O'zbekiston davlat qo'riqxonalari
O'zbekiston davlat qo'riqxonalari
Zomin Turkiston tog’ tizmalari bag’ridagi eng xushmanzara maskanlardan. Dengiz sathidan to’rt ming metr balandlikda joylashgan noyob ekotizimga ega Zomin xalq bog’i va Zomin davlat qo’riqxonasida o’simliklarning 700 dan ziyod, kam uchraydigan yovvoyi hayvonlarning esa 150 turi mavjud.Zomin o’rmon xo’jaligida archa, bodom, pista, tog’ teragi kabi daraxtlar ko’chatlari parvarishlanib, mamlakatimizning boshqa hududlariga yetkazib berilmoqda.Go’zal tog’ tabiatidan bahra olish, archazorlar qo’ynidagi Zomin sanatoriysida sog’lig’ini mustahkamlash uchun bu yerga mamlakatimizning barcha hududlaridan sayyohlar, dam oluvchilar uzluksiz kelib turadi. So’nggi yillarda bu xushmanzara hudud xorijlik sayyohlar e’tiborini ham torta boshladi. Uning o’ziga xos ekzotik tabiati, xilma-xil landshafti, flora va faunasi, O’riklisoy sharsharasi, 700 yoshli Boboyong’oq kabi tabiat yodgorliklari, tarixiy maskanlar sayyohlarda katta qiziqish uyg’otmoqda.Zomindagi 700 yoshlik Boboyong’oqZomindagi 700 yoshlik Boboyong’oq Ayni paytda Zomin davlat qo’riqxonasi hududidagi O’riklisoy, Hulkar, Usmonlisoy, Pishag’ar qishloqlarida sayyohlar uchun oltita uy-mehmonxona qurib bitkazildi. Xorijlik sayyohlar uchun maishiy, transport, yo’lboshlovchilik, oshxona kabi xizmatlar yo’lga qo’yildi.
Hisor davlat qoʻriqxonasi — Qashqadaryo viloyatida, Hisor togʻ tizmalari gʻarbida (Yakkabogʻ va Shahrisabz tumanlari togʻli hududlarida) joylashgan davlat qoʻriqxonasi. Qizilsuv (1975) va Miroqi (1976) qoʻriqxonalari negizida tashkil qilingan (1983). Maydoni 80.986,1 ga, shundan 12203 ga oʻrmonzorlar, 2745 ga oʻtloqzor, 17mga suv havzalaridan iborat. Tabiiy landshaft majmualari va Hisor togʻ tizmasi ekotizmlarini saqlash maqsadlarida tashkil etilgan. Qoʻriqxonada oʻsimliklarning 870 (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dorivor oʻsimliklarning tukli karrak, egri tikan karrak, Butkov astragali, oq parpi, Oshanin piyozi, anzur piyoz kabi 35 dan ortiq), qushlar va hayvonlarning 140 dan ortiq (qora qoplon, turkiston silovsini, qoʻngʻir ayiq, burgut, oq boshli qumoy, itolgʻi, qora laylak va boshqalar) turi mavjud[1] Hisor qoʻriqxonasi florasi oʻsimliklarning 910 turini oʻz ichiga olgan boʻlib, ulardan 250 tasi dorivor va oziq-ovqat oʻsimliklari, 80 tasi Pomir-Oloy florasining endemik vakillari, 30 tasi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob turlardir[2]. Hisor qoʻriqxonasi faunasi sut emizuvchilarning 32 turi, qushlarning 215 turi, sudralib yuruvchilar va amfibiyalarning 19 turi, baliqlarning 2 turi, umurtqasizlarning 950 turini oʻz ichiga oladi. Bu hayvonlardan sut emizuvchilarning 10 turi, qushlarning 17 turi, baliqlarning 1 turi va hasharotlarning 6 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga, mahalliy hayvonlarning 5 turi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobiga kiritilgan[3]. Hisor qoʻriqxonasi oʻzining goʻzal manzaralari, turli boʻshliqli karst platolari, togʻ va koʻllari hamda sharsharalari bilan mashhur. Qoʻriqxona hududida oʻnga yaqin tabiiy yodgorliklar va bir qancha tarixiy obyektlar, jumladan, Amir Temur gʻori, Hazrat-Sulton togʻi kabi mashhur ziyoratgohlari joylashgan. Hisor qoʻriqxonasi madaniy, ekologik va diniy turizmning muhim markazlaridan biri sanaladi
Amudaryo bo‘yida nafaqat o‘rmonlar va o‘tloqlar, balki Qizilqum cho‘lining bir qismi ham muhofaza qilinadi. Cho‘l qo‘riqlanadigan hudud qum zonasining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.Qo‘riqxonadagi cho‘l o‘simliklariga saksovul, cho‘l akatsiyasi, sho‘rak, astragal va efemer kiradi. Bu yerda, shunindek, terak, tol va qamish ham o‘sadi. Qo‘riqlanadigan hududning xilma-xil faunasini yovvoyi cho‘chqa, tulki, chiyabo‘ri, bo‘rsiq tashkil etadi. Buxoro bug‘ulari va ohulari bu yerda alohida qiziqish uyg‘otadi. Qo‘riqxonada ko‘plab kaltakesaklar va sudraluvchilar yashaydi. Bu yerda kaptar, baliqchiqush, qo‘ton, o‘rdak, qirg‘ovul, saqoqush va flamingo kabi qushlarni uchratishingiz mumkin. Qo‘riqxona turli xil baliq turlari, jumladan, zog‘orabaliq, xumbosh baliq, cho‘rtanbaliq, qizilqanot, leshch va laqqa balik bilan mashhurdir.
