U FIFPro Special tomonidan, muhlislar tanlovchi yagona unvonga – „2005-yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ nomiga sazovor boʻldi. Shu jumladan u FIFAning 2005-yil oʻyinchilari reytingida 20-oʻrinni egallaydi.
Jahon Chempionatidagi mojaroga qaramay, Ronaldo Manchester Unitedning koʻpchilik muxlislari orasida sevimli oʻyinchilardan biri boʻlib qoladi. 2006-yil Jahon Chempionatidan soʻng ingliz birinchiligining dastlabki oʻyinida Manchester United muhlislari tribunalarning har hil joylaridan aniq-tiniq „faqat Ronaldo birinchi“ degan qoʻshiqni tinglaydilar. Bu vaqtda Manchester United Fulhem FK ustidan 5-1 hisob bilan gʻalaba qozonadi.
Oʻshandan buyon, BBCning xabar berishicha Ronaldo Manchester Unitedni boshqa tark etishni hohlamaydi va klubga qaytishdan baxtiyor.
U Berkleyning 2006-yil noyabrdagi eng yaxshi oʻyinchisi unvoniga sazovor boʻldi.
2006-yil dekabrida Ronaldo liganing 3 oʻyinida 6ta gol urib, oʻzining hisobini 12ta golga yetkazadi va Unitedning eng muhim oʻyinchilaridan biriga aylandi. U Vigan Atletik bilan uchrashuvning ikkinchi yarmida zahiradan oʻyinga tushib, shu zahotiyoq bir necha daqiqa ichida 2 gol urib matchga yakun yasaydi. Manchester Unitedning treneri Ser Alex Ferguson portugal bilan uning shu mavsumda 15ta gol ura olishi haqidagi parisini yutqazdim deydi. Skott shunday deydi: „U uchun xursandman, chunki unga juda qiyin boʻldi. U oʻyinni koʻzini biladi. Uning toʻp bilan oldinga oʻta olishi bu mavsumda unga qoʻl keldi. Bu uning yetilganligini koʻrsatdi. U eng zoʻr boʻldi va kelajakda bundan ham oshadi“.
2011-yilda Ronaldo Real Madrid tarkibida mavsumni 53 ta gol bilan yakunlab, klub tarixidagi bir mavsumda eng koʻp gol urgan futbolchi boʻldi. Oltin butsa yutib, ikki turli chempionatda bu mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi sportchi boʻldi.
Tarjimai holi
Cristiano Ronaldo Potugaliyaning Madeyra, Funshal shahrida tugʻilgan. Onasi – Maria Dolores dos Santos Aveiro, otasi – José Dinis Aveiro. Ota-onasi uning ismini AQSH prezidenti Ronald Reagan sharafiga qoʻyganlar, chunki u otasining eng sevimli aktyori boʻlgan[12].
uch yoshidan futbol oʻynaydi va olti yoshida boshlangʻich maktabga chiqqanida uning sportga boʻlgan muhabbati yaqqol koʻrina boshlanadi. Uning sevimli oʻsmirlar jamoasi Benfika klubi boʻlgan, lekin shunga qaramay keyinroq ularning raqibi Sportingga qoʻshiladi. 8 yoshida u otasi murabbiy boʻlgan Andorinha jamoasi uchun toʻp suradi, 1995-yili, atigi oʻn yoshida Cristianu Ronaldoning shuhrati butun Portugaliya boʻylab tarqaladi. Madeyraning ikki yetakchi jamoalari, Marítimo va Nacional u bilan shartnoma tuzishga qiziqib qoladilar. Kattaroq jamoa boʻlgan Maritimo, Andorinhaning menejeri Rui Santos bilan hal qiluvchi uchrashuvni qoʻldan boy beradi va natijada Ronaldo Nacionalga qoʻshiladi. Nacionaldagi yutuqlaridan soʻng Ronaldo Lissabonga otlanib uch kun vaqtinchalik Sportingda oʻynaydi va natijada Sportingda qoladi[13].
Ronaldo Sportingning Alcochete „futbol fabrikasi“da tayyorgarlik oʻtaydigan boshqa yosh oʻyinchilariga qoʻshiladi. Bu yerda u yuqori malakali maktabni oʻtaydi. Ronaldo oʻz debyutini Lissabon Sportingi uchun Moreirensega qarshi oʻyinida 2 gol urib boshlaydi. Shu jumladan u Portugaliya tarkibida UEFAning U-17 chempionatida toʻp suradi.
Uning UEFA U-17 chempionatlarida koʻrsatgan oʻyinlari dunyo futbolining nazarini tortadi. 16 yoshida u bilan Liverpul FKning menejeri Gérard Houllier qiziqib qoladi. Ammo, keyinchalik Liverpul uni rad etadi, chunki Ronaldo juda ham yosh edi va uning yetakchi futbolchi sifatida namoyon boʻlishi uchun koʻp vaqt talab qilinardi. Aynan shu paytda, 2003-yil yozida, Lissabondagi Alvalade XXI stadionining ochilish marosimi, Sporting Manchester Unitedni 3-1 hisobi bilan yutganida esa Ronaldo Ser Alex Fergusonning diqqatini tortadi. Ronaldo ikkala qanotda oʻynay olish qobiliyatini namoyish etadi. Matchdan soʻng Unitedning oʻyinchilari katta qiziqish bilan yosh isteʼdod haqida gapiradilar va kelajakda u bilan oʻz jamoalarida oʻynashni xohlashayotganini bildiradilar.