26-iyun
09:00-16:00 Ro'yxatdan o'tish va joylashish
17:00-18:30 Ochilish marosimi
19:00-20:00 Kechlik
27-iyun
07:00-08:00 Nonushta
08:00-13:00 Olimpiada 1-kun
13:00 -14:30 Tushlik
14:00 - 00:00 Hakamlar hay'ati ishlarni tekshiradi (Jamoa rahbarlari tekshirish jarayoniga ko'maklashadi)
15:00- 16:30 1-kun masalalari tahlili
19:00-20:00 Kechlik
28-iyun
07:00-08:00 Nonushta
08:00-13:00 Olimpiada 2-kun
08:00-13:00 Jamoa rahbarlari uchun appelyatsiya jarayonlari boshlanadi
13:00 -14:30 Tushlik
14:00 - 00:00 Hakamlar hay'ati ishlarni tekshiradi va appelyatsiya jarayoni boshlanadi(Jamoa rahbarlari tekshirish jarayoniga ko'maklashadi)
15:00- 16:30 Universitet kampusida ochiq havoda 2-kun masalalari tahlili
16:30-19:00 Olimlar bilan suhbat hamda stol tennisi musobaqalari
19:00-20:00 Kechlik
29-iyun
07:00-08:00 Nonushta
08:00-16:00 Olimlar bilan suhbatlar va appelyatsya jarayonlari (appelyatsiyaga faqatgina jamoa rahbarlari qatnashadi, talabalar appelyatsiya jarayoniga aralashmaydi)
13:00-14:00 Tushlik
17:00-18:00 Taqdirlash marosimi
19:00-20:00 Ochiq havoda xayrlashuv banketi
Olimpiadada 2 kun 5 tadan masala beriladi, har kungi masalalarni yechish uchun talabalarga 5 soatdan vaqt ajratiladi. Har bir masalaga 10 balldan ball beriladi.
Olimpiadaga qatnashishda jamoaviy ro'yxatdan o'tiladi. Bir jamoada jamoa rahbari va 6 tagacha talaba bo'lishi mumkin. Olimpiadada jamoa rahbarisiz va alohida o`zingiz ham qatnashsangiz bo`ladi.
Appelyatsiya jarayonida talabalar umuman aralashmaydi, barcha appelyatsiya jarayonlarida jamoa rahbarlari shogirdlari isharini himoya qiladi.
Olimpiadada 1-4 kurs bakalavr talabalari va magistratura bosqichi 1-kurs talabalari qatnashishi mumkin.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti olimpiadaga mezbonlik qiladi
TIFT universiteti olimpiadamizga homiylik qilmoqda va olimpiadani tashkillashtirishga yaqindan ko'maklashmoqda