YANGILIKLAR
14.02.2025
2025-yil 14-fevral kuni NamMTI akademik litseyining faollar zalida 209-, 210,208-guruh o`quvchilari ishtirokida o`zining sermazmun ijodi bilan adabiyotimiz xazinasiga ulkan hissa qo`shgan ulug` siymo, temuriylar avlodining iste`dodli vakili, atoqli shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag`ishlab “Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur” nomli bayram tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirga Namangan muhandislik-texnologiya instituti rus tili va adabiyot fani o`qituvchilari: S.Kazakbayeva hamda D.Abdurahmonovalar tashrif buyurishdi. Tadbirni NamMTI akademik litseyi ijrochi direktori B`.Sultanov ochib berdi.
Tadbirning kirish qismida ishtirokchi o`quvchilar Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomiga bag`ishlangan tabrik she`rlar, uning qisqa va murakkab hayot yo`li, suronli harbiy hamda siyosiy faoliyati, Hind tuprog`ida amalga oshirgan buyuk ishlari haqida qiziqarli va hayratlanarli ma`lumotlarni aytib o`tdilar. Asosiy qismda esa o`quvchilar shoirning adabiy merosi – yaratgan asarlari haqida to`xtaldilar, “Boburnoma” asari haqida gapirib, undan parchalar keltirib o`tdilar. Bu esa tadbirning ilmiy saviyasini oshirdi. Shoirning nafis tuyg`ulari ifodasi bo`lgan go`zal g`azallari, ruboiylari, tuyuqlaridan yod aytib, kechaga badiiy ruh bag`ishladilar. Ayniqsa, sahnada Zahiriddin Muhammad Bobur siymosining namoyon bo`lishi, dilrabo raqs va jonli ijrodagi qo`shiqlar kechaga o`zgacha shukuh berdi. Tadbir davomida taniqli yozuvchimiz P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani asosida tayyorlangan kichik sahna ko`rinishi hayajonli daqiqalarni yuzaga keltirdi. Tadbir so`ngida akademik litseyimizda faoliyat yuritayotgan “Badiiy havaskorlik” to`garagi a`zolari doira va gitara cholg`u asboblari yordamida kuy chalib, o`zlarining iste`dodlarini namoyish qildilar. Bu esa tomoshabin o`quvchilarda o`zgacha zavq uyg`otdi.
14.02.2025
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda tavallud topgan.
Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir,
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki, yomon bo‘lsa, jazo topqusidir!
10.02.2025
Kasbiy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifa berish uchun pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabul qilinmoqda.
pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish (https://t.me/eduuz/19532) talab etiladi.
Eslatma: Belgilangan tartibga koʻra (https://lex.uz/docs/5641270), pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart sanasida to‘xtatiladi.
Attestatsiya jarayonlari yuzasidan savollar uchun bot:
👉@pedagog_supportbot
Ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma yuqorida 👆
#attestatsiya #akademiklitsey #kasbiytaʼlim
9.02.2025
O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.
O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayri o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.
O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.
El komil bo‘lmasa, yurt emas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lig‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.
O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning "Barakalla" bo‘lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir...
©️Erkin Vohidov
4.02.2025
Akademik litseyda 2025-yil 4-fevral kuni o'quvchilarni bilimlarini nazorat qilish va ko'nikma hosil qilish uchun test markazi bilan hamkorlikda test sinovi tashkil etildi. Test sinovida barcha o'quvchilar ishtirok etishdi. Davlat test sinovlarida uchraydigan xatoliklar va tushunmovchiliklar o'quvchilarga tushuntirildi.
2.02.2025
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/891) sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
MATEMATIKA FANIDAN ROʻYXATDAN OʻTISH BOSHLANISHIGA 14 SOAT QOLDI (https://t.me/MatematikaMilliy_Sertifikat)❗️
Roʻyxatga olish 3-9-fevral✅
30.01.2025
Namangan muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi akademik litseyda pedagogik kengash boʻlib oʻtdi. Kengashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-yanvardagi PQ-23-sonli "Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori muhokama qilindi. Qarorning mazmuni va mohiyati oʻquv ishlari boʻyicha prorektor K. Matkarimov, oʻquv boʻlimi boshligʻi M. Bekmirzayev va litsey direktori B. Sultonov tomonidan batafsil tushuntirildi. Qarorda yangi universitet tashkil etishning asosiy maqsadlari, taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mintaqaning iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshish kabi masalalar koʻzda tutilganligi taʼkidlandi.
