FORMATIV BAHOLASH ORQALI 3-SINF O‘QUVCHILARINI O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA TANQIDIY FIKRLASHGA O‘RGATISH USULLARI
FORMATIV BAHOLASH ORQALI 3-SINF O‘QUVCHILARINI O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA TANQIDIY FIKRLASHGA O‘RGATISH USULLARI
Pozilov Hamidjon Ikromjon o‘g‘lining “Formativ baholash orqali 3-sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashga o‘rgatish usullari” mavzusida tayyorlagan
YAKUNIY LOYIHA ISHI
Ilmiy rahbar: Parpiyev Odil Olimovich - Qoʻqon universiteti katta o‘qituvchisi
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining bilim darajasi hamda o‘zlashtirish jarayonini doimiy baholab borish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri sanaladi. Bunda muvaffaqiyatga erishish vositasi sifatida formativ baholashdan foydalanish mumkin. Ushbu maqolada formativ baholash orqali 3-sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashga oʻrgatish hamda mantiqiy, ijodiy tafakkurini rivojlantirish usullari rivojlangan mamlakatlar tajribasi, pedagogika sohasidagi olimlarning ilmiy tadqiqotlari natijalari asosida atroflicha bayon qilindi.
Qolaversa, oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish boʻyicha maxsus tizimli ishlarga ehtiyoj borligi, buning uchun oʻquvchilarni maxsus tayyorlash zarurligi koʻrsatilgan. Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashlarini shakllantirishda ularning obyektiv va subyektiv munosabatlarini rivojlantirish bilan birga dars jarayonidagi didaktik topshiriqlar, turli metodikalar, oʻquvchilarga pedagogik taʼsir koʻrsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.