Onlayn olimpiada va axborot tizimi bo‘yicha ko‘p beriladigan savol-javoblar.

1-SAVOL: Men o‘quvchiman. Men onlayn olimpiadada ishtirok etishim uchun ro‘yxatdan o‘tishim kerak ekan, buni qanday amalga oshiraman?

JAVOB: O‘quvchi doimiy ravishda onlayn olimpiada ishtirok etib borishi uchun onlayn tizimda bir marotaba ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Shuningdek o‘quvchining ta’lim muassasasidagi mas’ul xodim (o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari) o‘quvchini ro‘yxatdan o‘tish haqidagi arizasini onlayn tarzda tizimda tasdiqlashi lozim.

O‘quvchi uchun axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish, onlayn olimpiadada ishtirok etish, natijalar, reytinglar bilan tanishish va ishtirokchi sertifikatini yuklab olish bo‘yicha to‘liq yo‘riqnomani bilan quyidagi rasmli yo'riqnoma bilan tanishib chiqing:

Carousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel image

2-SAVOL: Men maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariman, shuningdek maktabimizda fan olimpiadalari bo‘yicha mas’ul shaxs hisoblanaman. O‘quvchilarimiz onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishibdi, ularni tasdiqlashim kerak ekan, buni qanday amalga oshiraman?

JAVOB: Siz o‘quvchilaringizni axborot tizimida, ularning ma’lumotlari asosida tasdiqlaysiz yoki rad etasiz. Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni tasdiqlash bo‘yicha to‘liq yo‘riqnomani ochish uchun quyidagi havolaga bosing:

https://olympiad.uzedu.uz/Content/Files/SiteFiles/192c35d5-c7b4-4821-95a4-c0067ae281d4.pdf

3-SAVOL: Men 7-sinf o‘quvchisiman. Men bir oy oldin ro'yxatdan o'tganman va profilim tasdiqlangan edi. Lekin hozir axborot tizimida shaxsiy kabinetimga kirish uchun LOGIN va PAROL ni eslay olmayapman, qanday qilib qayta tiklasam bo‘ladi?

JAVOB: Hozirgi kunda o‘quvchilar o‘z login va parolini qayta tiklash uchun ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga murojaat qilishi mumkin. Ushbu mas'ul xodim sizning login va parolingizni aniqlab beradi.

Izoh: Kelajakda axborot tizimida login va parolni tiklash uchun qo‘shimcha funksiya ishga tushiriladi va bu elektron pochta manzili orqali amalga oshiriladi.

4-SAVOL: Menga ro‘yxatdan o‘tish uchun yuborish tugmasini bosganimda tizimda "Siz allaqachon ro‘yxatdan o‘tgansiz" degan ifoda chiqib qolayapti, biroq men oldin ro‘yxatdan o‘tmaganman. Shunday holat kuzatilsa nima qilishim kerak?

JAVOB: “Siz allaqachon ro‘yxatdan o‘tgansiz” xabari chiqayotgan bo‘lsa, demak siz ayni shu vaqtda boshqa bir profilga kirib turibsiz va undan chiqib ketmagansiz. Odatda bunday holat mas’ul xodim o‘z shaxsiy kabinetidan chiqmasdan turib, o‘quvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lganida kuzatilishi mumkin.

Buni bartaraf etish uchun siz avval kirgan profilingizda yuqori o‘ng burchakda joylashgan akkaunt belgisi ustiga bosing hamda “chiqish” tugmasini bosing. Shundan so‘ng siz boshqa bir profilga kira olasiz yoki yana ro‘yxatdan o‘tishni amalga oshira olasiz.

Yo‘riqnoma quyidagi rasmda:

Carousel imageCarousel image

5-SAVOL: Men akademik litsey o‘quvchisiman, onlayn olimpiadada ishtirok etsam bo‘ladimi?

JAVOB: Albatta, onlayn olimpiadalarda barcha turdagi umumta’lim maktablarining 4-11-sinf o‘quvchilari, shuningdek, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, Prezident va ijod maktablari, “Temurbeklar” maktablari, IIV akademik litseylari va xususiy maktab o‘quvchilari ham onlayn olimpiadada ishtirok eta oladi.

6-SAVOL: Men 2-maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariman. Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchimizni barcha ma’lumotlari tog‘ri edi, ammo ehtiyotsizligim sababli ushbu o‘quvchini axborot tizimida rad etdim. Ushbu o‘quvchi qayta ro‘yxatdan o‘ta oladimi?