Pedagogik kengashda Qarorning amaliy ahamiyati va taʼlim sohasiga keltirib chiqaradigan oʻzgarishlar muhokama qilindi. Oʻqituvchilar oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, yangi universitet tashkil etilishi bilan yuzaga keladigan imkoniyatlar va talablar haqida gapirdilar. Xususan, taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, talabalarni amaliyotga tayyorlash va ularning kasbiy mahoratini oshirish masalalari qayd etildi. Shuningdek, litsey va universitet oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, oʻquv dasturlarini yangi talablarga moslashtirish va oʻqituvchilarning malakasini oshirish boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Tadbir davomida litseyning kelajakdagi faoliyati va universitet bilan hamkorligini mustahkamlash yoʻlida qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrib chiqildi. Pedagoglar jamoasi yangi universitet tashkil etilishi bilan bogʻliq boʻlgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga tayyorligini bildirdi. Kengashda shuningdek, litseyning oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, talabalarni innovatsion gʻoyalar bilan shugʻullanishga undash va ularning ilmiy tadqiqot faoliyatini ragʻbatlantirish kabi masalalar ham muhokama qilindi. Kengash samarali va foydali munozaralar bilan yakunlandi.
30.01.2025
Bugun 30.01.2025- yil kuni yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Yangi Namangan tumanida tashkil etilgan"Vatanparvar"bogʻiga litseyimiz oʻqituvchisi M.Muminov va litsey psixologi F.Safarovalar rahbarligida ekskursiya tashkil etildi.Oʻquvchilarimiz zoʻr taʼsurotlar bilan qaytishdi
30.01.2025
Chet tilini bilish darajasi imtixonlariga o'quvchilarimiz muntazam qatnashib kelishyatti. Hozirgacha o'quvchilarimizni 15 nafari yetarli darajada yuqori balli sertifikatlar olishga ulgurishdi.
Yurtimizda 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" bayrami shukuhi kezmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar’ "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!" shiori ostida Vatanparvarlik targ‘iboti tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun ushbu shonli sana munosabati bilan NamMTI akademik litseyida "Vatanparvarlik targ‘iboti" bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda litsey o‘qituvchilari, xodimlar va o‘quvchilar, ko‘ngilli ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar, avvalo, 14-yanvar’ "Vatan himoyachilari kuni" bilan yig‘ilganlarni muborakbod etib, Milliy armiyamiz - tayanchimiz, mustaqilligimiz kafolati, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlovchi asosiy kuch ekanligi ta’kidlandi. Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizni kuch-qudrati, salohiyati haqida ma’lumotlar berildi.
202-203 guruh o‘quvchilari tayyorlagan badiiy-musiqiy chiqishlar yig‘ilganlarga behad manzur bo‘ldi.
Faol o‘quvchilar va o‘qituvchilar taqdirlandilar.
Bayram arafasi yangragan vatan haqidagi kuy-qo‘shiqlar, ijro etilgan go‘zal raqslar qatnashchilar qalbidagi Vatanga bo‘lgan muhabbatlarini yanada jo‘sh o‘rishiga sabab bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.
Qabulga doir rasmiy bot:
👉@eduuzuniversalbot
5.01.2024
NamMTI akademik litsey "Tillar" kafedrasi o‘qituvchisi Shohsanam Ermanbetovaning "Akademik litsey va maktablar uchun rus guruhlarida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi" nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi Moskvada kitob holida chop etildi.
3.01.2024
Hurmatli o'quvchilari!
