O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida 2025-yil 12-dekabr kuni “Sun’iy intellekt davrida til ta’limini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Konferensiyada sun’iy intellekt davrida til ta’limini rivojlantirish, qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik, xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion yondashuvlari, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinadi.
Ishtirokchilar: professor-o‘qituvchilar, olimlar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar va mustaqil izlanuvchilar.
1-sho‘ba. Til o‘rgatishda sun’iy intellekt
2-sho‘ba. Til o‘qitishda innovatsion metodlar
3-sho'ba. Baholash va fidbek mexanizmlari
5-sho‘ba. Gibrid va aralash til ta’limi
4-sho‘ba. Baholash va fidbek mexanizmlari
Tezis mavzusi bosh harflar, 14 shrift, o‘rtaga yoziladi.
Keyingi qatorda muallif(lar)ning familiyasi va ismi, lavozimi, ilmiy darajasi, elektron pochta manzili va telefon raqami ko‘rsatiladi.
Tezislar Microsoft Word dasturida, Times New Roman shriftida yoziladi.
Hajm: 3–5 bet (o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida).
Shrift: Times New Roman, 12 pt, 1 interval.
Chegaralar: chap 3 sm, o‘ng 1,5 sm, yuqori/past 2 sm.
Tezis boshida: Har qanday tilda yozilgan tezis matni boshida o‘zbek, ingliz va rus tillarida annotatsiya va kalit so‘zlar beriladi.
Ko‘chirma oxirida: adabiyotga havola APA formatida beriladi, masalan: (Apresyan, 1992).
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn oxirida APA formatida beriladi.
Tezis va maqolalar elektron shaklda yuboriladi.
Muallif(lar) mazmunning haqqoniyligi va keltirilgan ma’lumotlar uchun mas’uldir.
Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz.
Konferensiya materiallari elektron to‘plam holida chop etiladi.
Materiallar Google Scholar bazasida indekslanadi.
Har bir maqolaga DOI raqami biriktiriladi.
Talablarga javob bermagan yoki belgilangan muddatdan kech yuborilgan tezislar to‘plamga kiritilmaydi. Tahririyatdan o‘tmagan ishlar mualliflarga qaytarilmaydi.
Maqolalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida qabul qilinadi.
To‘lov uchun plastik raqam: 5614 6812 5398 1017 (OYGUL NAJIMIDDINOVA)
To‘lov skrinshoti + muallif ma’lumotlari
📱 +998 91 222-81-71 (Telegram)
📞 +998 90 977-49-07
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi
📍 Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 21A.