JAVOB: Ha, buning uchun siz, avval ushbu o‘quvchi ma’lumotlarini tizimdan butunlay o‘chirishingiz talab etiladi. Buni bajarish uchun, shaxsiy kabinetgizdagi “Rad etilganlar” jadvalidan qizil tugmani bosish orqali o‘quvchi ma’lumotlarini o‘chiring.

7-SAVOL: Onlayn olimpiada qaysi fanlardan kimlar uchun o‘tkaziladi?

JAVOB: Onlayn olimpiada hozirgi kunda 5 ta fandan o‘tkaziladi. Matemtika fanidan 4-11*-sinf, fizika va kimyo fanidan 7-11-sinf hamda biologiya va informatika va axborot texnologiyalari fanidan 8-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

*Izoh: akademik litsey va kasb-hunar maktablarining I va II kurs o‘quvchilari mos ravishda X va XI sinf o‘quvchilari hisoblanadi.

8-SAVOL: 11-sinflar uchun biologiyadan onlayn olimpiada qachon bo‘ladi? Boshqa fanlardan-chi, onlayn olimpiadalar o‘tkazilishi bo‘yicha to‘liq grafik bormi?

JAVOB: Onlayn olimpiadalarning o‘tkazilish vaqti Departament tomonidan belgilanadi va bu haqda doimiy ravishda olympiad.uzedu.uz veb sayti va telegramdagi @olimpdep kanalida e’lon qilib boriladi. Rasmiy veb-saytimiz va telegramdagi kanalimizni kuzatib borishingiz mumkin. Shuningdek, onlayn olimpiadaning o‘tkazilish vaqti o‘quvchining ta’lim muassasasidagi mas’ul xodim tomonidan e’lon qilib boriladi.

9-SAVOL: Nima uchun 5 ta fandan boshqa fanlardan onlayn olimpiada tashkil etilmayapti? Masalan geografiya va tarix fanidan.

JAVOB: Hozirgi kunda O‘zbekiston 5 ta fandan xalqaro olimpiadalarga jamoa shakllantiradi. Kelgusida boshqa fanlar uchun ham onlayn olipmiadalar tashkil etish boyicha rejalar mavjud va amalga oshsa bu haqda alohida xabar qilinadi.

10-SAVOL: Men 6-sinf o‘quvchisiman. Men bu yil matematika fanidan onlayn olimpiada ishtirok etdim. Aytingchi, keyingi yil boshqa fanlardan ham onlayn olimpiadada ishtirok etishim uchun yana qayta ro‘yxatdan o‘tamanmi?

JAVOB: Yo‘q, hurmatli o‘quvchi axborot tizimi o‘quvchilarni sinfini avtomatik yangilab boradi, va o‘quvchilar ta’lim muassasasini bitirgunlariga qadar o‘z shaxsiy kabinetlaridan to‘laqonli foydalanishlari mumkin. Barcha fanlardan olnayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun faqat bir marotaba ro‘yxatdan o‘tish kifoya.

11-SAVOL: Men 10-sinf o‘quvchisiman. Nima uchun ro‘yxatdan o‘tishda mening shaxsiy ma‘lumotlarim, xususan qaysi ta‘lim muassasasida o‘qiyotganim haqida ma‘lumot kiritish talab etiladi?

JAVOB: Ushbu ma’lumotlar sizni ta’lim olayotgan muassasangiz mas’ul xodimi tomonidan tasdiqlash uchun lozim, shuningdek axborot tizimida sizning profilingiz yagona (unikal) bo‘lishini ta’minlaydi, axborot tizimi siz uchun natijalaringiz aks etgan QR-kodli avtomatik generatsiya qilinuvchi sertifikatlar ishlab chiqadi. Sizning ma’lumotlaringiz faqatgina onlayn olimpiadalar tizimida avtomatik tarzda foydalaniladi va vakolatsiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.

12-SAVOL: Men 5-sinf o‘quvchisiman. Onlayn olimpiada ishtirok etib yuqori natija qayd etsam menga sertifikat yoki diplom beriladimi? Medalchi?