NamMTI akademik litseyida 1 va 2-bosqich o'quvchilari o'rtasida 4-yanvar - payshanba kuni BARCHA FANLARDAN ONLAYN OLIMPIADA tashkil etiladi❗️❗️❗️
Shartlar: 📝📝📝
4-yanvar kuni ertalab 8:00dan kechki 20:00gacha ishtirok etib, javoblaringizni belgilangan tartibda maxsus botlarga jo'natishingiz kerak✅✅✅
💡💡💡Natijalar shu kuniyoq aniqlanadi va yuqori o'rin🥇🥈🥉 olgan ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi🪪🪪🪪🎗🎗🎗
Bilimingizni sinash va oliy ta'limni to'g'ri tanlov qilish uchun barcha yo'nalishdagi ikkala bosqich o'quvchilari uchun tashkil etilayotgan ushbu onlayn olimpiadada faol ishtirok eting🏤🏥🏦🏨🏫🏣🏬🏢
TELEGRAM KANALIMIZ: @nmtial
29.04.2023
Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori professor Odiljon Mamatkarimov institut qoshidagi Akademik litseyda bo'lib o'quv jarayonlari, dars-mashg'ulotlari hamda ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlardagi ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, litsey o'quvchilari bilan suhbatlashib, ularni taklif va tashabbuslariga quloq tutdi. Mas'ullarga Akademik litsey faoliyati samaradorligini oshirish, ta'lim sifatini ko'tarish ma'naviy faoliyatni kuchaytirish borasida tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
26.04.2023
Bugun litseyimizga Toshkentdagi JDU (JAPAN DIGITAL UNIVERSITY) Yaponiya raqamli universitetidan vakilllar tashrif buyurib, bitiruvchilarimiz bilan qizg‘in suhbat olib borishdi. O‘quvchilar universitet yo‘nalishlari, imtixonlari haqidagi va boshqa savollariga javob olishdi.
10.04.2023
NamMTI akademik litseyi o‘qituvchisi Shohsanam Ermanbetova Oʻzbekiston Respublikasi Ilm-fan va ilmiy-amaliy faoliyat akademiyasining
"Taraqqiyot Bunyodkori" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
1000 ga yaqin qatnashchilarni oʻzida jamlagan 100 nafar ishtirokchini maqolalar sifatiga, ilmiyligiga qarab saralagan va gʻolib deb topgan tanlovning taqdirlash marosimi davomida ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barchaning qalbiga bahoriy kayfiyat bagʻishladi. Tadbir davomida "Referendumga befarq emasman" shiori ostida chellenjlar boʻlib oʻtdi.
8.04.2023
"Соҳибқирон Амир Темур ва Янги Ўзбекистон давлатчилиги янги босқичда" республика маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Икки босқичда ташкил этилган тадбирнинг биринчи босқичи юртимиз ривожи учун хисса қўшган ватанпарвар инсонларни тақдирлаш маросими бўлса, иккинчи қисм Референдум юзасидан тегишли маълумотлар беришдан иборат бўлди.
Турон фанлар академиги Ўзбекистон нодавлат нотижорат ташкилотлари миллий ассоциацияси референдум бўйича тарғибот гуруҳ аъзоси Соҳибахон Азамова томонидан НамМТИ академик лицейи ўқитувчиси, шоира, адабиётшунос Шоҳсанам Эрманбетова Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 10-февралдаги 125-сонли қарорига биноан таъсис этилган "Усмон Носир" халқаро эсдалик нишони билан тақдирланди.
7.04.2023
Bu yil, buyuk davlat arbobi o‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi.
🐎 Temur bobomizning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik, harbiy, jangovar va boshqa sohalardagi ulkan merosi biz yoshlar uchun katta maktab vazifasini o'taydi.
Qancha asrlar va qancha avlodlar dovoni o'tgan bo'lsada, bobomiz yodi har doim qalbimizda yashab kelmoqda.
7.04.2023
6.04.2023 kuni NamMTI akademik litseyning biologiya òqituvchisi Uluxujayeva Nozima Narzulloxonovna kimyo biologiya yònalishi 105 guruhda "Muskullar sistemasi, tuzilishi, turlari" mavzusida ochiq òtdi. Dars jarayonida turli interfaol metodlar va didaktik òyinlardan foydalanildi. Òtilgan dars òquvchilarga juda foydali ma'lumotlar va qiziqarli faktlar berdi hamda eng asosiysi mavzu bòyicha bilimlarini kengaytirdi.
5.04.2023
Akademik litseyimiz oshxonasida o'quvchilarga ramazon oyi munosabati bilan saxarlik va iftorlk dasturxonlari tayyorlanmoqda
19.03.2023
Xabaringiz bor, Namangan muhandislik texnologiya instituti akademik litseyida yasharish va yangilanish bayrami boʻlmish Navroʻz ayyomini munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi.
Litseyning namunali oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari va milliy oʻyinlarimizning sahnada gavdalanishi bayramga oʻzgacha shukuh baxsh etdi.
Bayram soʻnggida litsey direktori Baxtiyor Sultonov so'zga chiqib, oʻz soʻzida barchani Navroʻz bayrami bilan tabriklab bayram sovgʻalarini oʻz egalariga topshirdi.