Zomin

Zomin aeroporti

Aeroport 60 gektar yer maydonida tashkil etilib, 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega, 200dan ziyod xodimlar faoliyat yuritadi. 

Aeroportda jami 200 dan ziyod xodimlar faoliyat yuritib, 110 ta texnika bilan ishlar olib boriladi. Shuningdek, aeroport infratuzilmasi, muxandislik kommunikatsiyasi, uchish-qo‘nish, xarakatlanish yo‘laklari va perronni loyihalash jarayonlari kechmoqda.

Bundan tashqari, qurilish, uchish va qo‘nishni ta’minlash bo‘yicha radio va aeronavigatsiya uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish ishlari belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

Aeroporvt va aviaqatnovlar orqali mamlakatning olis hududlaridan mahalliy sayyohlarni, poytaxt shahri va boshqa viloyatlardan xorijiy sayyohlarning tashriflarini samarali tashkil etish imkoniyati yaratiladi, deyiladi xabarda. 

WYNDHAM

 Zomin tumanining “Suffa” platosida 720 o‘rinli 3 ta zamonaviy mehmonxona foydalanishga topshirildi.

Wyndham Garden Zomin-da dam olish bilan Zomin milliy bog'ining toza havosi va ulug'vor tog' manzaralaridan bahramand bo'ling. A376 dan, Samarqand xalqaro aeroportidan (SKD) 200 kilometr va Toshkent xalqaro aeroportidan (TAS) 250 kilometr uzoqlikda joylashgan bo'lib, biz O'zbekistonning eng qadimgi qo'riqxonasida sayr qilish, baliq ovlash, chang'ida uchish va yovvoyi tabiatni tomosha qilish kabi ochiq havoda sarguzashtlarga kirish eshigimiz. Oilaviy ta'tillar yoki jamoaviy kompaniya sayohatlari uchun ideal bo'lgan bizning dam olish maskanimiz o'z joyida ovqatlanish, kundalik va tungi o'yin-kulgi, bolalarga qarash xizmati va 24/7 xavfsizlikni ta'minlaydi.

VID_20240416_181437_007.mp4
VID_20240415_135715_897.mp4

Peshag`or g`ori

Afsonaviy g‘or ichiga yurib borarkansiz, beixtiyor devorlardagi granit va ohaktoshlar e’tiboringizni tortadi. G‘orning ichki ko‘rinishi nihoyatda g‘aroyib. Ayrim toshlardagi shakllar odam va sherlarni eslatadi.

Shuningdek, mahalliy aholidan qadimiy obidaning bir necha yillar yov yo‘liga mustahkam to‘siq vazifasini o‘taganligi hamda dushman suvoriylaridan himoya qilib kelganligi haqidagi qiziq afsonalarni bilib olish imkoniga ham ega bo‘lasiz.


Peshag`or g`ori

 Peshag‘or g‘ori Jizzax viloyatining turizm marshruti ro‘yxatiga kiritildi. Bu degani ushbu hududda yangi ish o‘rinlari ko‘payishiga olib keladi. 2023-yil 1-yanvardan 30-may kuniga qadar “Peshag‘or” g‘ori madaniy meros ob’yektiga 1200 nafar mahalliy, 635 nafar xorijiy sayyoh tashrifi kuzatilgan.  Kelgusida ushbu hududda turistlarga xizmat ko‘rsatish servisini rivojlantirish rejalashtirilgan.  Hozirda Xo‘jai Serob ota ziyoratgohi va g‘orgacha bo‘lgan 12 km masofadagi yo‘l "Obod qishloq" davlat dasturiga muvofiq to‘liq asfaltlashtirilgan. Ushbu hududning jozibadorligini oshirish maqsadida sayyohlar uchun turli xil servislarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Miq qal`asi

Arxeologlarning ma’lumotiga ko‘ra, “Miq” qal’asi milodiy VII asrlarda qurilgan, undagi hayot XII asr o‘rtalariga qadar davom etgan. “Miq” qal’asi aholisi asosan temir rudasini qazib olish, uni eritish va qisman undan ish hamda harbiy qurollar yasash bilan shug‘ullanishgan. “Miq” qal’asi o‘zbek xalqi boy tarixi va hunarmandchilik madaniyatining takrorlanmas bir qirrasidir.


Zomin tumani "Yunost" dam olish markazi faoliyati.

Bugungi kunda Jizzax viloyatida dam olish markazlari soni 19 ta bo'lib, tadbirkorlar ushbu sohada ham o'z faoliyatlarini olib bormoqda. Jizzax viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Tadbirkorlar bilan ishlash bo'limi mutaxassislari tomonidan ushbu dam olish markazi faoliyati o'rganildi.  Ushbu dam olish markazi 11 ta xona, 3 kotej va 46 ta joylar mavjud bo'lib, bugungi kunda nafaqat mahalliy balki xorijiy sayyohlar ham dam olmoqda. O'rganish davomida sertifikati mavjud ekanligi, joylashtirish vositasi qonuniy tashkil etilganligi, joylashtirish vositasini talab darajasida ekanligi o'rganilib, kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berildi. Tadbirkor bilan suhbat jarayonida faoliyati davomida uchrayotgan muammolari o'rganildi.

O`zbekiston Shvetsariyasi

 Zomin tumani o'zining suv ombori, mazali qurtlari va takrorlanmas ta'mga ega qozon patirlari bilan ham sayyohlarni o'ziga jalb qiladi.

Baxt ko`prigi

Shahar shovqinidan charchaganlar uchun ekzotik atmosferadagi yangi turistik manzil. Zominda joylashgan “Baxt ko‘prigi” majmuasi Sizga ekstremal hissiyotlarni baxsh etadi.

Bu yerda Siz baxtli hayotingizning ilk kunlarini tarix zarvaraqlariga muhrlashingiz mumkin.

Do‘stlar davrasi yoki oilaviy dam olishni istaganlar uchun yaxshi tanlov va unutilmas taassurotlarni taqdim etadi.

Zamonaviy mehmonxonalar va yuqori did bilan xizmat ko‘rsatuvchi restoranlar ham Sizning xizmatingizda bo‘ladi.


Zomin dor yo`li

Dor yo‘lining uzunligi 2102 metr bo‘lib, 12 ta minorali 11 ta ustunga ega va soatiga 1200 sayyohga xizmat ko‘rsatishga qodir. Quyi stansiyaning balandligi dengiz sathidan 1961,1 metr, yuqori stansiyasi 2490,6 metr (balandlik farqi 529,5 metr). 11-minoraning balandligi 35 metr bo‘lib, 8- va 9-ustunlar orasidagi eng katta masofa 615 metrdan iborat. 

Yo‘lning eng katta qiyaligi 42 gradus. Maksimal harakat tezligi sekundiga 6 metr. Harakat paytida kabinalar orasidagi masofa 141 metrni tashkil qiladi. 36 zamonaviy kabina sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi. 


VID_20240415_142435_469.mp4

Zomin soy mehmonxonasi













VID_20240415_142506_780.mp4