Veb kvest haqida ma’lumot
Muallif
Mirbabaeva Nodira Solievna, Qo‘qon davlat universiteti “Maxsus pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi (Qo‘qon, O‘zbekiston)
Nomi
Quyosh bolalar
Maqsad va vazifalar
Veb kvest maqsadi - Talabalar mustaqil ta'limini samarali tashkil qilish
Veb kvest vazifalari:
Talabalarning Daun bolalrni o’qitish va tarbiyalashning asosiy maqsadi va vazifalari haqidagi bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash;
talabalarning bilim faolligini rag'batlantirish;
o‘quv jarayonida zamonaviy AKTdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Web kvestda kodlash uchun shior, iqtibos
Har bir shaxs qanchalik imkoniyati cheklangan bo'lmasin, jismoniy va ma'naviy kuchini oshirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega.
Interaktiv tarix
Veb-kvest seni xromosoma kasalliklari, Daun sindromi, ularni o'qitish va tarbiyalash haqidagi bilimlaringni kengaytiradi. Unda ko'plab foydali ma'lumotlar va qo'shimcha manbalarga havolalar mavjud. Veb-kvestning har bir bosqichida bilim darajangni mustaqil baholashga yordam beradigan interfaol mashqlar mavjud. Har bir bosqichda sen kalit so'zni yig'ib, veb-kvestni yakunlash uchun kalit so'zlarini topasan. Nega bu kerak? Nafaqat "Defektolog" bo'lish, balki mas'uliyatli mutaxassis bo'lish! Umid qilamanki, bu veb-kvestni yakunlashing uchun yaxshi motivatsiya bo'ladi.
Mavzu sohasi
Pedagogik mahorat
Fanlararo aloqalar
Maxsus pedagogika, Oligofrenopedagogika, oligofrenopsixologiya
Veb kvest haqida ma’lumot
Zarur asosiy bilim, ko’nikma, malakalar
Veb-kvest ishtirokchilari maxsus pedagogika terminlarini tushunishlari va Internet resurslari bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lishlari kerak.
Veb kvest bosqichlari
1. Daun sindromi
2. Daun sindromining rivojlanishi
3. Daun sindromini reabilitasiyasi
4. Daun sindromi: nutq
5. Daun sindromi adaptatsiyasi
6. Daun sindromi + oila
7. Daun sindromi + maktab
8. Daun sindromi + yozuv
9. Daun sindromi + matematika
10. Daun sindromi + mashg‘ulot
11. Yakuniy bosqich
Asosiy bilimlar, ko'nikmalar va malakalar
Web-kvest ishtirokchilari maxsus pedagogik terminlarni tushunishlari va internet resurslaridan foydalanishda malakali bo‘lishlari kerak.
Loyiha uchun zarur bo'lgan materiallar va manbalar
Planshet, noutbuk yoki kompyuter;
Windows 10 operatsion tizimi, fayllarni boshqarish dasturi, matnni qayta ishlash dasturi va elektron pochta dasturi;
Veb-servis: https://learningapps.org/,
Veb-kvest muallifi
Mirbabayeva Nodira Soliyevna Qo'qon Davlat universiteti Maxsus pedagogika kafedrasi o'qituvchisi:O'zbekiston respublikasi. Qo'qon sh. El.manzi mirboboyeva798@gmail.com