Sifat — predmetning doimiy yoki o'zgarmas belgisini ifodalovchi so'z turkumidir. U predmetning qandayligini, xususiyatini, holatini, rangini, hajmini, shaklini, ta'm va hidini, o'lchovini, o'rin va vaqtga munosabatini bildiradi. Sifatlar asosan otga bog'lanib, uni aniqlaydi. Masalan: oq ko'ylak, yumshoq non, aqlli bola, kuzgi shamol .
Xususiyat bildiruvchi sifatlar: kamtarin, sho'x, ziqna, sodda, yo'rg'a, mehribon
Holat bildiruvchi sifatlar: keksa, badavlat, iliq, tinch, salqin, ochiq, xursand
Shakl-ko'rinish bildiruvchi sifatlar: gavdali, novcha, qiyshiq, yassi
Rang-tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, pushti
Hajm-o'lchov bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, yaqin, katta, og'ir
Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar: nordon, achchiq, bemaza, shirin
Hid bildiruvchi sifatlar: muattar, xushbo'y, badbo'y
O'rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar: kechki, tonggi, kuzgi, bahorgi