonini tashkil qiladi;
• zamon talablariga muvofiq holda o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi;
• fakultetlar o‘quv rejasida aks etgan ta’lim maqsadlarini o‘rnatadi;
• zamonaviy baholash usullari, jumladan reyting tizimiga asoslangan yozma ish usuli, og‘zaki, testlar orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini amaldagi Nizom talablari asosida baholanishini nazorat qiladi. Mazkur nazorat natijalari asosida o‘quv tematik rejalarga aniqliklar kiritadi, talabalar bilan individual ishlash shakllarini aniqlaydi;
• uinversitet professor-o‘qituvchilarining tarkibini va ularning o‘quv rejalari va yuklamalarining bajarilishini nazorat qiladi;
• soatbay to‘lov asosidagi va o‘rindosh o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini belgilaydi;
• professor-o‘qituvchilar tarkibining zamonaviy va innovatsion tajribalarini o‘rganadi va umumlashtiradi;
• fakultetlarda o‘quv jarayonining tashkil qilinishini tekshirib boradi, nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida dekanlar e’tiboriga havola etadi;
• yangi o‘quv rejalarining ishlab chiqilishini tashkil etadi;
• o‘quv jarayoni jadvalini ishlab chiqadi va ishchi o‘quv rejalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi;
• mashg‘ulotlar jadvalini tuzishni tashkil etadi va ularni tuzish bo‘yicha metodik rahbarlik qiladi;
• universitet o‘qituvchilarining o‘quv soatlarini tahlil qiladi va o‘qituvchilarni fakultetlarga taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
• o‘quv auditoriyalar fondini fakultetlar orasida taqsimlaydi;
• o‘quv mashg‘ulotlari yuzasidan joriy dispetcherlik nazoratini olib boradi;
• kafedra filiallari tuzish ishida qatnashadi;
• professor-o‘qituvchilar tarkibi haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil qiladi;
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdiqlagan qoida asosida talabalarning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini umumiy tarzda boshqaradi va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
• kafedralar ish faoliyatini o‘rganadi va tajribalarini umumlashtiradi. Kafedralar faoliyati maqsadga muvofiqligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritadi.