Uzbekiska
O'zbekiston-Uzbekistan
O'zbek tili (Uzbekiska språket)
Tilga e'tibor-elga e'tibor, deydilar. Til millatning ruhi, bebayo boyligidir. Har bir millatning o'z tili bo'ladi. Til vositasida uning turmush tarzi, ma'naviy qadriyatlari, urf-odatlari ifodalanadi. O'zbek tili Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va boy tillardan biridir. Yevropada roman tillarining rivojlanishida lotin tili qanday o'rin tutgan bo'lsa, Markaziy Osiyo mintaqasidagi turkiy tillarning rivojlanishida ham o'zbek tili shunday o'rin tutgan. O'zbek tilining imkoniyatlari shu qadar kengki, unda nasr va nazm uchun kerakli bo'lgan so'z boyligi, go'zal va nafis uslublarni ko'plab topish mumkin. XV asrda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy o'zining "Ikki til muhokamasi" kitobida o'zbek tilini naqadar go'zal til ekanligini asoslab bergan. Shuning uchun Alisher Navoiy o'zbek adabiy tilining asoschisi hisoblanadi.
O'zbek alifbosi-Uzbekiska alfabetet
Lotin grafikasiga asoslangan harftovush yozuv turi. Oʻzbek yozuvi tarixida lotin yozuviga asoslangan alifboning bir necha variantlari qabul qilingan. Yangi oʻzbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekanligi belgilangan.
O'zbek milliy liboslari-uzbekiska nationella kläder
O‘zbekistonning 14 hududida ayollarning milliy liboslari bir-biridan farq qiladi.
Kvinnors nationella kläder skiljer sig åt i 14 regioner i Uzbekistan.
O'zbek milliy liboslari-uzbekiska nationella kläder
O’zbek milliy liboslari o’zining navqironligi bilan ajralib turadi. Uning rang-barang turlari, hilma-hil naqshlari har bitta insonni ayniqsa ayollarni betakror bezab turadi. O’zbek milliy liboslari boy tarixga ega. Ular miloddan avvalgi 2-asrda mavjud bo’lgan mashxur Buyuk Ipak Yo’li ya’ni Sharq bilan G’arbni tutashtirgan karvon yo’llariga taqaladi.
O'zbek milliy liboslari-uzbekiska nationella kläder
Bugungi kunda o’zbek milliy liboslari har kundalik hayotda kiyilmay qo’yilgan.Ayrimlari zamonaviy tusda o’zgartirib kiyilmoqda, lekin to’y, kelin salom, Hayit va Navro’z bayramlarida albatta kiyiladi. Oʻzbek milliy kiyimi — Oʻzbek xalqining milliy oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan kiyimlar.
Navro'z- Navruz är en av de äldsta av våra nationella traditioner.
Milliy urf-odatlarimizning qadimiylaridan biri Navro’zdir. Sharq xalqlarida Navro’z yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Navro’z so’zining tarjimasi ham ”Yangi kun” degan ma’noni bildiradi. Har yili 21-martda tun bilan kun tenglashadi. Shu kundan boshlab kunlar uzayib, tunlar qisqara boshlaydi. Kunlar isib, qorlar erib, bahor o’z o’rnini to’liq egallaydi. Dehqonlar va bog’bonlar dala va bog’larda ekin ekish va daraxtlarni parvarishlashni boshlab yuboradilar. Butun tabiat qaytadan uyg’onadi va yangi hayot boshlanadi. Shuning uchun Navro’zni bahor va mehnat bayrami deb ham ataydilar.
O'zbek milliy taomlari-Uzbekiska nationella rätter
O'zbek milliy taomlari Markaziy Osiyodagi eng rang-barang ovqatlardan biridir. Mintaqada istiqomat qiluvchi o'troq va ko'chmanchi millatlarning bir necha asrlar davomida to'plangan oshpazlik an'analari bugungi kunda yagona va hammamizga tushunarli bo'lgan o'zbek oshxonasining mazzali taomlari majmuasida mujassamlashgan.
Ona tili kuni-Modersmålsdagen
Nutq eng ulug' boylikdir. Inson gapira olishi, nutqi bilan ulug'dir. Barcha asrlarda xalqlarni bir-biriga bog'laydigan, yaqinlashtiradigan asosiy vosita til bo'lgan. Ona tili-har bir elatning, xalqning, millatning o'z tili. Ona tili lug'at tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va an'analarini ifodalaydigan so'z va tushunchalardan iborat bo'ladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Suvsiz daryo bo'lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi.
Ona tili kuni uchun o'quvchilarning bajargan ishlari- Lagstadiet och mellanstadiet elevernas arbete för modersmålsdagen.
Yuqori sinf o'quvchilarining ona tili kuni uchun bajargan taqdimotlari- Högstadiet elevernas presentationer för modersmålsdagen.
Ona tilim-Mitt modersmål (dikt) Alla bo'lib jaranglagan Ona tilim jonu dilim. Unga, axir payvastadir Qadru qimmat, mehr bilim. Buyuk Temur jahon bo'ylab Dovrug'ini solgan tilim. Mir Alisher bobomlardan Meros bo'lib qolgan tilim. Bobur Mirzo she'rlaridan Rang va ohang olgan tilim.
Ona tilim-Mitt modersmål (dikt) Ona tilim-jon tilim, Ona tilim-shon tilim, Ulug'larga yor bo'lgan, Chirog'im-ulug' tilim, Ona tilim-jon tilim. Jonday aziz, non tilim, Navoiy, Bobur bo'lib, Zuhroyu Tohir bo'lib, Qonimdan ungan tilim
Ona tili darsimizdagi eng qiziqarli taqdimotlar- De mest intressanta presentationer i våra lektioner.