Xavfsizlik siyosati - dasturdan foydalanganda foydalanuvchi tomonidan uzatiladigan maʼlumotlardan dastur muallifi qay tarzda foydalanishi mumkinligi, qanday maʼlumotlar yig‘ilishi mumkin yoki yo‘qligi haqidagi kelishuvlar keltirilgan hujjatdir.
1. Dastur tomonidan qayta ishlanadigan maʼlumotlar
1.1. Dastur tomonidan foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari, shuningdek qurilma haqidagi ma‘lumotlar yig‘ilmaydi.
1.2. Dastur asosan unga imlo xatolarini tekshirish uchun kiritilgan matnlarni zarurat tug‘ilgan paytda o‘z bazasiga jo‘natishi mumkin. Jo‘natiladigan ma‘lumotlardan faqat quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
1.2.1. Dastur lug‘atini boyitish;
1.2.2. Tahliliy ko‘rsatkichlar olish;
1.3. Foydalanuvchi kiritilgan matnlarni maxfiyligini saqlamoqchi bo‘lsa 1.2-punktda ko‘rsatilgan, ma‘lumotlarni jo‘natish funksiyasini o‘chirib qo‘yish imkoniyatiga ega.
2. Maʼlumotlarni himoya qilish talablari
Foydalanuvchi tomonidan yig‘ilgan maʼlumotlar uchinchi shaxslarga uzatilmaydi, faqat dastur rivoji uchun foydalaniladi.
3. Maxfiylik siyosatining o‘zgarishi
3.1. Ushbu Siyosat dastur mualliflari tomonidan bir tomonlama tartibda foydalanuvchi tomonidan ogohlantirilmasdan o‘zgartilirishi yoki bekor qilinishi mumkin. Agar Siyosatning yangi variantida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, yangi siyosat Saytga joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.