JAVOB: Hurmatli o‘quvchilar! Onlayn olimpiadalar o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchi-yoshlarimizda fan olimpiadalarining madaniyatini shakllantirish, ularni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini yanada boyitish hamda o‘quvchilarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli, interfaol, ilm-fan bilan bog‘liq mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishlarini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. O‘quvchi onlayn olimpiadada masofaviy tarzda, o‘z uylaridan turib ishtirok etadi. Shuningdek, onlayn olimpiadada ishtirok etgan har bir o‘quvchi uchun axborot tizimida QR-kodli avtomatik generatsiya qilinuvchi sertifikatlar yaratiladi va yuklab olish imkoniyati taqdim etiladi. Takidlash joizki, mazkur sertifikatlar bilan hech qanday turdagi imtiyozlar berilishi kafolatlanmaydi.

13-SAVOL: Men hozirgina kimyo fanidan onlayn olimpiadada ishtirok etdim, natijalar qachon e’lon qilinadi?

JAVOB: Onlayn olimpiadaning natijalar odatda olimpiada yakunlangan vaqtdan 4 soat o‘tib o‘quvchining shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi. Istisno holatlarda, onlayn olimpiada bo‘lib o‘tgan kundan 1 kun o‘tib e’lon qilinadi.

14-SAVOL: Men 4-sinf o‘quvchisiman, shaxsiy kabinetimda o‘z natijalarim bilan tanishdim, ishlagan testlarimni tahlil qildim, jami to‘plagan balim, xato va belgilamagan javoblarim ham tizimda ko‘rinib turibdi. Shuningdek maktabim, tuman, viloyat va respublika bo‘yicha reytinglarimni ham bilib oldim.

Biroq, “Umumiy reyting o‘rni” deb nomlangan ko‘rsatkichni tushunmadim. Bu nima degani?

JAVOB: Maktab, tuman, viloyat, respublika reytinglari faqatgina joriy onlayn olimpiadaga tegishli reytinglardir. “Umumiy reyting o‘rni” o‘rni esa joriy o‘quv yilida ushbu fandan o‘tkazilgan barcha onlayn olimpiadalar bo‘yicha reyting natijani ko‘rsatadi. Masalan siz matematika fanidan I chorakda respublikada 1-o‘rinni egalladingiz, ushbu yuqori natijani yil davomida saqlab qolish uchun har chorakda o‘tkaziladigan matematika fanidan onlayn olimpiadalarda muntazam yaxshi natijalar qayd etishingiz zarur. 4-chorak onlayn olimpiadasidan so‘ng siz “Umumiy reyting o‘rni” ko‘rsatkichiga ko‘ra mutlaq go‘lib bo‘lishingiz mumkin.

15-SAVOL: Men 5-sinf o‘quvchisiman. Ro‘yxatdan o‘tayotganimda ismimni Shahzod deb kiritgan edim (hujjat bo‘yicha), mening profilim maktabimiz mas’ul xodimi tomonidan tasdiqlangan. Biroq hozir men ismimni Shahzodbek deb o‘zgartirmoqchi edim. Buning iloji bormi?

JAVOB: Tasdiqlangan profilni qayta o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.

Biroq siz o‘z profilingizni shaxsiy kabinetingiz orqali axborot tizimidan butunlay o‘chirib, qayta ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Maktabingiz mas’ul xodimi sizni qayta tasdiqlashi zarur bo‘ladi. Tasdiqlash albatta to‘g‘ri ma’lumotlarga asoslanadi. Shuningdek axborot tizimidan profilingizni butunlay o‘chirish, siz qayd etgan barcha natijalar, reytinglar, sertifikatlar o‘chirilishiga va ularni qaytarib bo‘lmasligiga olib keladi. Tasdiqlangan profilni axborot tizimidan butunlay o‘chirish tavsiya etilmaydi!

16-SAVOL: Men tuman xalq ta’limi bo‘limida fan olimpiadalariga mas’ul xodimman. Tumanimizda yangi maktab ishga tushirildi, ushbu maktab haqida ma’lumotni axborot tizimiga qanday qo‘shish mumkin?

JAVOB: olimpiadaga@gmail.com elektron pochta manziliga o‘zingizning tel. raqamingiz va ushbu maktab haqida ma’lumotlarni (viloyat, tuman, maktab nomi/raqami, direktor F.I.Sh, direktor tel raqami) yuboring. Biz siz bilan albatta bog‘lanamiz va yangi ta’lim muassasasini axborot tizimiga kiritilishini ta’minlaymiz.