Abdunazarov Akbarjon — Namangan davlat texnika universitetida o‘qituvchi va seysmolog. Qurilish muhandisligi, seysmik xavfsizlik, zilzilaga chidamli inshootlar va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha yosh ilmiy hodim.
Men Abdunazarov Akbarjon Shamsuddin oʻgʻli – 1994-yil 5-may kuni, Oʻzbekistonning goʻzal va mehnatkash yurti boʻlmish gullar shahri Namanganda, oddiy nonvoylar oilasida tug'ilganman. Qurilish muhandisligi va seysmik xavfsizlik yo‘nalishida Namangan davlat texnika universitetida faoliyat yuritaman. Oliy ma’lumotli mutaxassis va o‘qituvchi sifatida binolarni seysmik ta’sirlardan himoyalash, tebranishlarni kamaytirish hamda zamonaviy hisoblash usullarini tadqiq qilaman. Ilmiy va amaliy ishlarim O‘zbekiston sharoitida muhandislik yechimlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Ilmiy izlanishlarimda seysmik to‘siqlar, passiv himoya texnologiyalari va raqamli modellashtirish usullaridan foydalanaman. Tadqiqotlarim nazariy yondashuvlarni amaliy muhandislik hisob-kitoblari bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan bo‘lib,
Hozirda qurilish muhandisligi yo‘nalishida ilmiy-pedagogik faoliyat olib boraman, yosh mutaxassislar tayyorlash va amaliy ahamiyatga ega ilmiy loyihalar ustida ishlayman.
Asosiy yo‘nalishlarim:
• Qurilish muhandisligi va seysmik xavfsizlik
• Binolarni seysmik to'lqinlardan himoyalash
• Transport va sirt to‘lqinlaridan kelib chiqadigan tebranishlarni kamaytirish
• Raqamli modellashtirish va strukturaviy tahlil
Mening yondashuvim:
Nazarimda, muhandislik ilm-fan va amaliy yechimlarni uyg‘unlashtirib, jamiyat xavfsizligi va barqaror rivojga xizmat qilishi lozim. Har bir loyiha ustida ishlaganda, nazariy bilimlarni real dunyo muammolariga tatbiq etishga intilaman.
Qiziqishlarim va maqsadlarim:
Ilmiy izlanishlarim orqali O‘zbekiston qurilishi muammolariga innovatsion yechimlar kiritish, yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash va seysmik xavfsizlik sohasida xalqaro tajriba bilan hamkorlik qilish.
Yaqin vaqt ichida yangi yangiliklar yaratish
Men bilan bog'lanish