Dunyoda tabiat va tarixning barcha ajoyibotlari va go‘zalliklarini bir joyda uchratish mumkin joylar ko‘p emas. Shulardan biri Nurota qo‘riqxonasidir. U Jizzax viloyatidagi Nurota tog‘ tizmasining markaziy qismida joylashgan. Qo‘riqxonaning umumiy maydoni 17800 gektarni tashkil etadi. Nurota qo‘riqxonasi o‘tgan asrning 70-yillarida Xalqaro qizil kitob (Xalqaro hayvonlarni muhofaza qilish ittifoqi) va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan arxarlarning alohida kenja turi - Seversev qo‘chqori populyatsiyasini saqlab qolish uchun tashkil etilgan edi. Bu yerda, shuningdek, tog‘ yong‘og‘i va shu yerda yetishtiriladigan maxsus meva navlarining genetik xilma-xilligi ham muhofaza qilinadi.Sayyohlarda betakror tabiat va hayvonot olamining rang-barangligidan tashqari, Nurota tizmasining o‘zi, qadimgi tosh rasmlari, go‘yo Aleksandr Makedonskiy tomonidan ekilgan mingyillik daraxt - Majrum soyi yonidagi Sharq biotasi, Fozilman ko‘li, manzarali tog‘ qishloqlari, Xonbandi to‘g‘oni, Seversev arxari pitomnigi katta qiziqish uyg‘otadi.Nurota qo‘riqxonasining boy va rang-barang faunasi sutemizuvchilarning 30 dan ortiq turini o‘z ichiga oladi. Tog‘larda Turkiston kalamushi, tosh suvsari va Seversev qo‘chqori yashaydi. Bu yerda, shuningdek, katta quloqli tipratikan, uzun ignali kirpi ham uchraydi. Yirtqichlar orasida tulki4, suvsar, tog‘ daralarida bo‘ri va cho‘l mushugi, bo‘rsiq va cho‘l sassiqkuzani yashaydi. Tog‘ etaklaridan baland tog‘largacha bo‘lgan yerlarda yovvoyi to‘ng‘izni uchratish mumkin. Saxiy tabiat ushbu hayvonlarning yashashi uchun barcha sharoitlarni yaratgan.Sudralib yuruvchilar orasida kulrang echkemar, yo‘l-yo‘l suvilon va O‘rta Osiyo kobrasi bor. Ushbu uchchala tur O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.Tog‘larning pastki mintaqasida cho‘l agamasi, O‘rta Osiyo toshbaqasi va kaltakesak yashaydi. U yoki bu yerda turli xil ilonlar: sariq ilon, yo‘l-yo‘l, ko‘p rangli va naqshli chipor ilonlar, ko‘lborilon uchraydi.Qushlarning migratsiya yo‘llaridan biri qo‘riqxona orqali o‘tishi ham qiziqarlidir. Yilning maxsus davrlarida Nurota qo‘riqxonasining butun hududi tom ma’noda qushlarning sayrashidan jaranglaydi. Bu yerda qo‘riqxonada ko‘pincha qora laylak, qora kalxat, oqbosh qumoy, burgut, qirg‘iyburgut, itolg‘i, karlik burgut va boltayutar, yo‘rg‘a tuvaloq mavjud bo‘lib, bularning barchasi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi – Amudaryoning quyi oqimida, Sulton Uvays togʻlari etaklarida, daryoning oʻng sohilida joylashgan qoʻriqxona. 1971-yilda tashkil etilgan. Maydoni 6462 ga, shundan 3975 ga toʻqay oʻrmonlari bilan qoplangan (1997). Asosiy vazifasi Amudaryo atrofi oʻsimlik va hayvonot olamini muhofaza qilish, toʻqayzorlarni ilmiy oʻrganish va boshqa Qoʻriqxonada 167 tur oʻsimlik (turangʻil, jiyda, tol, qamish, qizilmiya, kovul va boshqalar), 138 tur qushlar (miqqiy, xiva qirgʻovuli, zangori kabutar, kokildor toʻrgʻay, lochin, shu jumladan oʻtkinchi qushlar), 20 turdan koʻproq sut emizuvchilar – boʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq va boshqa, suv havzalarida bahri baliq, soxta lopatonos va boshqa yashaydi.
Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi — Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidagi qoʻriqxona. Zarafshon togʻ tizmasining janubi-gʻarbiy tarmoqlari, Jinnidaryoning soʻl qirgogʻi va Qoratogʻning shimoliyyon bagʻrida, Kitob shahridan 45 km sharqda joylashgan. Maydoni 5378 ga. Yerning geologik tarixiga oid tabiiy-ilmiy yodgorliklar boʻlmish noyob paleontologik-stratigrafik obʼyektlarni reja asosida oʻrganish va muhofazalash maqsadida 1979 yilda tashkil etilgan. Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasig .q.da oʻrta ordovik davridan boshlab devon va karbon davrlarining chegara qatlamlarigacha boʻlgan dengiz choʻkindi hosilalari paleozoy qatlami jinslarining yotish yoʻnalishini kundalangiga kesib oʻtgan bir kancha soy vodiylarida barqaror izchillikda kuzatiladi. Ular 16 ta turli guruhlarga mansub boʻlgan hayvonot va nabotot olamini ifodalovchi turli paleontologik krldiklar bilan tavsiflanadi.
Surxon davlat qoʻriqxonasi — Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining shimoliy gʻarbiy qismida joylashgan 2 mustaqil maydondan — Koʻhitang togʻining sharqiy yon bagʻri va Paygʻambaroroddan iborat qoʻriqxona. Paygʻambarorol uchastkasi vodiytoʻqay ekosistemalari va buxoro bugʻusini muhofaza kilish maqsadida 1971-yilda tashkil etilgan. Koʻxitang davlat buyurtma qoʻriqxonasi 1986-yilda Paygʻambarorol qoʻriqxonasi bilan birlashtirilib, Surxon davlat qoʻriqxonasi q. ga aylantirildi . Vazifasi qoʻriqxona hududidagi oʻsimlik va hayvonot olamini muhofaza qilish, oʻrganish, ilmiy tadqiqot ishlari olib borishdan iborat. Surxon davlat qoʻriqxonasiq.ning togʻoʻrmon ekosistemasiga kiruvchi Koʻhitang (dengiz sathidan 850-3157 m yuqori) qismi (24583 ga) gidrologik tarmoqqa, kattakichik soylarga boy, Laylakon, Qizilolmasoy kabi yirik daryolari ham bor.
Chatqol biosfera qoʻriqxonasi — Toshkent viloyatining Parkent tumani togʻli hududida, Chatqol togʻ tizmalarining janubigʻarbida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990-yil 21-iyundagi qarori bilan Chatqol qoʻriqxonasi (1947) negizida UgomChatqol davlat pgabiat milliy bogʻi tashkil etilishi munosabati bilan uning janubiy qismida alohida qoʻriqlanadigan hudud tarzida ajratilgan. Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish boshqarmasiga qaraydi. Gʻarbiy Tyanshanning ulkan va noyob oʻsimliklari, hayvonot va qushlarini oʻrganish, saqlab qolish va koʻpaytirish maqsadlarida ish olib boradi. Umumiy maydoni 9900 ga.
Zarafshon davlat qoʻriqxonasi — Samarqand viloyati (Zarafshon daryosining oʻng qirgʻogʻi) hududidagi qoʻriqxona. 1975-yildatashkil qilingan. Qoʻriqxona mayd. 2352 ga, shu jumladan oʻrmonzorlar bilan qoplangan mayd. 868 ga. Samarqand sh.dan 5 km janubisharqda joylashgan. Qoʻriqxona hududi daryo sohili boʻylab eni 150 m dan 1400 m gacha boʻlgan 35 km masofaga choʻzilgan. Asosiy vazifasi — toʻqay oʻsimliklari va hayvonot olamiga mansub tabiiy muhitni, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va hayvonlar genofondini saqlash, oʻrganish hamda tiklashdan iborat. Qoʻriqxona iqlim sharoitlari kontinental subtropiklarga xos. Havo harorati yozda +40° ga yetadi, qishda —27° gacha pasayadi. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 100–400 mm. Oʻsimlik dunyosi terak, tol, jiyda, chakanda kabi daraxt, buta va oʻt toʻqayzorlardan iborat. Qoʻriqxona hududida oʻsimliklarning 266, qushlarning 172, baliklarning 8 turi uchraydi. Qoʻriqxonada zarafshon qirgʻovuli muhofaza qilinadi va uni kataklarda boqib koʻpaytirish masalalari oʻrganilgan. 1996-yildan qoʻriqxonada Badaytoʻqay va Qizilqum qoʻriqxonalaridan keltirilgan 6 bosh buxoro bugʻusi (xongul)ni iqlimlashtirish boʻyicha ishlar olib boriladi. 1998-yilda ulardan birinchi nasl olindi va bu noyob hayvonni koʻpaytirish ishlari davom etmoqda